Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Download 0.97 Mb.
bet57/65
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567848
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
Bog'liq
KOOC маъруза

Strategik rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga kelib, 10-15 yillik davrni o’z ichiga oladi. U korxona rahbariyatiiing mas’uliyatli vazifasi hisoblanadi hamda rivojlanishning ustuvor yo’nalishlarini topish va bozorda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talabni inobatga olgan holda resurs bilan ta’minlashga qaratilgan.
Strategik rejalashtirish asosida yaqin 3-5 yilga mo’ljallangan uzoq muddatli rejalashtirish amalga oshiriladi. U korxona faoliyatining ishlab chiqarish, sotish, harajatlar, moliya kabi turlarini o’z ichiga oladi hamda o’z mazmuni va maqsadli vazifalariga ko’ra, strategik rejalashtirishdan farq qilmaydi.
Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faoliyati va rivojlanishi 1-3 yilga mo’ljallab rejalashtiriladi. Uning o’ziga xosligi shundaki, birinchi yil ko’rsatkichlari har chorakda, ikkinchi va uchinchi yil ko’rsatkichlari esa har yarim yil yoki bir yilda aniqlashtiriladi va to’g’rilashlar kiritilib boriladi. Buning maqsadi sifatida esa, reja ko’rsatkichlarining iqtisodiy muxit, bozor va fan-texnika taraqqiyotida yuz berayotgan o’zgarishlarni to’laroq aks ettirishga intilishni ko’rsatish mumkin.
Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi. Rejalashtirish korxonani boshqarish jarayoni sifatida o’z texnologiyasiga ega bo’lib, bu texnologiya korxonaning rejalashtirilayotgan davrdagi maqsad va vazifalarini aniqlash, bajaruvchilarga muayyan vazifalarni belgilash, vazifalarni turi, kattaligi va muddatiga ko’ra, aniqlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati natijasi - daromad yoki foyda olishni o’z ichiga oladi. Kichik korxonalarda bu vazifalarni bajarish katta korxonalarga nisbatan engilroq bo’lsada, barcha hollarda quyidagi omillarni hisobga olish talab qilinadi:

  • ishlab chiqarish quvvatining mavjudligi va tuzilmasi;

  • xodimlar soni, ixtisos tarkibi va malakasi;

  • moliyaviy resurslar;

  • aylanma mablag’lar mavjudligi va unga bo’lgan ehtiyojlar, jumladan, moddiy-tovar boyliklari zaxiralari;

  • ilmiy-texnik tadqiqotlar tuzilmasi va tayyorlik darajasi;

  • mahsulotni sotish kanallari.

Rejalashtirish tizimi quyidagi talablarga javob bergan taqdirdagina samarali va ishonchli hisoblanadi:
1.Rejalashtirishning har bir elementi va bosqichi qat’iy ravishda asoslab berilishi.
2.Rejadagi vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi, ya’ni rejaning adresliligi.
3.Reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda hisobga olish, nazorat qilish va unga zarur hollarda o’zgartirishlar kiritish.
4.Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro’y bergan o’zgarishlarga mos ravishda, o’z vaqtida qayta tashkil qilish (rejalashtirishning moslashuvchanligi).
5.Fan-texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilg’or tajribalariga tayanish.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling