Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama savollari.
- 17-MODUL. BIZNES – REJA VA UNING MOHIYATI. Reja
- 1. Biznes rejaning mohiyati
Tayanch so’zlari
Rejalashtirish – tartibga soluvchi jarayon, korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izoxlab berish. Reja – korxonaning maqsadli vazifalari va ularni amalga oshirish yo’llarini belgilab beruvchi dastur. Bashorat – korxonalarning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xolatlarni ilmiy asoslangan xolda avvaldan ko’ra bilish yoki muloxazadir. Bashorat – korxonalarning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xolatlarni ilmiy asoslangan xolda avvaldan ko’ra bilish yoki muloxazadir. Uzoq muddatli rejalashtirish – 3-5 yillik rivojlanish dasturi. Qisqa mudatli rejalashtirish – 1-3 yilga mo’ljallangan korxona faoliyatining rivojlanish dasturi. Tezkor boshqarish – qisqa muddat ichida ish va resurslarning taqsimlanishi, joriy vazifalar bajarilishi sifati va vaqtini nazorat qilishdir. Nazorat va muhokama savollari. Rejalashtirish deganda nima tushuniladi ? Rejalashtirishni qanday turlari mavjud ? Korxona strategiyasi qanday shakllanadi ? Korxonada operativ (tezkor) rejalashtirish va dispechorlik qanday amalga oshiriladi ? 17-MODUL. BIZNES – REJA VA UNING MOHIYATI. Reja: Biznes rejaning mohiyati. Biznes-rejani tayyorlash va undan foydalanish Biznes rejaning tarkibiy qismlari: a) umumiy; b) marketing; v) ishlab chiqarish; g) moliya; d) tashkiliy qismlar. 1. Biznes rejaning mohiyati Har qanday ish reja asosida bo’lsa muvaffaqiyat keltiradi, har qanday korxonani, firmani tashkil etish soxasidagi faoliyat real, amaliyotni o’zida aks etadigan, barcha ish turlarini bajarishni rejali ta’minlay oladigan biznes reja tuzishdan boshlanishi kerak. Biznes reja korxona yoki firmaning ish jarayonini tasvirlab, uni rahbarlarining o’z maqsadlariga qay tariqa erishishlarini, birinchi galda ishning daromaddorligini qanday oshirish mumkinligini ko’rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes reja firmaga o’sib borishga, bozorda yangi mavqelarni qo’lga kiritishga, o’z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmat turlarini yaratishga hamda mo’ljallarni amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlib olishga yordam beradi. Biznes reja bir qancha vazifalarni xal qilishga imkon beradi, ammo bularning asosiylari quyidagilardir: korxona, firma taraqqiyoti (strategiyasi, kontseptsiyalari, loyixalari) yo’nalishlarining iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligini asoslash; faoliyatning kutilayotgan moliyaviy natijalarini, birinchi galda, sotuv xajmlarini, sarmoyadan olinadigan daromadlar, foydani xisoblab ko’rish; tanlab olingan strategiyani amalga oshirish uchun kerakli mablag’lar manbaini, ya’ni moliyaviy resurslarni jamlash usullarini belgilash; mazkur rejani amalga oshira oladigan xodimlarni (komandani) tanlab olish. Rejaning har bir bandini boshqa bandlar bilan maxkam bog’langan xolda olib echish mumkin, xolos. Biznes rejaning asosiy markazi moliyaviy resurslarni jamlashdir. Kompaniya sarmoyasini ko’paytirib borishning muhim vositasi ayni shu biznes rejadir. Bu rejani tuzish jarayoni boshlangan shuning hamma tafsilotlarini sinchiklab taxlil qilib chiqishga imkon beradi. Biznes reja bo’lg’usi sheriklar bilan muzokaralar olib borilayotganda biznes taklif uchun asos bo’lib xizmat qiladi, u firmaning asosiy xodimlarini ishga taklif etishda katta rol o’ynaydi. Biznes-reja firmaning ichki xujjati bo’libgina qolmay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin. Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan avval loyixaning sinchiqlab ishlab chiqilganicha ishonch xosil qilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor bo’lishlari kerak. Ular sarmoya berish imkoniyatlarini ko’rib chiqishdan oldin biznes-rejani o’rganib chiqishlari lozim, shunga ko’ra ko’pincha biznes-rejaning o’zi sinchiklab chiqilmas ekan, ular loyixani ishlovchilar bilan uchrashmaydilar ham. Shuning uchun biznes-rejani tuzishda vaqt va bo’limni ayash yaramaydi. Biznes-rejada asosiy, muhim masalalar yoritilgan, uning materiali ravon va tushunarli qilib bayon etilgan bo’lishi; u har xil toifadagi odamlarga, xatto mahsulot (xizmatlar) va bozor to’g’risidagi bilimlari cheklangan kishilarga ham tushunarli bo’lmog’i lozim. Reja bo’limlarining hajmi va nechog’lik aniqlashtirilgani firmaning o’ziga xos tomonlari va faoliyatining soxasiga bog’liq. Biznes-rejaning xajmi 50 betdan ortmaydigan bo’lishiga harakat qilish kerak. Tadbirkorlik faoliyatining hamma tomonlari o’z aksini topgan biznes-rejada eng avval nima ish qilish aniqlanadi, so’ngra qancha pul (sarmoya) kerakli xisob-kitob qilinadi, pul sarfi o’zini qay darajada va qachon oqlashi ham batafsil yoritiladi. Boshlanadigan ishning naqadar foyda keltirilishi sarflar va narx asosida belgilanib olinadi. Biznes-rejaning yakuniy qismdagi xulosalar o’ta muhimdir, uning harajati va keltiradigan foydasi, raqobatda engib chiqish vositalari, ishni kengaytirish imkoni, sof foyda miqdori, foyda normasi ko’rsatiladi. Shunga qarab ishga pul quyish ma’qulmi yoki bu xatarlimi degan to’xtamga kelinadi. Rejaning shu bo’limidan qanoat xosil bo’lmasa boshqalar va moliya kompaniyalari qarzga pul bermaydi, sherik bo’ladiganlar aynib ketadi, sug’urta kompaniyasi ishni sug’urtalashdan bosh tortadi. Rejada chiqariladigan tovarning xususiyati, uning haridor uchun nafligi, boshqa o’xshash tovarlardan afzalligi, tovarning bozorda qancha vaqtgacha sotilishi ko’rsatiladi. Biznes-rejaning maxsus bo’limida firma tovarlarni kimga, qancha davr mobaynida, qanday miqdorda sota oladi, firma bozorning qaysi segmentida ish yuritadi degan savollarga javob beriladi. Buning uchun tovar sotilishi xisob-kitob qilinadi. Biznes-rejada raqobatchilar kim, ularning imkoniyati qandayligi ko’rsatiladi. Raqobatda qo’llaniladigan usullar, raqiblar bilan qanday bellashuv mumkinligi bayon etiladi. Rejaning maxsus bo’limi – bu marketing rejasi xisoblanadi. Bu bo’limda tovarlar qanday yo’l bilan sotilishi, tovar narxi qanday foyda normasini xisobga olishi, reklamaning qaysi usullarini qo’llash va qanday sarf-harajat bilan o’tkazish, qanday vositalar bilan tovar sotilishini ko’paytirish ko’rsatiladi. Rejada talabning elastikligiga qarab, birinchidan, narxning qaysi yuqori darajasiga qadar tovar yaxshi sotilib, pul ko’p tushishi mumkinligi, ikkinchidan, narxning qaysi darajasidan boshlab tovarning sotilishi qisqarishi mumkinligi, natijada narxni pasaytirishga to’g’ri kelishi extimollari aniqlanadi. Rejada qaysi xolatda foyda ham, zarar ham ko’rilmay, harajatlarni koplash bilan qanoatlanish, qaysi xolatda zarar ko’rish va, nixoyat, qaysi xolatda foyda olish mumkinligi aniq ko’rsatiladi. Biznes-rejada tovar ishlab chiqarish uchun qanday ishlab chiqarish quvvatlari kerakligi, zarur narsalarni qaerdan kelishi, ularning firmaga keltirish muddati, tayyor tovarlarni kimga etkazib berilishi ko’rsatiladi. Biznes-reja maxsus bo’limida kim nima ish qilishi ko’rsatiladi, qancha va qanday ixtisosli va malakali xodimlar korxona ishiga jalb etilishi belgilanadi, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va mukofotlar berish ko’rsatiladi. Biznes-rejani muvaffaqiyatli bajarilishi nazorat tizimini yaratish va ish jarayonida unga o’z vaqtida tuzatishlar kiritib borish imkonini beradi. Ish boshlanishi bilan nazoratni ham boshlash kerak. Bu nazorat nuqtalarni belgilashdan boshlanadi. Aytaylik, daromad va harajat muvozanati, naqd pul xolati, ombordagi zaxiralar darajasi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish plani kabilar kamida har oyda kuzatiladi. Nazorat tizimi juda oddiy bo’lishi, echimlarni belgilovchilarning o’z vaqtida xabardorligi joyida chora ko’rishni ta’minlashga yordam beradi. Biznes-rejada extimoldan xoli bo’lmagan xavf-xatar va kutiladigan talofat ham ko’rsatiladi, aks xolda xech kim bu rejaning puxtaligiga ishonmaydi. Rejada xatar zonasi ham ko’rsatiladi. Biznes-rejada pul chiqimlari bilan tushumlarning nisbati (balansi) aniqlanadi, pulning sarflanishi va tushib turish miqdori hamda vaqti, firmaning likvidlik saloxiyati ko’rinib turishi kerak. Rejaning mazkur qismida firmaning harajatlari, yalpi va sof foydasi ko’rsatiladi. Rejaning yakuniy qismida firma uchun jami qancha pul kerakligi uni qaerdan olinishi, sarflangan pulni qaytish vaqti va keltiradigan daromadi ko’rsatiladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling