Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Biznes-rejani tayyorlash va undan foydalanish
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
2.Biznes-rejani tayyorlash va undan foydalanishBiznes-rejani ishlab chiqadigan mutaxassislar guruxning asosini iqtisodchilar, statistlar tashkil etadi. Biznes-rejada vaziyatning firma ichida ham, undan tashqarida ham kelajakda qanday bo’lishi ifoda etiladi. Biznes-reja mulkka aktsionerlar egalik qiladigan sharoitda va ma’lum darajada, shirkatlar tuzishda qanday yo’l tutishni bilib olish uchun firma rahbariyatiga zarur bo’ladi. Ayni shu biznes-reja yordamida firma rahbariyati foydaning qanday qismini dividendlar shaklida aktsionerlar o’rtasida taqsimlanish kerakligi, qanday qismini jamg’armani ko’paytirish uchun qoldirish, qanday qismini dividendlar shaklida aktsionerlar o’rtasida taqsimlanish kerakligi xususida qaror qabul qiladi. Biznes-rejadan firmalarning tashkiliy-ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirishda ham foydalaniladi. Biznes-rejadan yangi aktsionerdar, kreditorlar, mablag’ beruvchi xomiylar va boshqalarni qidirib topishda hammadan ko’p foydalaniladi. Mavjud firmalar aktsiyalarini sotib olib yoki yangi tashkiliy-ishlab chiqarish strukturasini yaratib, ishni kengaytirishni mo’ljallangan yirik firmalar va korxonalarga biznes-reja yordam beradi. Ko’pgina investorlar muzmuni bir yoki ikki betda bayon etilgan loyixaning muhim xususiyatlarini va afzalliklarini bilib olishga imkon beradigan biznes-rejani o’qib chiqishni yoqtiradilar. Muzmuni qisqa va lo’nda qilib bayon etish juda qiyin. Bu ishni reja boshdayoq ishlab chiqilib, aloxida urg’u beriladigan asosiy tadbirlar (bir yoki ikki taklif) ravshan bo’lib qolgan maxaldagina moxirona uddalash mumkin. Qisqacha bo’lib, bo’lgusi investorning shunga qarab fikr yuritishini nazoratda tutish kerak. Biznes-rejaning qisqacha bayon etilgan mazmunidan keyin odatda firma to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi, bularda kompaniyani boshqarish uchun kerakli va investorlarni qiziqtiradigan tafsilotlar lo’nda qilib bayon etiladi. Ana shunday materialning quyidagi asosiy bo’limlarini ajratish mumkin: 1. Firmaning tashkil topishi: firma tashkil topgan va kengaytirgan vaqt (firmaning qachon, qaerda va kim tomonidan ruyxatga olingani, qaerda joylashgani); firmaning tashkiliy-huquqiy shakli; firma sarmoyasining strukturasi (chiqarishga ruxsat etilgan aktsiyalarining soni, chiqarilgan va muomalada yurgan aktsiyalarining soni, ularning nominal qiymati va birja bahosi); firmaning xisob raqami ochilgan asosiy bank; firma rahbariyati – raisi, bosh direktori; firmaning buxgalteri; firmaning yuristi; asosiy menejerlari, ularning malakasi, ma’lumoti, ish staji. 2. Firmaning tashkiliy strukturasi ya’ni tuzilishi, bunda asosiy tashkiliy ishlab, chiqarish va boshqaruv bo’linmalari ko’rsatiladi. 3. Firma imiji, ya’ni to’g’risidagi fiqri. Bu bo’limda quyidagi savollarga javob berilgan bo’lishi zarur: mazkur firma qanday mahsuloti bilan nom chiqargan; bu firma o’ziga o’xshagan (shu soxadagi) boshqa firmalardan nimasi bilan farq qiladi; firma tovarini kimlar sotib oladi yoki uning xizmatidan kimlar foydalanadi; firmaning tovar belgisi qaerlarda ma’lum; doimiy mijozlari kimlar va qancha; firma tovari yoki xizmatlarining ilgarilama harakati qanaqa. 4. Firma faoliyati sharoitlarining taxlili biznes-reja birinchi bo’limining muhim qismidir. Firma faoliyatining sharoitlari ikki katta qismga bo’linadi: tashqi va ichki sharoitlar. Tashqi sharoitlarga firma aytarli ta’sir ko’rsata olmaydi, lekin ularni nazarda tutishi kerak bo’ladi. Bu sharoitlar iste’molchilar xoxish-istaklari va didlarini, bozor talablarining o’zgarib turishini, ishchi kuchi bor – yo’qligini, moddiy resurslar manbalarini, buyum (mahsulot, xizmat) ning xayot tsikli, ishlab chiqarish tsikli, soliqqa tortish taxlili, baxolar ustidan nazorat va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ichki omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: ishlatilayotgan texnologiyalar, asbob-uskunalarning harakteristikasi, tovar (mahsulot, xizmat) sifatini va ishlab chiqarish harajatlarini aniqlash usullari. Bu bo’lim firma taraqqiyotining asosiy soxalani ta’riflash bilan shug’illanadi. Biznes-rejaning taxliliy qismi uning eng ijodiy bo’limlaridan biridir. Firma bir necha yildan beri ishlab kelayotgan bo’lsa, taxlilda realizatsiya qilingan mahsulot hajmi va foyda miqdori so’ngi yillar davomida qay tariqa o’zgarayotganini ko’rsatish kerak. Bundan tashqari, sanoat istiqbollari mahsulot hajmi bilan assortimentini kengaytirish imkoniyatlari to’g’risida qisqacha aytib o’tish foydali bo’lishi mumkin. Firmaning o’zidagi texnologiyasining afzalligi yoki xatto uning yo’qligi, shuningdek bozorda raqobatga bardosh berish imkonini ochadigan savdo usul-amallari ko’rsatib o’tadi. Xulosa (xotima) qismida qancha hajmda mablag’ ajratilishi mo’ljallayotganini qisqacha bayon qilib, ajratiladigan mablag’lar sarmoyasining o’sib borishiga yordam beradigan bo’lishi uchun firma nimalar qilmoqchi ekanligini yoritiladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling