Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- MODUL: ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI TASHKIL QILISH REJA
- Ishlab chiqarish jarayoni
- Ishlab chiqarish bos q ichi
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Milliy iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz va mamlakat xalq xo‘jaligi majmuida korxonalarning roli va ahamiyati qanday? 2. Sanoat korxonalarining harakterlovchi qanday belgilari mavjud? 3. Sanoat korxonalarining qanday vazifalari va funksiyalari mavjud? 4. Korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi? 5. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuni va uning mohiyati. 6. Sanoat korxonalarining tasniflanishi. 7. Korxonaning umumiy va ishlab chiqarish tuzilmasi deganda nimalar tushuniladi? 8. Korxona tuzilmasini aniqlovchi qanday omillar mavjud? 9. Korxona tuzilmasini takomillashtirishning qanday yo‘llari mavjud? 3- MODUL: ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI TASHKIL QILISH REJA: 1. Ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi va tarkibi. 2. Ishlab chiqarish tsikli. 3. Ishlab chiqarish turlari va ularning iqtisodiy tavsifi. 1. Ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi va tarkibi. Har qanday korxonaning xo’jalik faoliyati ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lib , bu faoliyat negizini ishlab chiqarish jarayoni tashkil qiladi . Ishlab chiqarish jarayoni jamiyat ravnaqi va taraqqiyoti uchun kerak bo’lgan moddiy boylikni yaratishda insonning tabiat buyumlariga o’tqazadigan ta’siridan iboratdir. Ishlab chiqarish jarayoni insonning muayyan maqsadga qaratilgan faoliyati, mehnat vositalari va mehnat buyumlarini bir-biri bilan bog’laydi. Ishlab chiqarish jarayoni o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan tabiiy va mehnat jarayonlarining majmuasidir. Mehnat jarayonlari deganda, mehnat buyumlarining tarkibi va hossalarining o’zgarishlari tushuniladi, ular inson ishtiroki va nazorati ostida amalga oshadi. Tabiiy jarayonlarda inson ishtirokisiz, tabiat ta’siri natijasida mehnat buyumlarining xossalarining o’zgarishlari yuz beradi. Har bir texnologik jarayon stadiya bosqich va operatsiyalarga bo’linadi. Ishlab chiqarish bosqichi - bu foydali ishlab chiqarish jarayonining texnik, texnologik va tashkiliy jixatdan ajralgan qismidir. U uzaro bog’liq bo’lgan va ma’lum tartibda ketma-ket keluvchi ish jarayonlari majmuini o’z ichiga oladi. Bular bir vaqtning o’zida yoki ketma-ket bajarilishi mumkin. Keyinchalik esa bu ishlar bir vaqtning o’zida parallel bajarilishi mumkin. M-n, ammiakli selitrani ishlab chiqarishda texnologik jarayon ammiakga azot kislotasi yordamida ketma-ket ishlov berish bosqichlaridan iborat: - kislotani ammiak yorlamida neytralnzatsiya qilish: - ammiak selitrasini granulyatsiyalash: - sovutish; - ammiak seltrasini koplarga joylash (upakovka). O’simlik yog’ni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarga bo’linadi: - mexanik ravishda yadrodan nikobni ajratish va yadroni maydalash; - maydalangan yadro-myatkaga suv issig’ligi yordamida ishlov berish-pishirish (jarenie); - presslash; - ekstraktsiyalash; - moyni gidratlash va rafinatsiyalash; - moyni qadoqlash (fasovka qilish); - moyni iste’molchilarga ortish va saqlash; Mebel ishlab chiqarishda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: - daraxt plitalarni yoki pilomateriallarni bichib kesish; - zagotovkalarni ishlab chiqarish; - mashina yordamida ishlov berish, detallarni oblitsovka etish; - detal va uzellarga ishlov berish; - buyumni yig’ish va xok. Ishlab chiqarish bosqichlari o’z navbatida qator oparetsaiyalardan iborat bo’ladi. Operatsiya - ishlab chiqarish jarayonini dastlabki boshlang’ich elementidir. Ish jarayoni muayyan ish joyida bir yoki gurux ijrochilar bitta yoki bir nechta mehnat qurollari yordamida amalga oshiriladi. Yakka yoki bir gurux ijrochilarning mehnat qurollari yordamida mahsulot tayyorlash maqsadida yoki xizmat ko’rsatish bo’yicha ish jarayonini bajaryayotgan xudud (makon, er)ning bir qismi ish joyi deb ataladi. Ish jarayonlari va ishlab chiqarish operatsiyalari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rni yoki bajarayotgan roli buyicha asosiy, yordamchi jarayonlarga bo’linadi. a) Muayyan korxona uchun maqsadli bo’lgan tayyor mahsulotga aylanuvchi xom ashyo va asosiy materiallarga aylantiruvchi jarayonlar asosiy jarayonlar xisoblanadi. Asosiy jarayonlar mobaynida mehnat buyumlarning molekulyar strukturasi shakli, holati va parametrlari o’zgarib boradi. M-m: kimyoviy sintez, xom ashyoni tayyorlash. tayyor mahsulotni ajratish va tozalash. Asosiy jarayonlar mazmunini konkret mahsulotni tayyorlash texnologiyasi belgilaydi. b) Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarni normal bir maromda o’tishini ta’mimlovchi mahsulotni tayyorlash yoki xizmat ko’rsatunchi jarayonlar bo’lib ular quyidagilardan iborat: - dastgox va uskunalarning ta’miri; Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling