Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Yirik korxonalarga yil davomida o‘rtacha ishlovchilari soni kichik korxonalardagidan ko‘p, chunonchi, sanoatda – 100
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
Yirik korxonalarga yil davomida o‘rtacha ishlovchilari soni kichik korxonalardagidan ko‘p, chunonchi, sanoatda – 100; qurilishda – 50; qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, ulgurji savdoda – 30; chakana savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida – 20 nafardan oshmagan korxonalar kiradi;
Korxonalar ixtisosligiga ko‘ra ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalarga cheklangan nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar; universal korxonalarga turli xil va shakllardagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar; aralash korxonalarga ixtisoslashgan va universal korxonalar orasidagi guruhlar kiradi. Korxonalar shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoniga ko‘ra, oqimli, partiyalab va donalab ishlab chiqarish uslublari qo‘llaniladigan korxonalar guruhlariga; Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra, majmuaviy va qisman avtomatlashtirilgan, majmuaviy va qisman mexanizatsiyalashtirilgan, mashina-qo‘l va qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish korxonalariga bo‘linadi. Qonuniy hujjatlarga ko‘ra, yangi iqtisodiy kategoriya kiritildi. Ularga asosan korxonalar tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra, xususiy, davlat, jamoa, aralash mulkga ega korxonalarga ajratiladi. Xo‘jalik yurituvchi uyushmalar to‘la huquqli uyushma va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga bo‘linadi. Xususiy tadbirkorlik doirasida yakka tartibdagi (individual) va guruhli mulk shakllari mavjud bo‘lib, ularga asoslangan korxonalar uchta asosiy turga bo‘linadi: birinchi turdagi korxonalar mulkka egalik qilish va boshqarish vazifasining qo‘yilishi bilan harakterlanib, yakka shaxs tomonidan boshqariladi; ikkinchi turdagi korxonalar o‘rtoqlik uyushmalaridir, bunday biznes turida payga egalik qiluvchi ikki yoki undan ortiq shaxs ishtirok etadi, uning o‘ziga xos xususiyati boshqaruv vazifalarida ixtisoslashuvidir; jamiyatlar bunday boshqarish vazifasiga egalik qilishdan xoli bo‘lib, ularda korxona faoliyatiga cheklangan javobgarlik mavjud bo‘ladi. Kapitalining kelib chiqishi va faoliyat darajasiga ko‘ra, korxonalar (firmalar) milliy yoki millatlararo turlarga bo‘linadi. Millatlararo asosan yirik konsernlar bo‘lib, ular xalqaro miqyosdagi tarmoqlararo faoliyati bilan harakterlanadi. O‘rtoqlik uyushmalariga kiruvchi jamiyatlarda ishtirokchilar o‘zaro tuzilgan shartnomalarga ko‘ra faoliyat olib boradilar hamda shu jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli mulk doirasida javob beradilar. Bu to‘la huquqli jamiyat bo‘lib, javobgarlik darajasi cheklanmagan. Komandit uyushma – xo‘jalik faoliyatini yuritish maqsadida o‘zaro tasdiqlangan shartnomaga asosan birlashuvchi bir necha fuqaro yoki yuridik shaxslar uyushmasidir. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling