Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Korxona o‘ziga xos beligilarga ega
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
Korxona o‘ziga xos beligilarga ega:
1. Birinchidan, u o‘ziga tegishli mulkka ega bo‘lishga haqli, u o‘z navbatida korxonaning faoliyatidagi moddiy-texnikaviy bazani yaratadi, uning iqtisodiy mustaqil va ishonchliligini ta’minlaydi; 2. ikkinchidan, korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk asosida byudjet oldida hamda kreditorlar bilan o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan javobgarliklar uchun javob berishi; 3. uchinchidan, korxona xo‘jalik yuritish jarayonidagi munosabatlarda o‘z nomidan ishtirok etadi. Bunda korxona qonun hujjatlariga asoslanib, o‘z sheriklari, iste’molchilari, ta’minotchilari hamda fuqaro va boshqa yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega; 4. to‘rtinchidan, korxona qonunchilik va shartnomaga muvofiq xo‘jalik sudida davogar va javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin; 5. beshinchidan, korxona o‘zining mustaqil balans va smetasiga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi qilinadigan barcha harajatlar hisobini hamda davlat organlari tomonidan belgilangan davriy hisobotni olib boradi; 6. oltinchidan, korxona o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini belgilovchi nomiga ega bo‘ladi. Sanoat korxonalarining faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlash va muomala jarayonlaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish muhiti faoliyati yangi buyumlar ishlab chiqarishning texnik tayyorgarligini va ishlab chiqarish jarayonining o‘zini tashkil etishdan iborat. Qayta ishlash muhiti ishchi kuchi yollashni tashkil etish, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda ishlab chiqarish vositalarini ko‘paytirish va kengaytirish jarayonlaridan iborat. Muomala muhiti – ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta’minlash va mahsulot (ish, xizmat) sotishni tashkil etishdir. Korxonani ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida o‘rganish uni funksiyalashtiruvchi ikki jihati – shaxsiy tizimi va tashqi muhitini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Korxonaning ichki muhiti – bu, insonlar, ishab chiqarish buyumlari, axborot va pullar. Ichki muhitning o‘zaro harakati natijasi tayyor mahsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar hisoblanadi. Korxonaning tashqi muhit bilan aloqasi bosqichdan tizimga (resurslarni jalb etish, ularning bahosini aniqlash, xom ashyo materiallar, yoqilg‘i va boshqalarni etkazib berishning doimiyligi) chiqish o‘rniga ega va o‘zini chiqishida, ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlari oqimi orqali tashqi muhitga ta’sir etishida namoyon qiladi. Tashqi muhit korxona ishlari samaradorligini aniqlab beradi. Korxonaning tashqi muhiti – bu mahsulot iste’molchilari, ishlab chiqarishning asosiy qismlari (komponentlari)ni etkazib beruvchilar va shu bilan birga davlat idoralari hamda korxona atrofida yashovchi aholi. Bozor munosabatlari sharoitida korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: bozorni va uning rivojlanish istiqbolini kompleks o‘rganish asosida haridorlarning mahsulot va xizmatlarga joriy va istiqbol talablarini aniqlash; mahsulotning yangi shakllari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish; iste’molchilar talablarini qondirishga mos keluvchi mahsulot ishlab chiqarish; ishlab chiqarish va moliyalashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish, rejalash va dasturlash; mahsulotni sotish va taqsimlash tizimini takomillashtirish; korxonaning butun faoliyatiga rahbarlik qilish (u o‘z ichiga ishlab chiqarish, qadoqlash, sotish, reklama, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa jarayonlarni boshqarishni qamrab oladi). Mana shu faoliyatdan kelib chiqib korxona quyidagi vazifalarni bajaradi: I. Korxona egasi tomonidan daromad olish. II. Iste’molchilarni mahsulot bilan ta’minlash. III. Ishchilarni ish haqi bilan ta’minlash. IV. Korxona atrofida yashovchi aholi uchun yangi ish joylarini yaratish. V. Atrof-muhitni muhobosqich qilish. VI. Korxona ish faoliyati to‘xtab qolishining oldini olish. VII. Mehnatni tashkil etish va boshqarish shakllarini takomillashtirish. Korxona xo‘jalik faoliyati joriy va kelgusi davrdagi vazifalarni hal etish uchun quyidagi funksiyalarni bajarishi kerak: I. Ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulot ishlab chiqarish. II. Mahsulotni iste’molchilarga etkazib berish. III. Sotishdan keyin xizmat ko‘rsatish. IV. Ishlab chiqarishning moddiy-texnik ta’minoti. V. Ishchi xodimlar mehnatini tashkil etish va boshqarish. VI. Soliqlarni to‘lash, byudjetga to‘lovlar, majburiy va ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lanishini ta’minlash. VII. Davlatning qonuniy me’yorlariga, amaldagi standartlarga amal qilish. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling