Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 0.97 Mb.
bet20/65
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567848
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Bog'liq
KOOC маъруза

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Ilmiy-texnik ishlarning mazmuni nimalardan iborat bo‘ladi?
2. Ilmiy mavzu qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik jihatidan tayyorlashning mohiyati deganda nimani tushunasiz?
4. Mahsulotni konstruksiyalashda unifikatsiyalash va standartlash qanday o‘rin tutadi?
5. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning qanday asosiy bosqichlari bor?
6. Texnologik jarayonlarga qanday talablar qo‘yiladi?
7. Ishlab chiqarishni tashkiliy – iqtisodiy tayyorlashning mazmuni nimalardan iborat?
5. MODUL: YORDAMCHI TSEX VA XO’JALIK LARDA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH. TA’MIR XO’JALIGINI TASHKIL QILISH.
Reja:
1 Korxonaning yordamchi sexlari va xo‘jaliklari tarkibi hamda xususiyatlari.
2. Ta’mir xo’jaligini ahamiyati va tarkibi.
3. Rejali - ogohlantirish ta’mir tizimi.
Rejali - ogahlantirish ta’mir grafigining hisobi. (ROT )
4Ta’mir xo’jaligini boshqarish.
1. Korxonaning yordamchi sexlari va xo‘jaliklari tarkibi hamda xususiyatlari
Ishlab chiqarish jarayoni asosiy jarayonlar bilan bir qatorda xom ashyo, materiallar va buyumlarni yuklash, tushirish, ularga birinchi ishlov bsrish va ishlab chikarish sexlariga eltib berish, shuningdek, xom ashyo, yarim fabrikatlar, buyumlar, tayyor maxsulotlarni tashish va joylash, tayyorlash jarayoni va mahsulot sifatini nazorat etish, o‘rash va jo‘natish, ishlab chiqarish chiqindilarini yig‘ib olish va ish joylarini tozalash va boshqa yordamchi jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi.
SHuning uchun har kaysi sanoat korxonasining tarkibida yordamchi ishlab chikarish sexlari, bo‘linmalar va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar tashkil etiladi.
Korxonaning yordamchi xujaliklariga ta’mir, energetika, asbob-uskuna va sanoat tarmog‘ining o‘ziga xos xo‘jaliklar (transport, ombor) va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar taalluqlidir.
Sanoat ishlab chiqarishi yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarining asosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonlari uzluksizligini ta’minlab, sodir bo‘ladigan ba’zi cheklanishlarni bartaraf etishdir.
YOrdamchi sexlar va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar, birinchi navbatda, asbob-uskuna va ta’mirlash sexlari, yangi mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlash, texnika, texnologiyani va ishlab chiqarishni takomillashtirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. SHu sexlar yordamida yangi turdagi mahsulotni texnikaviy tayyor¬lash, sex va uchastkalarni rskonstruksiyalash, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish amalga oshiriladi.
Ammo, yordamchi sexlar va xo‘jaliklarning o‘zlari texnikaviy, tashkiliy taraqqiyoti darajasi bo‘yicha asosiy ishlab chiqarishdan ancha orqada qolib kelmoqdalar. YOrdamchi sexlar va xo‘jaliklar ixtisoslashish darajasining dastlabki, bajariladigan ishlar universalligi va buning asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning kichik seriyali va individual turi, kam unumdorlikka ega bo‘lgan universal jihozlardan va qo‘l mehnatidan keng qo‘llanish xususiyatlari bo‘yicha asosiy bo‘limlardan farqlanadilar.
Aytilganlardan shu xulosa kelib chiqadiki, sanoat samaradorligini oshirish yordamchi sexlar va xo‘jaliklarning texnik jihatdan qurollanishini takomillashtirish bilan sezilarli darajada bog‘liq.
Korxonaga ratsional xizmat ko‘rsatish tizimi quyidagilarni ko‘zda tutadi:
1. korxonalarda eng muxim xizmat kursatish vazifalarini ixtisoslashtirish va markazlashtirishni, ular aynan o‘zlari mahsulot tayyorlash jarayonidan xoli bo‘lishini;
2. transport — ombor, yuklash — yukni tushirish ishlari va
boshqa yordamchi ishlarni kompleks texnologik usullarni qo‘llash
va ularni korxonani texnikaviy qayta qurollantirish ishi
bilan bog‘lab, texnologik reglamentli (bir ohangda) bajarish;
3. tipik (rasmiy) loyihalar asosida transport-ombor, yuklash – yukni tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish, shu maqsadda zarur vositalarni markazlashtirilgan ravishda tayyorlash qo‘lamini kengaytirish;
4. yirik korxonalarda transport-ombor va yuklash – yukni tushirish ishlarini markazlashtirish, ularni korxonaning yagona transport-ombor sexi tomonidan bajarish;
5. yirik korxona (birlashma)larning tarkibidan asbob-uskuna sexlarini ajratish, ular asosida maxsus asbob-uskuna va texnologik moslamalar tayyorlaydigan korxonalarni yaratish;
6. sanoat binolari va inshootlarini ta’mirlash ishlarini ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan o‘tkazish;
7. korxona ta’mir xo‘jaligini takomillashtirish va boshqalar.
Ishlab chiqarishga ratsional xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etishda kompleks tsxnologiyani tuzish va joriy etish muhim o‘rin tutadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling