Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tra n sport vositalariga bulgan talabning xisobi
2. Transport turlari
YUkni tashish joyi va doirasiga binoan ular tashqi, sexlararo va sex ichidagi transport turlariga bo‘linadilar. Tashqi transport korxonaning temir yo‘l stansiyasi, boshqa korxonalar va tashkilotlar bilan aloqasini ta’minlaydi. Sexlararo transport yuklarni korxona ichida, bo‘limdan bo‘limga tashish vazifasini o‘taydi. Sex tarkibidagi yuk tashish vositalari yuklarni ish joylariga, bo‘linmalarga va omborlarga tashish vazifasini bajaradi. Transport vositalari temir yo‘l, suv, izsiz (elektrokara, tyagach, avtomobil, avtokar, avtogruzchik), mexanik (osma yo‘l, kuprikli kran) kabi turlarga bo‘linadi. Harakat tarziga binoan transport vositalari uzlukli (av¬tomobil, elektrokara, avtopogruzchik, elektrovoz va boshqalar) va uzluksiz (konveyer, truboprovodlar) turlarga bo‘linadilar. Sanoat korxonalarida yuk tashish asosan mayatnikli va aylanma usullarda tashkil etiladi. Mayatnikli usulda bir bo‘limdan boshqa bo‘limga yuk bilan chiqqan transport yukni etkazib bergandan so‘ng dastlabki bo‘limga yuksiz qaytishi mumkin. YUk tashish aylanma tarzda tashkil etilsa, transportlardan to‘laroq foydalanishga erishiladi.. 3. Transport vositalariga bulgan talabning xisobi Transport vositalarining turlari bo’yicha ularga bo’lgan ehtiyojni xisoblashning o’ziga xos usullari mavjud. Masalan, avtomobil, yuk mashina, avtokara, elektrokaraga bo’lgan ehtiyojlar sutkada tashiladigan yukning xajmi (tonnada), reysga sarflanadigan vaqt, vositalarning yuk ko’tarish imkoniyati, yuk kutarish kobiliyatidan foydachanish koeffitsienti va transport vositalarining sutka davomida ishlash vaqtiga binoan aniqlanadi: Bu srda: Te — ma’lum tur transport vositasiga bulgan ehtiyoj; Yus — bir sutkada tashiladigan yuk xajmi (tonnada); t — reysga sarflangan vaqt (soat); Yus - transport vositasining nominal yuk kutarish imkoniyati (kuvvati), t; Kyu — kutarish imkoniyati (kuvvati)dan foydalanish koeffitsienti; Vs — transport vositalarining sutka davomida ishlash davri (soat). Yuk tashishda maxsus idishlardan foydalanadigan korxonalarda ketma-ket tashiladigan yuklar hajmini aniqlashda mahsulot og’irligiga ushbu idishlar og’irligi ham ko’shiladi; omborlar, asosiy va yordamchi tsexlar uchun xizmat ko’rsatuvchi transport vositalari, shu bo’limlarnnng ish miqdori va ish smenasiga binoan belgilanadi. Transport vositalarining samaradorligi, ulardan vaqt birligida foydalanish koeffitsienti, yuk ko’tarish koeffitsienti, o’rtacha texnikaviy tezligi, qatnovlar koeffitsienti ta’mirda turish koeffitsienti va boshqa ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi. Transport xo’jaligining samaradorlligini transport operatsiyalari, yuklash, yukni tushirish ishlarini mexaninzatsiyalashtirish, zamonaviy ko’tarish-transport vositalari, avtomatlashtirilgan omborlar, maxsus dastur asosida yuklarni saralashtiruvchi va uzatuvchi vositalarni joriy etish, konteynerlardan keng foydalanish, matematik usullar va elektron-xisoblash texnikasi asosida jarayonlarni rejalashtnrish va boshqarishini takomillashtirish kabi tadbirlarni uzluksiz amalga oshirish evaziga yuqori saviyaga ko’tarish mumkin. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling