Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Ta’mir xo’jaligini boshqarish


Download 0.97 Mb.
bet24/65
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567848
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
Bog'liq
KOOC маъруза

4Ta’mir xo’jaligini boshqarish.
Ta’mir sifatini yaxshilashning eng muhim yo’nalishlari ta’mir natijasida asbob-uskunalar qayta tiklanibgina qolmay texnikaviy darajasi ham oshiriladi. Buning uchun kapital ta’mirni mavjud jihozlarni takomillashtirish va ular eng ilg’or texnikaviy darajasiga etishini ta’minlovchi modernizatsiya bilan birgalikda olib borishi shart.
Ta’mir xo’jaligining faoliyatini rejalashtirish ta’mir muddatnni aniqlash, ta’mir uchun sarflanadigan mehnat, materiallar va pul mablag’i bilan ta’minlash, ta’mirni o’tkazish uchun harajatlar miqdorni belgilash, uni qoplash manbalarni, shuningdek, o’z kuchi bilan va ixtisoslashgan ta’mir tashkilotlarini jalb etish asosida bajariladigan ta’mir ishlarini aniqlashni nazarda tutadi. Yillik reja quyidagi:
a) ta’mir ishining hajmi va turi;
b) ta’mir vaqtining kalendar grafigi;
v) ta’mir xo’jaligini bo’limlarning imkoniyatlari;
g) mehnat bo’yicha (mehnat unumdorligi, ta’mirlovchilar soni va ularning ish haqlari) ko’rsatkichlar;
d) materiallar, yarim tayyor mahsulot va ehtiyot qismlarga bo’lgan ehtiyoj;
s) ta’mir xo’jaliganing samaradorlik ko’rsatkichlari;
j) ta’mir ishlarining moliyaviy ta’minlanganligi;
z) ta’mir xo’jaligining samaradorligi oshishini ta’minlovchi tashkiliy, texnikaviy va boshqa tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Ta’mir xo’jaligi tarkibida xo’jalik xisobidagi ta’mir mexanika va ta’mir-energetika tsexlari mavjud bo’lsa, ular quyidagi xo’jalik hisobi ko’rsatkichlari orqali: mahsulot turi; mahsulot (ish) hajmi; mehnat unumdorligi; ish haqi fondi; ishlab chiqarish harajatlari smetasi kabi ta’mir ishlarini amalga oshiradi.
Korxonaning yillik ta’mirlash ishlari xajmi rejasi yiriklashtirilgan usulda va ta’mir grafigi asosida tuzilishi mumkin.


Tayanch so’zlari.

  1. Rejali - ogohlantirish ta’mir tizimi - jixozlar va boshqa asosiy fondlarni muddatdan ilgari puturdan ketmasligini va ularning doimiy yuqori texnikaviy darajada ekspluatatsiyaga shayliklarini ta’minlovchi rejali, texnikaviy – tashkiliy xizmat ko’rsatish, nazorat va ta’mirlash ishlarini majmuasi.

  2. Ta’mirlararo xizmat ko’rsatish - jihoz va dastgohlarning texnik eksplutatsion qoidalariga amal qilishini kundalik nazorati.

  3. Profilaktik nazorat - grafik bo’yicha belgilangan muddat o’tgach dasgohlar texnik xolatini nazorat qilish va emirilish, eskirish darajasini aniqlab, kelgusi ta’mir ishlar xajmini belgilash.

  4. Joriy (mayda) ta’mir — apparat yoki agregatlarning ayrim uzellarini ochish, tez ishdan chiquvchi detallarni qisman almashtirish va tiklash, uzellarni sozlash, ishqalanuvchi satxlarni moylash, tozalash ishlari.

  5. Kapital ta’mir - agregat va dastgohlar butunlay ochiladi (razborka), eskirgan uzel va detallar almashtiriladi yoki tiklanadi, texnik shartlarga binoan sinovlar o’tkaziladi, uskunalar qayta yig’iladi.

6. Ta’mirlash tsikli - dastgohlarning 2 - ta kapital ta’mir orasidagi ishlagan vaqti yoki uskuna ishga tushishidan boshlab birinchi kapital ta’mirgacha o’tgan (ishlagan) vaqtidir. - Ts kap
7. Ta’mirlararo davr - 2 - ta ta’mir orasidagi dastgohlarning ishlagan vaqti.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling