Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Ta’mir xo’jaligini ahamiyati va tarkibi


Download 0.97 Mb.
bet21/65
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567848
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Bog'liq
KOOC маъруза

2. Ta’mir xo’jaligini ahamiyati va tarkibi.
Kimyo korxonalarida dastgohlar eksplutatsiya davomida jismoniy emirilishga uchraydi. Bunga korroziya, past va baland t° - ra, ishqalanish kuchi, bosim, havo namligi va boshqa omillar sabab bo’ladi.
Kimyo texnologiyasi xususiyatlari natijasida dastgohlar va boshqa asosiy fondlar turlari boshqa sanoat tarmoqlariga nisbatan tezroq ishdan chiqadi. Ularni ta’mirlash harajatlari kimyo mahsulotini tannarxida 11-14%, ta’mirlovchilar soni esa umumiy xodimlar soninidan 35-45%ni tashkil qiladi.
Kimyo ishlab chiqarishlar uchun uzluksiz jarayonlar va fazalararo bog’liqlik xos, shuning uchun dastgoh va uskunalarni ishdan chiqishi texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Texnologik dastgohlarni holati mehnat unumdorligi, mahsulot sifati ya’ni ishlab chiqarish ko’rsatkichlarga katta ta’sir qiladi.
O’z navbatida bular asosiy fondlarni texnik xizmati va ta’mirlashini tashkil qilishga katta ahamiyat berishni talab qiladi.
Ta’mir xo’jaligi umumkorxona va tsex bo’limlaridan iborat bo’lib, dastgohlar va boshqa asosiy fondlarning holatini nazorat va tamirlarini amalga oshiradi.
Bu xo’jalikning asosiy vazifasi - dastgohlar ta’miri va sifatli xizmati; dastgohlarni o’rnatish, ularning modernizatsiyasi, zapas (zaxira) qismlarni tayyorlash va saqlash texnik xizmat ko’rsatish va ta’mir ishlarni rejalashtirish, ta’mirlash samaradorligini oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish dastgohlar va uskunalarni doimiy eksplutatsion tayyor holatini ta’minlash; dastgohlar va jixozlarni to’xtab qolishini maxsimal darajada kamaytirish va sarf harajatlarini minimumga etkazish.
Undan tashqari bosh mexanik bo’limi ta’mir ishlar qiymatini nazorat qilib, korxona bo’yicha umumiy va kvartal xisoboti (otchet)ni amalga oshiradi.
Kimyo korxonalarida ta’mirlash ishlarini tashkil etish markazlashgan (maxsus ta’mirlash tsexi orqali) va markazlashmagan (ya’ni tsexlarni o’zida maxsus gruppa yoki brigada yordamida) hamda aralash turdan iborat.
Aralash turida kapital ta’mirni va zapas qismlarni markaziy ta’mirlash tsexi, dastgohlar va uskunalar xizmatini esa tsexlarni ta’mir bo’lim yoki brigadalari ta’minlaydi.
Ba’zida bino, inshoatlarni ta’mirlash va eksplyutatsiya qilish ishlari korxonaning kapital qurilish bo’limi tomonidan amalga oshiriladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling