Nazorat va muhokama uchun savollar:
Yordamchi xo’jaliklarning tarkibiga qaysi bo’limlar kiradi?
Ta’mir xo’jaligining vazifalari nimalardan iborat?
ROT grafigining hisob usuli qanday?
Qanday ta’mir turlarini bilasiz?
6-MODUL: QUVVAT XO’JALIGINI TASHKIL QILISH.
Reja:
Quvvat xo’jaligining vazifalari, tarkibi, strukturasi
Quvvat xo’jaligining tashkiliy turlari.
Elektr va issiqlik xo’jaliklarining ahamiyati.
1. Quvvat xo’jaligining vazifalari, tarkibi, strukturasi
Sanoat korxonalari jumladan kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari juda ko’p hajmda issiqlik va elektr quvvatlarini iste’mol qiladi. Bu quvvatlar ham texnologik maqsadlarda xom ashyo yarim fabrikat hamda tayyor mahsulotlarni tashishda hamda xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanadi.
Quvvat va issiqlik xo’jaliklar mahsuloti kimyo va oziq ovqat sanoati korxonalarida asosiy mahsulot turi bo’lmaganligi sababli ular yordamchi xo’jalik xisoblanib “Quvvat bilan issiqlik ishlab chiqarish xizmati” deb yuritiladi.
Quvvat xo’jaligining tarkibiga quyidagilar kiradi.
Issiqlik xo’jaligi -kompressor, qozonxona, suv ta’minoti tizimi, kanalizatsiya, tozalash tizimi;
Elektr xo’jaligi - elektr podstantsiyasi, elektr tizimi, akkumulyator uchastkalari, trasformatorlar.
Gaz xo’jaligi - quvurlar tizimi, kislorod stantsiyalari, sanoat ventilyatsiyasi, muzlatuvchi uskunalar.
Pech xo’jaligi – turli xil pishirgichlar, kuydirgichlar, vannalar.
Suv xo’jaligi – suv quvurlari, suv taqsimoti uskunalari, kranlar, favvoralar.
Aloqa – ATS (telefon stantsiyalari), dispetcherlik va baland ovozli aloqa, radio- televizion tizim.
Elektr va issiqlik uskunalarni ta’mirlash ustaxonalar.
I. Katta bo’lmagan kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida quvvat xo’jaligi 1 yoki 2 tsexdan (elektr va bug’ ishlab chiqaruvchi tsexlar) va ixtisoslashtirilgan uchastkalar (suv ta’minoti va uni tozalash, ventilyatsiya, elektr uskunalarni ta’mirlash)dan iborat.
Quvvat xo’jaligining strukturasi korxona hajmi, mahsulot assortimenti, quvvat ta’minlash manbaalari kabi omillarga bog’liq.
Quvvat xo’jaligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korxona va uning bo’limlarini zarur parametrli turli xil quvvatlar hamda yoqilg’i bilan uzluksiz ta’minlash, quvvatlarni ish joylariga o’z vaqtida taqsimlab etkazish;
ishlab chiqarish jarayonida va xo’jalik ishlarida quvvat yoqilg’ilarni unumli, tejamli sarf qilish, quvvat tizimi va uskunalarni nazorat qilish va xisoblash;
quvvat uskunalarini ratsional ekspluatatsiyasi ta’miri xizmatini, avtomatika va o’lchov asboblar bilan ta’minlash;
quvvatni o’zgartirish va foydalanishga tayyorlash (kuchlanish, bosim va xossalarini o’zgartirish)
Do'stlaringiz bilan baham: |