Tayanch so’zlari:
Elektr yuklamalar grafigi – elektr quvvatiga bo’lgan ehtiyojining maksimal darajasiniifoda ettiruvchi chizma.
Ulangan quvvat – trasformatorlarning quvvati.
Asosiy haq – elektr quvvat uchun haq to’lashda biriktirilgan (ulangan) quvvat uchun mo’ljallangan haq.
Qo’shimcha haq – schetchik ko’rsatmasigi binoan haqiqiy is’temol qilingan elektr quvvatining hajmi uchun to’langan haq.
Nazorat va muhokamauchun savollar:
Quvvat xo’jaligi tarkibiga qanday xo’jaliklar kiradi?
Quvvat xo’jaligini tashkil qilish turlari qanday?
Korxonalarning elektor quvvati bilan ta’minlash manbalari qanday?
Elektor quvvati va issiqlikka bo’lgan ehtiyoj qanday aniqlanadi?
Quvvat uchun haq to’lash tizimi nimlardan iborat?
7-MODUL: TRANSPORT XO’JALIGINI TASHKIL ETISH
Reja:
Transport xo’jaligining vazifalari
Transport turlari
Trasport vositalariga bulgan talabning xisobi
1. Transport xo’jaligining vazifalari
Zamonaviy sanoat korxonasining faoliyati har kuni muayyan hajmdagi turli yuklarni tashishga jalb etiladi. Transport xo’jaligi xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni korxona ichida tashish, shuningdek, tayyor mahsulotni iste’molchiga jo’natish jarayonlarini bajaradi. Korxonaning transport xo’jaligiga: xizmat ko’rsatish transport vositalari, ya’ni harakatdagi temir yo’l, mexanizm, mashina va boshqa qurilmalar kiradi. Uning asosiy vazifasi yuklarni texnologik jarayon talabiga muvofiq va kam sarflab, yuklash, tushirish va tashish jarayonlarini tashkil etishdir.
Transport xo’jaligini tashkil etish darajasi korxona asosiy faoliyatining ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Xozirgi davrda yordamchi ishchilarning 30-40%i ortish-tushirish, tashish jarayonlarida banddirlar. Mahsulotning tannarxida transport xo’jaligining harajatlari 5-8%ni tashkil etadi. Ularni samarali tashkil etish ishlab chiqarish jarayonini qiskartiradi,mahsulot ishlab chiqarish me’yorini ta’minlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi va mahsulot tannarxini kamaytiradi.
Yukni tashish joyi va doirasiga binoan ular: tashqi, tsexlararo va tsex ichidagi transport turlariga bo’linadi.Tashqi transport korxonaning temir yo’l stantsiyasi — boshqa korxona va tashkilotlararo aloqani ta’minlaydi. Tsexlararo transport yuklarni korxona ichida, bo’limdan bo’limga tashish vazifasini o’taydi. Tsex tarkibidagi yuk tashish vositalari yuklarni ish joylariga, bo’linma va omborlarga tashish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |