Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 0.97 Mb.
bet51/65
Sana18.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1567848
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
Bog'liq
KOOC маъруза

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Bozor sharoitida korxona strategiyasini o‘rni qanday bo‘lishi kerak?

  2. Korxona resurslariga nimalar kiradi?

  3. Ichki va tashqi omillarining mazmuni nimalardan iborat?

  4. Korxona taraqqiyot strategiyalarining qanday turlari bor?

  5. Strategiya shakllanishining qanday bosqichlari mavjud?

  6. Asosiy raqobat strategiyasi turlarini bayon eting.

15-modul. KORXONADA DISPETCHERLIK VA TEZKOR TARTIBGA SOLISH

1. Ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning mazmuni va mohiyati


2. Kalendar-rejalashtirish me’yorlari va ularni hisoblash usullari
3. Dispetcherlik xizmatining funksiyalari


1. Ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning mazmuni va mohiyati

Ishlab chiqarishni tezkor boshqarish haqiqiy shakllanayotgan yoki shakllangan ishlab chiqarish vaziyatida boshqaruv xodimlarining bir qarorga kelishini ifodalaydi. Keng ma’noda tezkor boshqarishga kalendar-rejalashtirish, qisqa muddatli va tezkor rejalar jarayonini tashkil etish va dispetcherlik kiradi.


Tor ma’noda esa, bu – ishlar va resurslarning taqsimlanishi, texnologik jarayonlarga kerakli tuzatishlarni kiritish, zahiralardan ustalik bilan foydalanish, joriy vazifalar bajarilishining sifatini va vaqtini nazorat qilishidir.
Tezkor boshqarishga va rejalashtirishga quyidagilar kiradi:

  • qisqa muddatga mo‘ljallangan rejali vazifalarni ishlab chiqish (oylik, dekadalik, xaftalik rejalar), smena-sutkali vazifalarni (ishlab chiqarish joylarida – detall va uzel kesmalarida, ish joylarda – detall va operatsiya ko‘rinishida);

  • boshqaruv xodimlari ishlab chiqarish vaziyatiga kundalik analizi va ega bo‘lishi;

  • ishlab chiqarish rejasining bajarilishini tezkor hisob va nazorat qilish;

  • o‘z vaqtida muayyan qarorga kelish va ishlab chiqarish jarayonida buzishlarning oldini olish yoki rejadan chetga chiqishni tuzatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

Sexlararo darajada ishlab chiqarish dasturlari bajarilishining muvofiqlashishiga quyidagilar kiradi:

  1. ishlab chiqarishning maromiyligi ta’minlash va xom ashyo, texnologik asboblarni etkazib berish muddatlari moslashishining «tor joylarini» yo‘qotish;

  2. belgilangan miqdorda, ro‘yxatda va muddatda detallarni sexlararo olib berishni birlashtirish;

  3. korxona omborlarida detallarning to‘planib qolish holatini kuzatish;

  4. agregatlarda eng qiyin terma qismlar tayyorlanishini muntazam ravishda nazorat qilish;

  5. shartnoma shartlariga binoan mahsulot tayyorlash jarayonlarini muvofiqlash.




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling