Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning iqtisodiy tabiati va ob’ektiv zaruriyati
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning iqtisodiy tabiati va ob’ektiv zaruriyati.
Iqtisodiyot bo’yicha zamonaviy adabiyotlarda va qo’llanmalarda rejalashtirishga mo’ljallangan ish yoki ma’lum bir harakatlarni bajarish muddati, tartibi va ketma-ketligini ko’zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi sifatida izoh berilgan. Har bir inson o’z ish kuni, dam olish kuni, bayramlar, yozgi ta’til, to’y va boshqa tadbirlarni qanday o’tkazishni rejalashtiradi. Aynan rejalashtirish va bashorat qilish yo’li bilan korxonalar nimani, kim uchun, qachon va qancha mahsulot ishlab chiqarish, qaysi hamkorlar yoki sheriklar bilan shartnoma tuzish yoki kooperatsiyani rivojlantirish, zarur bo’lgan moddiy-tovar boyliklari zaxirasini yaratish kabi bir qator masalalarni hal qiladi. Deyarli har bir korxonaga yuqoridan direktiva vazifalari, nazorat raqamlari, qa’tiy me’yoriy va limitlarni belgilab beruvchi rejalashtirish, haqiqatdan ham bozor mexanizmiga to’g’ri kelmaydi va korxonalarning mustakilligini yo’qqa chiqaradi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasining "Korxonalar to’g’risida"gi qonunida, korxonalarning iste’molchilar talabi, foyda yoki daromad olish nuqtai nazaridan o’z faoliyatini mustaqil ravishda tanlashi va ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbollarini belgilab olishi ko’rsatilgan. Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni ifodalaydi. Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan davomi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va bashorat qilish o’zaro aloqada bo’lgan ikkita jarayon bo’lib, xo’jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko’zda tutadi. Demak, rejalashtirish, jumladan, indikativ reja va bashorat — korxonalarning xo’jalik faoliyati uchun mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun barcha omillardan foydalanish va tayyorgarlikning o’z vaqtida bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan qulay sharoitlarni yaratishdir. Reja va rejalashtirish orasidagi farqni anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Rejalashtirish indikativ reja yoki prognoz kabi rejalarni ishlab chiqish jarayoni bo’lsa, reja korxonaning ma’lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiruvchi hujjatni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, reja — korxonaiing maqsadli vazifalari va ularni amalga oshirish yo’llarini belgilab beruvchi rejalashtirishning moddiylashgan shaklidir. Shu tariqa rejalashtirish bozor va bozor mexanizmiga qarama-qarshi bo’lmasdan, aksincha, ishlab chiqarishning maqbul yo’nalishlarini aniqlash, foydalanilmagan zaxira va imkoniyatlarni qo’llash, korxonaning oqilona baho siyosatini shakllantirish hamda xo’jalik yuritish aloqalarining samarali shakllarini o’rnatishga ko’maklashadi. Rejalashtirish va bashorat qilish yordami bilan ichki va tashqi bozordagi iste’molchilar talabi aniqlanadi, korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati kuchaytiriladi. Biroq rejalashtirish imkoniyatlarini safarbar qilish rejalashtirishning o’zidagina ifodalanmaydi. Rejalashtirish odamlar, birinchi o’rinda mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi sababli istalgan reja yoki bashoratning hayotga tatbiq etilishi ko’p jihatdan iqtisodchilarning malakasiga, ular rejalashtirishning uslubiy asoslarini yaxshi bilishiga, shuningdek, ishlab chiqarishni rejalarish bozor talablarini hamda korxonaning mo’ljallangan daromadga erishishini hisobga olishiga ham bog’liq. Rejani ishlab chiqish qanchalik asoslab bergan bo’lsa, uning haqiqiyligi va iqtisodiyotdagi ahvol bilan bog’liqligi shunchalik yuqori bo’ladi. Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish ham katta rol o’ynaydi. Bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarini ilmiy asoslagan holda avvaldan ko’ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon yaratadi. Avval ma’muriy-buyruqbozlik tizimining xo’jalik yuritish sharoitlarida, ko’p yillar davomida fan-texnika taraqqiyoti va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarining uzoq muddatli istiqboli ishlab chiqilgan. Uning asosida xalq xo’jaligining alohida tarmoqlari, shuningdek, respublikalardagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish istiqbollari shakllantirilar edi. Biroq bu bashoratlar doim ham ishonchli emasdi va asosiysi, doim ham amaliyotda qo’llanavermas edi. Bu esa boshqa sabablar bilan birga o’tgan asrning 80-yillari oxirida iqtisodiy inqirozga uchrashiga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda, xo’jalik amaliyoti rejalashtirish va bashorat qilishning ustunliklaridan etarlicha foydalana olmadi. Shu sababli iqtisodiy faoliyat bashoratlarini ishlab chiqish va qo’llash bo’yicha jahon tajribasini o’rganish va uning o’ziga xos xususiyatlarini mamlakatimizdagi ishlab chiqarish va yuzaga kelayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida qo’llash juda muhimdir. Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o’z aksini topadi: ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish – o’rta va uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish - qisqa muddatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo’llarning ikkalasi ham o’zaro uzviy aloqada bo’lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning real voqeligi bilan bog’laydi. Bashoratning maqsadi - bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo’jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko’rsatishi, an’anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorliga va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni bashorat qilish muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorining o’zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, bashorat rejalashtirishning ilmiy asosidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar o’z faoliyatini rejalashtirishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Biroq bu rejalashtirishning tekshirib ko’rilgan va foydali usullaridan voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitlarda ham korxonalar faoliyatini rejalashtirish-texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, taraqqiylik me’yori, iqtisodiy tahlil, muqobil variantlarni tanlashga asoslanadi. Rejalashtirishning eng ko’p tarqalgan usullari qatoriga quyidagilarni: balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo’yicha, ko’p variantli xisob-kitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi, shuningdek, tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo’lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng samarali usul hisoblanadi. Xozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu usulniig mohiyati, o’zaro aloqada bo’lgan ko’rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalanadi. Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab chiqarish quvvatiga bo’lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan kelib chiqqan holda moddiy balans, ishlab chiqarish quvvatlari balansi, ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko’rsatish mumkin. Balanslar, koidaga ko’ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalaarini o’z ichiga oluvchi, o’zaro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi. Balans usuli me’yoriy usuli bilan birgalikda qo’llanadi. Me’yoriy usulida resurslarni sarflashning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda me’yor va me’yoriy kabi tushunchalardan foydalaniladi. Me’yor (norma) — belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish me’yorlarini kamaytirish mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining buzilishiga olib keladigan bo’lsa, u holda bu me’yorlarni kamaytirish mumkin emas. Me’yoriy — nisbiy kattalik bo’lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlar yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga sarflanishini tavsiflab beradi. Masalan, asosiy fondlarning birlik qiymatiga mahsulot ishlab chiqarish (fond qaytimi), sutning moylilik, vinoning spirtlilik darajasi (foizlarda), avtomashinaning bosib o’tgan yo’li, avtomobil shinasining ekspluatatsiyasi va hokazo. Me’yor va me’yoriylar taraqqiylik tavsifga ega bo’lishi, ya’ni ularni ishlab chiqishda zamonaviy fan, texnika va texnologiya rivojlanishining darajasi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanish hamda ilg’or korxonalarning tajribalarini hisobga olish zarur. Shuningdek, ular doimiy ravishda qayta ko’rib chiqilishi, eskirgan me’yor va me’yoriylar yangi, xo’jalik hayoti va davr talablariga javob beruvchi me’yor va meyoriylar bilan almashtirilishi lozim. Meyor va me’yoriylar quyidagi asosiy guruhlar asosida ishlab chiqiladi: Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling