Мавзу: Кимё ва озик-овкат саноати корхоналарида ишлаб чикаришни
Kalendar-rejalashtirish me’yorlari va ularni hisoblash usullari
Download 0.97 Mb.
|
KOOC маъруза
2. Kalendar-rejalashtirish me’yorlari va ularni hisoblash usullari
Tezkor ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonida har xil ishlab chiqarishni tashkil etish me’yoriylari ishlatiladi: bir tekislik koeffitsienti; uyg‘unlik koeffitsienti; ishlab chiqarish siklining uzoqligi va boshqalar. Ishlab chiqarishni tashkil etish usullariga qarab korxonada quyidagi kalendar-rejalashtirish hisobotlar o‘tqaziladi: SHaxsiy ishlab chiqarishda: mahsulot tayyorlashning ishlab chiqarish siklining uzoqligi; mahsulot tayyorlashda sexlarning ishida vaqtning o‘tib ketish; buyurtmalarni bajarishning terma va mahsulotning sikllik grafiklari; ishlab chiqarish maydoni va asbob-uskunalarni to‘la ta’minlash. Seriyalab ishlab chiqarish: detallar partiyasining hajmlari; ularni tayyorlashning davriyligi; detallar partiyasi tayyorlashning ishlab chiqarish sikli uzoqligi; detallarning to‘planib qolishi (miqdori). Ommaviy ishlab chiqarish: oqim liniyalarning takti va ish tartiblari grafigi; konveyer liniyasi harakatining tezligi; oqim liniyada ish joylari soni; liniyani ichida (texnologik, transport, aylanma, sug‘urta) me’yordan ortiq mahsulotning to‘planib qolishi; liniyalararo (aylanma, sug‘urta) me’yordan ortiq mahsulotning to‘planib qolishi. Rejali hisoblar va kalendar – rejali me’yoriylar samaradorlikning bir necha qo‘shiluvchilariga ta’sir etadi: mehnat unumdorligining oshishiga, mahsulot tannarhining kamayishiga, tuganlanmagan ishlab chiqarishni belgilangan darajada saqlash, aylanma mablag‘larning aylanish darajasining oshirishga va boshqalarga. Kalendar – rejali me’yoriylarni ishlab chiqish jarayonida quyidagi usullardan foydalanish mumkin: statistik – operatsiyalararo vaqt me’yorlarini, nazorat operatsiyalarining bajarilish vaqtini, mahsulotni yig‘ilib qolish miqdorini aniqlash zarurati tug‘ilganda; analitik – ritmlar miqdorini, ishlab chiqarish siklining uzoqligini, detallar partiyasi ishlab chiqarishning o‘tib ketishini, aylanma zadellarni hisoblashda; iqtisodiy-matematik – ko‘p ko‘rsatmali oqim liniyalarida miqdorlarni belgilash uchun. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling