Mavzu: Kimyodan darsdan tashkari ishlarning ta‘lim tarbiya jarayonidagi urni va axamiyati


To‘garakda agrokimyodan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar


Download 297.18 Kb.
bet22/23
Sana08.01.2022
Hajmi297.18 Kb.
#250526
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
KSTI YANGI

To‘garakda agrokimyodan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar

Agrokimyo asoslari o‘rta maktab kimyo o‘quv kursini politexnikalashtirishning eng muhim qismidir.

Agrokimyo ba'zi masalalari, albatta, sinfda- kimyo kursini o‘rganish jarayonida ko‘rib chiqiladi. Ammo buning o‘zi kifoya qilmaydi.O‘ quvchilarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kimyoviy asoslariga bo‘lgan amaliy va nazariy havasini sinf mashg‘ulotlarining o‘zigina qondira olmaydi.

Agrokimyodan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tahminan quyidagi sohalarda olib boriladi:

A) Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning kimyoviy asoslari. Mineral va organic moddalar (ularni bilib olish usullari). O‘simliklarning kimyoviy tarkibi. Tuproq va uning tarkibi; tuproq reaksiyasini universal indicator yordami bilan aniqlashning kolorimetrik (rangdor) usuli. O‘simliklarning tuproqdan oziqlanishi va ayrim kimyoviy elementlarning o‘simliklar hayotidagi roli. Kislorodning, uglerodning, azotning, fosforning va boshqa kimyoviy elementlarning tabiatda aylanishi. Suv, uning qattiqligi va qattiq suvni yumshatish. Tuproqdagi erimaydigan kalsiy karbonatning yuvilib ketishi va tuproqning ohaklash. Havo va uning tarkibi; o‘simliklarning havodan oziqlanishi. Tuproqda, qumda va suvda o‘sadigan ekinlar, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati (bu ekinlar bilan qilinadigan tajribalar).

B) Hosilni oshirish uchun kurashda kimyo. Mineral o‘g‘itlar, ularning tarkibi, xossalari va ularni bilib olish usullari, ularning o‘simliklar hayotidagi roli; ishlatilish usuli va texnikasi. Mikroo ‘ g‘ itlar. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklari va zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan moddalar; ularning tarkibi va xossalari; ishlatilish usuli va texnikasi. O‘simliklarning o‘sishini va rivojlanishini boshqarish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar (o‘quv-tajriba maydonchasida qilinadigan tajribalar).

V)Qishloq xo‘jaligi ma'sulotlarini kimyoviy yo‘l bilan boshqa ma'sulotlarga aylantirish. Spirt, shakar, patka, sovun va boshqa moddalar ishlab chiqarish.

Kimyo to‘garagi a'zolari agrokimyo masalalarini nazariy jihatdangina emas, balki, amaliy jihatdan ham hal qiladilar. Ularmasalan, mana bunday amaliy ishlar o‘tkazadilar: tuproqning tarkibini aniqlash; tuproqning reaksiyasini universal indicator yordami bilan aniqlash, o‘simliklarni tahlil qilish -o‘simliklardagi suv miqdorini eriydigan va erimaydigan moddalar miqdorini mineral va organic miqdorini aniqlash; har xil sharoitda va har xil tuzlar solib o‘stirilayotgan o‘simliklarning qanday rivojlanishini kuzatib borish; mineral o‘g‘itlar hosil qilish va ularni eng xarakterli alomatlariga qarab bilib olish; urug‘liklarni dorilash; o‘simliklarga mis kuporosi va ohak eritmalari purkash va hokazo. Har xil o‘g‘itlarning suvda yoki qumda o‘stiriladigan ekinlarga qanday ta'sir etishini maktab o‘quv tajriba maydonchasida yoki mahalliy kolxozning maxsus tajriba maydonida tekshirib ko‘rish ayniqsa katta ahamiyatga ega

4-seminar mashg'uloti: Kimyodan fakultativ mashg'ulot

Maktablardako'pdan-ko'po'quvchilarkimyofaniga qiziqyaptilar, ularfaqatginamaktabdasturidanemas, balkiboshqa adabiyotlardanilmiyjurnallar, kimyojurnallaridankengfoydalanmoqdalar.

O'quvchilardarslardankeyingivaqtlardakimyokabinetlaridaeksperimentaltajribalaro' tkazmoqdalar. Shundayo'quvchilaruchuntashkiletilganfakul'tativmashg'ulotlar, ularningbilimini, umumiybilimlarinivaqobiliyatlarinioshiradi.

Fakul'tativmashg'ulotlar, o'quvprogrammasini, o'quvrejalarinio'zgartirmay, darsliklarnimazmuninio'zgartirmayo'quvchilarnita'limolishigaqo'shimchabilimlarki ritilmoqda.

Pedagogikkengashharyilio'qituvchivao'quvchilartashabbusigaasoslanibvaimkoniyat gaasoslanibfakul'tativmashg'ulotlarnibelgilaydi.

Fakul'tativkurslarnitasdiqlanganro'yxatie'lonqilinadi.O'quvchilarqiziqishigavaqobili yatlarigabog'liqbo'lganfakul'tativmashg'ulotlarnitanlabolishhuquqigaegabo'ladi. Fakul'tativ mashg'ulotlarga guruhlar bir yoki bir necha parallel' bo'lgan sinflardan o'quvchilar yig'iladi. Halq ta'limi bo'limi tavsiyalariga ko'ra fakul'tativ mashg'ulotlarni bir yoki bir necha maktablarning o'quvchilaridan tashkil qilish mumkin.

Har bir fakul'tativ mashg'ulot 35 soatga taqsimlanadi, ya'ni 1 soat haftada 1 yil davomida yoki 2 soat haftasiga yarim yil davomida. Fakul'tativ mashg'ulotlar o'tkazishda ilg'or o'qituvchilar, tajribali mutaxasislar, oliy o'quv yortlari o'qituvchilari, ilmiy xodimlar taklif etilishi mumkin. Fakul'tativ mashg'ulotlarga qabul qilish fakul'tativ olib boruvchi o'qituvchi tomonidan o'tkaziladi va o'quvchi hoxishi hamda sinf rahbari fikrlarini hisobga olib, maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Fakul'tativ mashg'ulotlar o'z jadvaliga ega bo'ladi va faqat darslardan keyin o'tkaziladi. Fakul'tativ mashg'ulotlarni o'tkazish va nazorat qilish maktab direktori va o'quv tarbiya ishlari bo'yicha o'rinbosarlar zimmasiga yuklatiladi.

O'quvchilarning mashg'ulotlarga qatnashishi, ularning hosil qilgan bilimi, yutuqlari mashg'ulot oxirida hisobga olinib o'qituvchi tomonidan baholanadi.

O'quvchilar tanlab olish uchun quyidagi fakul'tativ kurslar tavsiya etiladi:

1. Yoqori darajadagi fakul'tativlar.

a) 8 sinf fakul'tativ kursi 68 s;

b) 9 sinf fakul'tativ kursi 68 s;

v) 10-11 sinf fakul'tativ kursi 102 s;

2. Amaliy fakul'tativlar.

a) Kimyoviy tahlil asoslari (9-10) 136 s;

b) Kimyo qishloq xo'jaligida (9-10) 136 s;

v) Sanoatda kimyo (10-11) 102 s;

3. Fakul'tativ maxsus kurslar.

a) Yoqori molekulyar birikmalar(polimerlar)kimyosi (11) 34s;

b) Metallar kimyosi va metallurgiya (9-10) 68s;

v) Biokimyo masalalari (11) 68s;

g) Elementar bioorganik kimyo (11) 68s;

d) Dispers sistemalar va sirt hodisalar haqida ta'limot (10) 68s;

e) Organik birikmalarning fazoviy va elektron tuzilishi (11) 68s

Fakul'tativ mashg'ulotlardagi ish metodi darsdagi ish uslublaridan ancha farq qiladi. Bu metodda ko'proq materialni bayon qilish ma'ruzaga o'xshash bo'ladi, seminar mashg'ulotlar bo'ladi va OO' yurti dasturiga o'xshab ketadi. Ma'ruzalar boshqa uslublardan ustun turib ularni boshqa fakul'tativ kurslarda ham qo'llash mumkin. Fakul'tativ mashg'ulotlarda ko'proq o'quvchilarni mustaqil ishlashlarini ta'minlash kerak. Bunday ishlar sifatida ma'ruzalar, referatlar, konspektlar, jadvallar tayyorlash kabilar kiradi.

Fakul'tativ mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rishda fakul'tativ kurs metodikasi va kerak bo'lgan dastur va adabiyotlar bilan tanishish kerak. Shundan so'ng o'quvchilar uchun kerak bo'lgan adabiyot yig'ish kerak.O'qituvchi mashg'ulotdan oldin mutaxassislar bilan suhbatlashib, maktabning ishlab chiqarish bazasi bilan tanishishi kerak. Eng muhim ishlardan biri demonstratsiya, ya'ni fakul'tativ kurs o'qituvchisi o'quv fil'mlarga ega bo'lishi kerak.

Fakul'tativ mashg'ulotlar boshlashdan oldin o'qituvchi kimyo xonasida ko'rgazmali qurol, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar o'tish uchun asbob uskunalarni muxayyo etadi.


Download 297.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling