Mavzu: Kimyodan darsdan tashkari ishlarning ta‘lim tarbiya jarayonidagi urni va axamiyati
Download 297.18 Kb.
|
KSTI YANGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.1. Asosiy
Kimyo ta'limi standarti - umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta'limi dasturi va o'quv materiallarining hajmini belgilab beruvchi mezon bo'lib xizmat qiladi.
Kimyo ta'limi standarti - kimyo ta'limida o'qituvchilarning davlat va jamiyat oldidagi vazifalari, burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlari mezoni bo'lib ham hisoblanadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi standarti-kimyo o'quv predmetidan o'quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o'quvchilar egallaydigan bilim, hosil qiladigan amaliy ko'nikma va malakalar hajmini ko'rsatuvchi me'yor bo'lib, umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi kimyo ta'limi negizini belgilovchi ko'rsatkichlar o'quvchilarning kimyo ta'limidan tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar majmuasidan iborat bo'lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilar oladigan bilimlarning zarur hajmiga asos soladi, o'quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyati, malakalari va amaliy tajribasini ruvojlantiradi. Davlat ta'lim standartlarida kimyo ta'limi sohasida quyidagicha standartlar belgilangan: Kimyo ta'limi sohasiga o'quv rejasida VII- IX sinflar uchun 204 o'quv soati ajratilgan bo'lib, ularning sinflar bo'yicha taqsimoti quyidagicha:
Kimyo ta'limi standartining tuzilishi uzluksizlikni ta'minlash asosida, kimyo ta'limi sohasi mazmuninimg asosiy yunalishlari: «Kimyoviy tushunchalar», «Modda», «Moddaning tuzilishi va xossalari», moddalarning olinishi, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, respublikamizda kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, organik moddalarning ayrim vakillari, polimerlar, tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta'siri haqidagi bilimlarni berishga va amaliy malakalar hosil qilishga qaratiladi. ( «Ma'rifat» gazetasi.28.08.98. 3-bet) Bunda, o'quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko'nikma va malakalariga ega bo'lishlarini ta'minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi. Kimyo ta'limi standarti quyidagi uchta bo'limdan iborat. 1) Kimyo ta'limi mazmuni negizini belgilovchi ko'rsatkichlar. 2) Kimyo ta'limida o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan standartning minimal talablari. 3) Kimyo ta'limida o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan standartning maksimal talablari. «Kimyo ta'limi mazmuni negizining belgilovchi ko'rsatkichlar» bo'limi o'quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta'lim- tarbiya va o'quvchilarda hosil qilinadigan amaliy ko'nikma va malakalarni o'zida mujassamlashtiradi. Ikkinchi va uchinchi bo'limda esa o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga quyilgan talablar yoritiladi. O'quvchilarga maksimal ball yoki baho qo'yishda har ikkala, ya'ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo'lgan talablar hisobga olinishi zarur. Bu esa, kimyo ta'limi standarti o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish ko'rsatkichlarni ifodalashga kimyo ta'limi sifatini baholashda o'lchov mezoni bo'lib xizmat qilishiga imkon beradi. 4. Kimyo ta'limida o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan standartning minimal va maksimal talablarini tushintiring. 18.1. Asosiy Download 297.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling