Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja
Download 268.32 Kb.
|
1-ma\'ruza
Suv ekologik omili. Suv asosiy ekologik omillardan biri bo‘lib, yer yuzidagi o‘simliklar va hayvonlarning yashashi uchun muhim omil hisoblanadi. Muhit bilan modda olmashinuvi va fotosintez jarayonida suv metabolit va erituvchi sifatida qatnashadi. Mineral tuzlar o‘simlikka tuproqdan suvda erigan holda o‘tadi.
Gidrobiontlar uchun suv yashash muhiti bo‘lib hisoblanadi. Suvsiz modda almashinuvi davom etmaydi. Suv bu hayot demakdir. Tirik organizmlar asosi suvdir. O‘simliklarda u 40 —98% tashkil qiladi. Hayvonlar tanasida ham suvning miqdori turlicha: cho‘l chigritkasida 35%, it baliqda 93%, kattasida 77,8%, sichqon bolasida 83%, kattasida 79%. Suv yetishmasligiga chidamlilik tur ekologiyasiga bog‘liq. Masalan dasht sharoitida yashovchi kurbaqa, tanasidagi suvni 50% ni yo‘qotganda, namlikni yaxshi ko‘ruvchi o‘tloq qurbaqasi esa suvning 15% ni yo‘qotganda o‘ladi. Hayvonlarda namlikka chidamlilik o‘simliklarga nisbatan kuchliroq. Masalan, odam o‘z tanasidagi suvning 10% ni yo‘qotsa, nobud bo‘ladi. Tuya esa 27%, qo‘y 23 %, it 17 %, suv yo‘qotganda o‘ladi. O‘simliklarning suvga ehtiyoji juda yuqori. O‘rta iqlimda o‘sadigan o‘simliklarning 1 g quruq modda hosil qilishi uchun 250 —400g suv kerak. Organizmlarning Yer yuzida zonalar bo‘yicha tarqalishida, suv asosiy cheklovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. quruklikda o‘sadigan o‘simliklar uchun asosiy suv manbai sifatida atmosfera yog‘ini xizmat qiladi. O‘simliklarning suv bilan ta’minlanishi joylarning umumiy xarakteristikasiga bog‘liq. Ekvatorial oblastlarda yil davomida 1000 mm yog‘in tushadi. Cho‘l zonalarida yog‘in miqdori 100 mm va undan kam ham bo‘lishi mumkin. O‘simliklarga suv o‘tishining asosiy yo‘li, bu ildiz sistemasi bo‘lib, o‘simlik ildiz orqali tuproqdan suvni shimadi. Tuproqdagi suvlar, mexanik ushlanishi bo‘yicha, 3 xil bo‘ladi, ular: 1. Gravitatsion suv 2. Kapillyar suv 3. Bog‘langan suvlardir Gravitatsion suv — tuproqning katta donachalari orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turuvchi va tez harakat qilib, pastki yer osti suvlargacha yetuvchi suvlardir. Kapillyar suvlar — tuproq donachalari orasidagi mayda bushliqlarni to‘ldiruvchi va katta kapillyar kuch bilan bog‘lanib turuvchi suvlardir. Bog‘langan suvlar esa tuproq donachalari ustida, adsorbsiya kuchi yordamida bog‘lanib turuvchi suvlardir. Bu suvlardan tez o‘zlashtiriladigani gravitatsion suvlardir. Bog‘langan suvlar qiyin o‘zlashtiriladi, ularni o‘lik zapas ham deyiladi. O‘simliklar hayotining namlikka bog‘liqligini bilish uchun ularning suv rejimini aniqlashimiz kerak. U esa, bir qator fiziologik ko‘rsatgichlar bilan xarakterlanadi: — barglar va poyadagi suv miqdori, — hujayra shirasining osmotik bosimi, — barglardagi suv yetishmasligi, — transpiratsiya tezligi, — o‘simliklarning suvni o‘zida saqlash qobiliyati va boshqalar. Yer yuzidagi o‘simliklar har xil namlik sharoiti va muhitga moslashishi bo‘yicha, 3 ekologik tipga bo‘linadi. 1. Gigrofitlar 2. Mezofitlar 3. Kserofitlar O‘simliklar tabiatda, suvdan foydalanishiga qarab 3 guruhga bo‘linadi. 1. Omrofitlar — ildizlari uncha chuqur ketmagan, yomg‘ir suvidan foydalanadiganlar. 2. Trixogidrofitlar — yer osti suvlari ho‘llab turadigan gorizontlardan ta’minlanadigan o‘simliklar. 3. Friotafitlar — ildizi yer osti suvlariga yetadigan o‘simliklar. O‘simliklarning qurg‘oqchilik sharoitiga moslashishi, suv bug‘latadigan yuzani kamaytirish va boshqa turli moslashishlarda ko‘rinadi: 1. Transpiratsiya yuzasining kamaytirilishiga, barglarning mayda mayda bo‘lishi yoki reduksiyalani orqali erishiladi. 2. Barglarning issiq va quriqchilik davrida to‘kilishi, masalan shuvoqlarda. 3. Barglarning kuchli transpiratsiyadan himoya qilinishi tukchalar bilan qoplanishi, qoplovchi to‘qimalarning taraqqiy etishi. 4. Mexanik to‘qimalarning kuchli rivojlaniish. Turli fiziologik moslashishlar kserofitlarning qurg‘oqchilik sharoitida o‘tishiga yordam beradi. O‘simliklar suvni tuproqdan osmotik bosimni oshishi yo‘li bilan shimib oladi. O‘simliklarda aktiv o‘sish davri bahor oylarida bo‘ladi keyin ular qurg‘oqchilikga moslashib bug‘latishni kamaytiradi, osmotik bosimni yuqori ko‘taradi. Barglarining ko‘p qismni to‘kish yo‘li bilan ham moslashadi, avgust oylarida esa oz suv parlatish uchun ba’zi o‘simliklarda mayda barglar paydo bo‘ladi. O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi bo‘yicha ekologik klassifikatsiyalar, bir qator olimlar tomonidan berilgan bo‘lib ular P.A.Genkel (1946, 1982), D. I. Kolpikov (1957), A.A.Gorshkova(1956), Y.S.Grigoryev(1955) va boshqalardir. O‘zbekiston sharoitida o‘simliklarning ekologik klassifikatsiyasi T. U. Raximova (1988) tomonidan berilgan. U klassifikatsiyada o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘lingan: kserofitlar tipi — giperkserofitlar, eukserofitlar, teroiremokserofitlar, gemikserofitlar; mezofitlar tipik — seromezofitlar va mezofitlardir. Download 268.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling