Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Download 268.32 Kb.
bet30/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

Qo‘shimcha ma’lumotlar
Resurslarning tugab qolishi haqidagi xavotir yarim asr dunyo olisharini tashvishga solib keldi. Biroq, fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma’lum bir resurs o‘rnini boshqasi qoplashi, bu xavotirning vaqtinchalik ekanini isbotladi. Masalan, yog‘och o‘rnini plastmassalar, metall o‘rnini keramika buyumlari egallamoqda.
Ba’zan bir resursga ehtiyoj ba’zi davrlarda o‘sib borsa, vaqt o‘tishi bilan uning o‘rnini yana eskisi egallashi mumkin. Masalan, iste’moldagi energiya manbalarning 1913 yilda 80 foizi, 1950 yilda 50 foizi, 1990 yilda 27 foizini ko‘mir tashkil qilgan. 1960 yillarda neftning 1 barreli (159 litri) 1,8 AQSh dollariga baholangan bo‘lsa, 2005 yilda 1 barrel neftning yil davomidagi o‘rtacha bahosi 70 dollarga teng bo‘ldi. Bu davr oralig‘ida neft bahosi salkam 40 martaga oshdi.
Oxirgi 20 yil davomida ko‘mirning iste’moldagi ulushi asta-sekin ortmoqda. 1 kg neft yonganda 10,5 ming kkal. issiqlik ajratsa, 1kg toshko‘mir 7 ming kkal issiqlik ajratadi. Agar hozirgi kunda neftning ko‘mirga nisbatan tannarxi 2 hissa ortiq bo‘lsa, yaqin 10 yillar davomida ko‘mirning iste’moldagi ulushi ortishi kutiladi. Bu kabi misollarni boshqa resurslarni taqqoslaganda ham kuzatish mumkin. Masalan, o‘tgan asrning 60- yillariga qadar to‘qimachiliknshg asosiy xom ashyosi paxta yoki ipak tolasi edi. Keyingi yillarda kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida uning, ya’ni to‘qimachilik xom ashyosidagi iste’molning 50 foizi sun’iy tolalar hisobiga qoplandi. Biroq paxta qayta tiklanadigan xom ashyo bo‘lganligi bois, sun’iy tolaga nisbatan tabiiy tola sifatida uning tannarxi doimo yuqori bo‘lib qolaveradi. Dunyo aholisining tabiiy tolaga ehtiyoji ham doimo yuqori bo‘ladi.

Savol va topshiriqlar



  1. Tabiiy resurslarga nimalar kiradi?

  2. Iqlim resurslari ishlab chiqarishga qanday omil ta’sir ko‘rsatadi?

  3. Tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar tushunchalarini izohlang?

  4. Tabiat muhofazasi tasnifiga oid qaysi nazariyalarni bilasiz?

  5. Tabiatni muqofaza qilish jihatlarini sharhlab bering.

  6. Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishda tabiatda ro‘y beradigan asosiy jarayonlarning rivojlanishi nimalardan iborat?

Nazorat testlari


1. O‘zbekistonda har yili qancha chiqindilar vujudga keladi?
A) 65 mln. t
B) 75 mln.t
V) 86 mln.t
G) 92 mln.t
D) 100 mln.t*
2. O‘zbekistoning mineral xom-ashyo salohiyatini baholang
A) 2,3 trln. AQSh dollari
B) 2,8 trln. AQSh dollari
V) 3,3 trln. AQSh dollari*
G) 4 trln. AQSh dollari
D) 4,1 trln. AQSh dollari
3. Tog‘-kon sanoatida asosan necha turdagi mineral-xom ashyolardan foydalaniladi?
A) 150
B) 200*
V) 250
G) 300
D) 400
4. Tugaydigan, tiklanmaydigan resurslarni ajrating
A) suv, xavo, tuproq,
B) o‘simlik va hayvonlar
V) yer osti qazilmalari*
G) tuproq, suv, o‘simliklar
D) havo balansi
5. “Tabiatdan foydalanish” tushunchasini fanga kim kiritgan?
A) E.Gekkel
B) A.Smit
V) Yu.Kurajkovskiy*
G) V.Vernadskiy
D) V.Dokuchaev
Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling