Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


EKOTIZIMLARDA MAHSULOTLARNING CHIRISH JARAYONLARI


Download 268.32 Kb.
bet24/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

EKOTIZIMLARDA MAHSULOTLARNING CHIRISH JARAYONLARI.
Dunyo bo‘yicha, jami quruqlikdagi o‘simliklar tomonidan bir yilda

600 mln. tonna CO2 o‘zlashtirilib, 400 mln. tonna O2 chiqariladi va bunda 450 mln. tonna organik moddalar hosil bo‘ladi. Yer yuzida barcha CO2 ning bir marta to‘liq aylanishi 300 yilda sodir bo‘ladi.
O‘tgan geologik davrlarda (kembriy davrining boshlaridan 600 mln,

1 mlrd.yil avval) organizmlar tomonidan hosil qilingan organik moddalarning bir qismi nafas olishga ishlatilmagan va chirimagan, qoldiq bo‘lib to‘planib, yer osti boyliklari sifatida saqlanib qolgan. Taxminan bundan 300 mln. yil avval organik mahsulotlarning ortiqcha to‘planishi natijasida turli yer osti boyliklari hosil bo‘ldi (ko‘mir, neft, gaz).
Tabiatda avtotroflar tomonidan hosil bo‘lgan organik moddalar geterotroflar tomonidan chiritiladi va muhitda doimiy turg‘unlik yuzaga keladi. Energiya beradigan har qanday biologik oksidlanish chirish deb ataladi. Chirindi jarayoni abiotik va biotik omillar birligida yuzaga keladi. Masalan, cho‘l, dasht va o‘rmon mintaqalaridagi yong‘in o‘ziga xos chegaralovchi abiotik omil bo‘lishi bilan bir qatorda detritni «chirituvchi agentdir». O‘simlik va hayvonlar qoldiqlarini oxirigacha chirishini geterotrof yoki saprofaglar amalga oshiradilar.
Kuzatishlar natijasiga ko‘ra, hayvonlar qoldiqlarining asosiy qismi va dengiz o‘simliklarining 25 foizi o‘rtacha 2 oy ichida chiriydi, o‘simlikning qolgan 75 foizi asosan kletchatkadan iborat bo‘lib, juda-sekin chiriydi. 10 oydan keyin shu qoldiqning 40 foizi saqlanib qolgan. Chirishga eng turg‘un mahsulot gumus yoki gumus moddalar hisoblanadi. Ekotizimdagi gumusning sekin minerallashishi chirish jarayonini o‘tadigan detrit, gumus va boshqa organik materiallar tuproq hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, tuproq tuzilishini yaxshilaydi, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Ekotizimda organik qoldiqning chirishi uzoq va murakkab jarayondir. Bu jarayonda o‘lik organik moddalar tarkibidagi ozuqa elementlari ekotizim ichidagi moddalar almashishiga qaytadi, kompleks energiya ekotizimdagi ozuqa elementlari, detrit ozuqasi hisobiga organizmlar kelajagi uchun mahsulot hosil bo‘ladi.

Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling