Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Download 268.32 Kb.
bet22/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

EKOTIZIMLARDA ENERGIYA OQIMI
Energiyaning saqlanish qonuniga asosan energiya bir turdan ikkinchi turga o‘tadi, lekin yo‘qolib ketmaydi va qaytadan hosil ham bo‘lmaydi. Masalan, quyosh nuri energiyaning bir turi bo‘lib, ish jarayonida uni issiqlikka, ozuqaga yoki boshqa kerakli mahsulotga aylantirish mumkin. Fizikaning ikkinchi, termodinamik qonuni bo‘yicha boshqa shaklga aylanish jarayoni o‘z-o‘zidan yuzaga kelib, bunday holatda konsentrlashgan energiya sochilgan (degradasiya) formasiga o‘tadi. Masalan, temirning issiqlik kuchi o‘z-o‘zidan sovuq muhitga qarab sochilib, tarqalib issiqlik energiyasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lmagan holatga o‘tadi.
Biosferadagi ekotizimlarning muhim termodinamik xususiyati bu  ular energiya hosil qiladilar va uni tana ichida bir xil darajada kam sochiladigan holda ushlab turadilar. Tanadagi energiyaning kam sochilishida foydasiz holatga (entropiya) kam o‘tkazilib, kerakli energiya sifatida biomassa hosil qilishga, nafas olishga, o‘sish, ko‘payish va rivojlanishga sarf qilinadi. Shunday qilib, ekotizimlar va ular ichidagi organizmlar ochiq, bir-biriga teng bo‘lgan termodinamik sistemalar bo‘lib, atrof-muhit bilan doimo energiya va modda almashib turadilar.
ENERGIYANING OZUQA ZANJIRI BO‘YLAB O‘TISHI
Ekotizimlarda uchraydigan organizmlar Quyoshdan kelayotgan uzun to‘lqinli yorug‘lik energiyasi ta’siriga uchraydilar. Quyosh energiyasida turli zonalar iqlimi (harorat, suvning bug‘lanishi) o‘zgarishi yuzaga keladi, bir qismi esa fotosintezga sarf bo‘ladi.
Er yuzasiga Quyoshdan doimiy energiya kelib turadi. Quyoshdan kelayotgan energiya oqimi fasllar bo‘yicha va ekotizimning joyiga qarab o‘zgarib turadi. Yer yuzasiga Quyoshdan yiliga 558x1019 kdj yoki 134-109 kkal energiya kelib, shundan 37 foizi atmosferaga qaytadi, 63 foizi esa havo va yerga yutiladi. Quyoshdan tarqalayotgan nurning yarmiga yaqini yer yuzasiga yetib keladi. Ekotizimga kelayotgan energiya o‘zining miqdori va sifati bo‘yicha farqlanadi. Uning turli shakllari turlicha potensial kuchga ega bo‘ladi. Yuqori konsentrasiyadagi shakllari (masalan, neft, quyosh energiyalari) katta ishchi potensialiga ega bo‘lsa, o‘t-cho‘p, hazonning energiyasi qisqa va past potensialli bo‘ladi.
Tabiiy ozuqa zanjiridagi energiya miqdori har bir halqadan o‘tishda kamayib boradi. Bu holat quyidagicha bo‘ladi:
1000000  10000 1000100  1.
Quyoshdan kelayotgan energiya (106 kkal/m2) ozuqa zanjirlaridan o‘tishi tufayli yirtqichdan o‘tib, 100 gacha kamayadi, ammo quyoshdan kelayotgan tarqoq nurlarning energiya miqdori 1 dan 10000 ga o‘sadi, ya’ni yirtqich tanasida

1 kkal biomassa hosil qilish uchun quyosh yorug‘ligidan 10000 kkal energiya kerak bo‘ladi. Buning ma’nosi yirtqichdan hosil bo‘lgan ozgina biomassaning energiyasi, o‘txo‘r hayvonlarning shu miqdordagi biomassasidan 100 barobar ortiq. Ekotizimlar ichida uchraydigan organizmlarning ozuqa zanjirlarini organizm qabul qiladigan va o‘zlashtiradigan tirik ozuqalar tashkil qiladi, ya’ni tirik o‘simlikni o‘txo‘r yeydi, uni o‘z navbatida ikkilamchi konsument ozuqa qiladi. Ma’lumki, qushlar turli hasharotlar va sichqonlar bilan oziqlanib, ularning sonini kamaytiradi va shu yo‘l bilan qishloq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi.



Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling