Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Download 268.32 Kb.
bet18/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

Ekotizimbiotopbiosenozdan iborat bo‘lib, bu sistema bo‘yicha joyning relefi, iqlim, botanik, zoologik, tuproq, gidrologik va geoximik nuqtai nazardan ekotizim butun abiotik va biotik omillarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik ekotizim lar uzoq evolyusion rivojlanish va turlarning yashash muhitiga moslashishi jarayonida tashkil topgan. Ekotizimlar o‘z navbatida birlashib, biosferani hosil qiladi.
V.N.Sukachevning fikricha, biogeosenoz—bu tirik organizmlarning yashash muhitiga oddiy to‘planishi va muhit bilan doimo muloqotdagi o‘ziga xos yashash formasidir. Biogeosenozlar yer yuzining turli joylarida hosil bo‘lishi mumkin. Ular oddiy (kichik suv havzalari) va murakkab (cho‘l, dasht) biogeosenozlariga bo‘linadi. Ekotizimlar komponentlari va ularda bo‘lib turadigan jarayonlar biologik birlik, energiyaning kelishi va moddalar almashinishidan iborat. Bu yerda Quyoshdan kelayotgan energiya bir tomonga yo‘nalib, biologik birlik tomonidan o‘zgarib, sifat jihatdan yuqori va murakkab organik moddaga o‘tadi va energiyaning konsentrlashgan formasiga aylanadi. Hamma ekotizimlar va biosfera ham ochiq sistema hisoblanadi. Biosferaga kiradigan ekotizimlar energiya kelishiga, unga organizmlarning immigrasiyasi va emigrasiya qilishida energiya kirishi va chiqishida o‘zini boshqarib turadilar.
Ekotizimdan chiqib ketgan boshqa ekotizimlarga o‘tgan (hayvonlar, qushlar migrasiyasi) organizimlar ma’lum atomlarini oldingi yashagan joyida (modda almashinishidagi chiqindilar) qoldirsa, bir qismini o‘zlari bilan ikkinchi ekotizimga olib keladilar.
Ayrim ekotizimlarda moddalar chiqib ketishi juda yuqori bo‘lib, u yerlar uchun doimiylikni chetdan keladigan moddalar hisobiga ushlab turiladi. Bunday holatlarni tog‘dan pastga qarab suvi doim oqib turadigan daryo va uning irmoqlarida kuzatish mumkin. Atrof qiyaliklaridan tushadigan moddalar suv bilan pastki zonalarga qarab oqib keladi. Lekin, boshqa ekotizimlarda moddalar almashinishi, ularni kelishi va chiqib ketishi bo‘yicha avtonom xarakterga ega bo‘ladilar. Masalan, cho‘l, dasht, o‘rmon zonalari ekotizimlarda hosil bo‘lgan moddalar, energiya shu zonalarning o‘zida aylanib yuradi. Ekotizimlardagi moddalar cheksiz emas. Faqat ularning almashinib turishi natijasida hayot uchun modda, energiya resurslari ta’minlanadi. Moddalar almashinishi, energiya o‘tib turishi esa organizmlarning doimiy funksional faoliyatiga bog‘liq.



Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling