Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Mavzu: Biogeotsenologiya (ekosistema haqidagi ta’limot)


Download 268.32 Kb.
bet16/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

Mavzu: Biogeotsenologiya (ekosistema haqidagi ta’limot).


Reja:
1. Ekotizim tushunchasi. Biogeotsenoz va ekotizim kabi tushunchalar nisbati.
2. Ekotizimning xususiyatlari, tuzilishi, turlari.
3. Oziq orqali bog‘lanish (oziqa zanjiri).
4. Ekologik piramida.
5. Suksessiya. Birlamchi va ikkilamchi suksessiya.
6. Markaziy Osiyo regionining ekotizimlari.


Ekotizim tushunchasi. Biogeotsenoz va ekotizim kabi tushunchalar nisbati.
Tabiatda uchraydigan tirik organizmlar va ularni o‘rab turgan o‘lik jinslar bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladilar.
Yashash sharoiti o‘xshash va o‘zaro munosabati natijasida bir - biriga ta’sir ko‘rsatuvchi har xil turga mansub bo‘lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig‘indisiga ekologik tizim deyiladi. O‘rmon, cho‘l, o‘tloq, suv havzasi ekotizimga misol bo‘la oladi.
Biogeosenoz (Vladimir Nikolaevich Sukachyov) va Ekotizim (Artur Tensli) kabi tushunchalar nisbati.
Biogeosenoz tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N. Sukachev (1942) taklif qilgan. («bios» - hayot, «geo» - er, «senoz» -umumiy yoki jamoa) ma’nosini beradi.
Bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan organizmlarning populyasiyalari biogeosenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda biogeosenoz - bir-biriga bog‘liq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan er yuzasining bir qismidir. Biogeosenozning biotik qismi mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlardan tashkil topadi va biosenoz deb ataladi.
Biosenoz, bir-biriga va atrof-muhitga bog‘liq bo‘lgan nisbatan bir hil yashash maydoni (er yoki suv hududining bir qismida) yashaydigan hayvon, o‘simliklar, zamburig‘lar va mikroorganizmlarning tarixiy jihatdan tashkil topgan to‘plamidir.
Termin (nemis. Biocönose) Karl Mebius tomonidan 1877 yilda “Die Auster und Die Austernwirthschaft” kitobida ma’lum bir hudud (biotop) da yashaydigan barcha organizmlarni va ularning o‘zaro munosabatlarini tasvirlash uchun kiritilgan.

Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling