Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Download 268.32 Kb.
bet27/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

Suv resurslari. Yer sharida suv uch holatda (suyuq, qattiq, bug‘ holatida) bo‘lib, uning umumiy zaxirasi bitmas-tuganmasdir. Lekin insonning xilma-xil xo‘jalik faoliyati tufayli, chuchuk suvning miqdori va sifati Yer sharining turli joylarida har xildir. Daryo va ko‘llarning sayozlanishi, shuningdek, ko‘pgina rayonlarda suvning ifloslanishi natijasida, chuchuk suvning yetishmasligi, allaqachon keskin tus olgan. Shuning uchun chuchuk suvlarning sarflanishi va tozaligi ustidan nazorat o‘rnatish nihoyatda zarur tadbirdir. Dunyo okeanining suvi amalda bitmas-tuganmas hisoblanadi, ammo suvning neft mahsulotlari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi natijasida, unda yashovchi suv hayvonlari va o‘simliklarning yashash sharoiti tobora yomonlashib bormoqda. Binobarin, suvning sifatini, ko‘p rayonlarda esa miqdorini ham jiddiy muhofaza qilishga zarurat tug‘ilmoqda.





3-rasm. Dunyo miqyosida chuchuk suv resurslarining qit’alar bo‘yicha taqsimlanishi
Iqlim resurslariatmosfera havosi, shamol energiyasi va yog‘inlardan iborat bo‘lib, bitmas-tuganmasdir. Biroq atmosferaning tarkibi va u bilan bog‘liq bo‘lgan sifati mexanik aralashmalar, sanoat va transport gazlari hamda radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi natijasida keskin o‘zgarishi mumkin. Havo tozaligi uchun kurash resursni muhofaza qilishning eng muhim vazifalaridan biridir.
Kosmik resurslarga quyosh radiatsiyasi hamda dengiz suvlarining ko‘tarilish va pasayishi (qalqishi) energiyasi kirib, ular ham amalda bitmas-tuganmasdir. Lekin, ular insonning faol xo‘jalik faoliyati ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin. Masalan, katta sanoat shaharlarida atmosfera tarkibining o‘zgarishi, ya’ni ifloslanishi, quyosh radiatsiyasi miqdoriga ta’sir qiladi. Chunonchi, atmosfera tarkibida karbonat angidrid gazining orta borishi radiatsiya miqdorining proporsional ravishda ortishiga sabab bo‘ladi. Demak, atmosfera havosini muhofaza qilish, avvalo, uning tozaligi uchun kurash demakdir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 1800 dan ortiq kon, 1000 ga yaqin istiqbolli qazilma boyliklari hosil bo‘lgan, 118 turdagi mavjud mineral xomashyodan 65 turi o‘zlashtirilmoqda. O‘zbekiston oltin, kumush, plavikli shpat, mis zahiralari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘nlik davlatlari qatoriga kiradi. MDH da O‘zbekiston oltin zahirasi va qazib olinishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin, kumush, mis, plavikli shpat, tabiiy gaz bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ochilgan 900 ta konlarda mineral xomashyoning qariyb 100 turi qazib olinadi, shundan 60 turdan ortig‘i sanoatda o‘zlashtirilgan va ishlatiladi. Respublikada ochilgan mineral xomashyo resurslarining umumiy iqtisodiy bahosi 300 milliard AQSh dollari miqdorida baholanadi.



Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling