Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


-chizma. “Tabiiy muhit – ishlab chiqarish chiqindilari – tabiiy muhit” tizimi


Download 268.32 Kb.
bet29/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

2-chizma. “Tabiiy muhit – ishlab chiqarish chiqindilari – tabiiy muhit” tizimi

Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishda tabiatda ro‘y beradigan asosiy jarayonlarning rivojlanishi va o‘zaro ta’siri qonuniyatlari haqidagi bilim katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni hisobga olish, tabiatga ko‘rsatilgan har qanday ta’sirning kelajakdagi oqibatini bilish mumkin emas. Insonning tabiat bilan o‘zaro ta’siri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi va uning samaradorligi oshib boradi.


Hozirgi zamon qurilish texnikasi, transporti, aloqa vositalari katta shaharlarda ilgarigi manzilgohlarga qaraganda yuzlab, minglab marta ko‘p aholi joylashishiga, melioratsiya, cho‘llarni serunum yerlarga aylantirishga, seleksiya va naslchilikni rivojlantirishga, hosildor ekin, mevalar, mahsuldor chorva mollarini yaratishga imkon beradi.
Sanoat rivojlanishi bilan atrof-muhitning ifloslanishi kuchaydi. Keyingi yillarda sintetik materiallar, ko‘mir, neft, gazni qayta ishlab mahsulot chiqarish, kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish, avtomobil, suv va xavo transportining juda rivojlanib ketishi, buning ustiga bir qancha mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi atrof-muhitning ifloslanishiga olib keldi. Ishlab chiqarishdan chiqarib tashlanadigan chiqindi, qishloq xo‘jaligida o‘g‘it, gerbitsid va boshqalar agrof-muhitni zararladi.
Tabiiy boyliklarning ancha kamayib qolganligi va atrof-muhitning ifloslanayotganligi bir qancha mamlakat huqumatlarini tabiatni muhofoza qilish tadbirlarini ko‘rishga majbur etdi. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda o‘rmon kesish tartibga solindi, daryolarda baliqni ko‘paytirish boshlandi, ov hayvonlari ko‘paytirilmokda, ovchilikda tartib o‘rnatildi va muhofaza qilinadigan hududlar kengaytirilmoqda.
Hammamizga ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining asosi energetikadir. Odam tosh asrida endigina olovdan foydalangan davrda o‘rtacha sutkasiga jon boshiga energiya iste’mol qilish 5 kkal. ga teng edi. O‘rta asrda bu raqam 12 ming kkal. ga yetdi. Yoqilg‘i sifatida ko‘mirdan foydalanish esa, 26 ming kkal. gacha ortdi. Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda jon boshiga sarflanadigan energiya 200 ming kkal. dan oshib ketdi.
Yer yagona mehnat predmeti bo‘lmay, balki umumiy mehnat predmeti bo‘lib, insoniyat uchun turli tabiiy mehnat predmetlarini ham beradi (o‘rmondagi daraxt, foydali qazilmalar va boshqalar). Mehnat vositalari, avvalo ishlab chiqarish qurollari insonning tabiatga ta’sir etishida va moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan vositalardir.
Kengroq ma’noda aytganda, mehnat vositalariga ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan hamma moddiy sharoitlar kiradi (ishlab chiqarish binosi, shu bino joylashgan yer, aloqa vositalari va boshqa). Mehnat vositalaridan eng muhimi - mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar va boshqalar. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga mehnat predmetlari, mehnat vositalari, geografik muhit, aholining zichligi va ortishi, inson ehtiyojining o‘sishi, ilm-fan taraqqiyoti kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi zamonda fan ham bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda.

Glossariy




Resurs - so‘zi fransuzcha bo‘lib «yashash vositasi» degan ma’noni bildiradi. Tabiiy jismlar va kishilar foydalanadigan energiya turlari resurslar deyiladi.
Ishlab chiqarish kuchlari — ijtimoiy ishlab chiqarishda va uni rivojlantirishda ishtirok etuvchi kuchlar. Moddiy boylikni vujudga keltirish uchun mehnat predmeti va mehnat vositalari bo‘lishi zarur.
Mehnat predmeti - kishi mehnati sarflanadigan ob’ektdir. Kalava tayyorlashda paxta, jun, kanop yoki gazlama to‘qishda kalava, po‘lat eritishda temir rudasi, mashinalar tayyorlashda prokat mehnat predmeti hisoblanadi.



Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling