Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Markaziy Osiyo regionining ekotizimlari


Download 268.32 Kb.
bet25/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

Markaziy Osiyo regionining ekotizimlari. Bu regionning fizik-geografik sharoiti va landshafti ham juda xilma-xildir. Shimoliy-g‘arbiy hududlar tipik cho‘l va chala cho‘llardan iborat bo‘lib, quruq issiq yozi, juda sovuq qishi, yog‘ingarchiligining kam bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Biologik mahsuldorlikning cheklovchi omili namlikning kamligi hisoblanadi. Yog‘ingarchilikning yillik miqdori 200 mm dan oshmaydi, asosan yog‘ingarchilik qish - bahor faslida kuzatiladi.
O‘simliklar asosan bir yillik o‘simliklardan iborat. Ular o‘z hayot siklini qisqa bahor davridayoq tugatishga ulguradi. Bu joylarda ko‘p yillik o‘simliklardan yantoq ko‘p o‘sadi, uning ildizi 15-20 m chuqurlikdagi suvlargacha etib boradi, shuningdek, bu yerda saksovul va boshqa cho‘l butazor o‘simliklari ko‘p o‘sadi.
Yer osti suvlarining tarkibida tuzning miqdori juda ortiq bo‘lganligi uchun sho‘rlangan yerlar ko‘p uchraydi. Cho‘l hayvonlari ham o‘simliklar kabi suvsizlikka yaxshi moslashgan.
Cho‘lda yashovchi sudralib yuruvchilar, mayda kemiruvchilar suvsizlikka fiziologik va etologik (fe’l-atvori bilan) jihatdan moslashgan. Bu hayvonlar ichimlik suviga unchalik muhtoj emas, chunki ular organizmida metabolik suv iste’mol qilingan quruq oziqning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi, ularning siydigi juda konsentrasiyalashganligi uchun organizmdan suv kam ajraladi. Tuyalar, sayg‘oqlar va boshqa ko‘p cho‘l hayvonlarida uzoq vaqt suvsizlikka chidamlilikni ta’minlovchi mexanizmlar rivojlangan. Cho‘llarning sug‘orilishi, haroratning yuqori va yorug‘likning yetarli bo‘lishi serhosil maydonlarni yaratishga imkon beradi. Lekin bunda suvning juda tez bug‘lanishi natijasida tuproqning sho‘rlanishi cheklovchi omil hisoblanadi. Bu esa tuproqning sho‘rini yuvish va hosildorlikni ta’minlash uchun yana qo‘shimcha suv talab qiladi. Tog‘oldi va tog‘ hududlarida chala cho‘llar, quruq cho‘llar, to‘qaylar, aralash va archali o‘rmonlar, alp o‘tloqlari. hamda sovuq tog‘ cho‘llari kabi biomlar uchraydi. Qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishi sanoat, tog‘ qazilma sanoatining rivojlanishi, archa o‘rmonlarining kesilishi kabi buzilishlarga sabab bo‘lmoqda. Natijada, hozirgi vaqtda o‘simlik va hayvonlarning juda ko‘p turlari yo‘qolib bormoqda va shu tufayli O‘zbekistonning «Qizil kitob»iga kiritilgan. Yo‘qolib ketayotgan turlarni va tabiiy biosenozlarni muhofaza qilishning samarali choralaridan biri qo‘riqxonalarni ko‘paytirish va ularning maydonini kengaytirish, yo‘qolib ketayotgan turlarni, sun’iy o‘stiriladigan joylarni yaratish, ularni tabiatga reintroduksiyalash (qaytadan ko‘paytirish, tiklash) hisoblanadi.

Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling