Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Download 268.32 Kb.
bet23/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

EKOLOGIK PIRAMIDA.
Tabiatda oziq zanjiri odatda uch-to‘rt darajadan tashkil topadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tishda energiyaning va moddaning miqdori taxminan o‘n martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90 foizga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini ta’minlashga sarflanadi. Qolgan 10 foizigina organizmlar tanasining tuzilishi uchun sarf bo‘ladi. Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi. Masalan, o‘rtacha olganda 1000 kg o‘simlikni eganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali o‘txo‘r hayvonni egan yirtqichlarning biomassasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikkilamchi yirtqichlarniki esa faqat 1 kg gacha ortadi. Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi. Ekologik piramidada produsentlar, konsumentlar va redusentlardagi organizmlar soni biomassa va energiya nisbatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Piramidaning asosini autotrof organizmlar - hosil qiluvchilar tashkil qiladi, ulardan yuqorida o‘txo‘r hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng cho‘qqisida yirik yirtqichlar joylashadi. Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton -zooplankton - mayda baliqlar - yirik baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tobora kamaya boradi.
EKOTIZIMLARNING BIOLOGIK MAHSULDORLIGI.
Jamoaning hayot faoliyati natijasida organik moddalar to‘planadi va sarf bo‘lib turadi. Demak, har bir ekotizim ma’lum darajada mahsuldorlikga ega. Biomassaning hosil bo‘lish tezligi - biologik mahsuldorlik deyiladi. Biomassa (biogeosenozdagi organik moddaning umumiy miqdori) kabi ko‘rsatkichlar bilan ta’riflanadi.
SUKSESSIYA. BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI SUKSESSIYA
Biogeosenoz hosil bo‘lishi yoki bir biogeosenozning ikkinchisi bilan almashinishi jarayoni ekologik suksessiya deb ataladi (lot. succesio — o‘rin almashinish).
Quruqlikda o‘rmon hosil bo‘lishi suksessiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Yalang‘och yer lishayniklar-suv o‘tlari-moxlar-paporotniklar-o‘tlar-butazorlar-daraxtlar (o‘rmon) -klimaksli biogeosenoz.
Suksessiyalar birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin.
Birlamchi suksessiya - hayot bo‘lmagan joylarda asta-sekin biogeosenoz rivojlanishidir.
Ikkilamchi suksessiya - yong‘in, qurg‘oqchilik, o‘rmonlar kesilishi va boshqa sabablar ta’sirida buzilgan biogeosenozlaming o‘rniga yangisining rivojlanishi.



Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling