Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja
Download 268.32 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- AGROEKOTIZIMLAR
- Agrosistemalar
- Oziq orqali bog‘lanish (oziqa zanjiri).
Shahar geterotrof ekotizim. Turli katta-kichik shaharlar geterotrof ekotizim bo‘lib, ular energiya, ozuqa, o‘tin, suv, meva va boshqa narsalarni tashqaridan, katta maydonlarda etishtirilgan joylardan oladilar. Shahar geterotrof ekotizimsi tabiiy sistemadan quyidagi holatlari bilan farq qiladi: ma’lum maydondagi metobolizm ancha intensiv o‘tadi va tashqaridan ko‘p energiya kelishini talab qiladi; tashqaridan savdo, sanoat uchun turli moddalar, metallar, inson uchun ozuqa, suv, dori-darmon kerak bo‘ladi shu bilan bir qatorda ko‘p miqdordagi zaharli chiqindilarni chiqarish kerak.
AGROEKOTIZIMLAR Agroekotizimlarni, asosan avtotrof komponentlar yoki «yashil zonalar» tashkil qiladi. Agroekotizimlar tabiiy yoki yarim tabiiy ekotizimlardan quyidagicha farqlanadi: 1) agroekotizimlar inson qaramog‘idan yordamchi energiya oladi, u quyosh energiyasiga qo‘shimcha yoki uni o‘rnini bosadi (issiqxona, oranjereya); 2) agrosenozlar ichida organizmlar soni xilma-xilligi juda ham chegaralangan (foydali o‘simliklar, hayvonlar turlari); 3) agroekotizimlarda dominantlik qiladigan turlar tabiiy tanlanish emas, balki sun’iy tanlanish ta’sirida bo‘ladi. Agrosistemalar kerakli ozuqa mahsulotlari olish uchun tashkil qilinadi va funksiyasi, tuzilishi boshqarilib turiladi, ya’ni: Sistemani ushlab turish uchun qo‘shimcha energiyadan foydalanish, bu holat tabiiy sistemalarda Quyosh energiyasi tomonidan bajariladi. Agroekotizimlarda Quyosh nurining asosiy energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ozuqa-urug‘ga, mevaga o‘tadi. Maxsus moslashtirilgan muhitda seleksiya asosida yaratilgan o‘simliklar navlari va hayvonlar zotlaridan optimal mahsulot olinadi. Oziq orqali bog‘lanish (oziqa zanjiri). Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, o‘zaro bog‘langan bir nechta turlar yoki organizmlar oziqa zanjiri deb ataladi. Oziqa zanjiri - o‘simliklar energiyasini bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan o‘tkazishdir. Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik (yunoncha trofe — oziqlanish) bog‘lanishlardir. Ekologik tizimda har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi autotrof o‘simliklar (produsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantiradi. Produsentlarga xemosintezlovchi organizmlarni ham kiritish mumkin. Ikkinchi zvenoni o‘txo‘r (birlamchi iste’mol qiluvchilar) va go‘shtxo‘r (ikkilamchi iste’mol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirlarining uchinchi zvenosini organik moddalami mineral moddalargacha parchalovchi mikroorganizmlar (redusentlar) hosil etadi. Ikkinchi va uchinchi zveno geterotrof organizmlar hisoblanadi. Download 268.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling