Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Download 268.32 Kb.
bet17/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

Biosenoz o‘simliklar (fitosenoz), hayvonlar (zoosenoz) va mikroorganizmlardan (mikrobiosenoz) tashkil topadi.
Biogeosenozning abiotik qismi ma’lum iqlim sharoitiga ega bo‘lgan quruqlik yoki suv havzasining bir qismidir, bu ekotop deb ataladi.
Ekotop atmosfera (klimatotop) va tuproq (edafotop) omillardan tashkil topadi. Ko‘pincha ekotizim va biogeosenoz tushunchalari bir - birining sinonimi sifatida qo‘llaniladi va deyarli bir xil ma’noni bildiradi, ammo ba’zi bir tomonlari bilan farqlanadi:
Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A.Tensli tamonidan kiritilgan. Ekotizim kontsepsiyasining rivojlanishiga parallel holda biogeosenoz ta’limoti ham muvaffaqiyatli rivojlanib bordi.



Biogeosenoz
1. Tabiiy hodisa hisoblanadi.
2. Ma’lum tabiiy chegaraga ega bo‘lgan
fazoviy birlik: u qo‘shni biogeosenozlardan fitosenozi bilan ajralib turadi.
3. Uning tarkibiga odam kirmaydi.

Ekotizim
Tabiiy yoki butunlay sun’iy hodisa bo‘lishi mumkin.
Yirik ekotizimlar odatda odam ta’sirida bo‘ladi
Funksional birlik bo‘lgani uchun qo‘shni ekotizimlardan ajralib turishi shart emas.



2. EKOTIZIMNING XUSUSIYATLARI
Biosenoz va uning biotopi bir-biridan ajralmaydigan elementlar bo‘lib, ular bir-birlariga ta’sir qiladilar va ma’lum darajada turg‘un ekologik tizim hosil qiladilar.
Ekotizim komponentlari ichida intensiv modda va energiya almashinishi uning belgilovchi xislati hisoblanadi.
Ekotizim termodinamik jihatdan ochiq sistema bo‘lib, vaqt bo‘yicha turg‘un bo‘ladi. Ekotizim ikki komponentdan tashkil topgan bo‘lib, uning organik qismi biosenozlardagi tirik organizmlarning turlari, noorganik qismi biotopni, turlarning yashash joyini tashkil qiladi.

Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling