Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


O‘simlik va hayvonlarning hayotiy formalari


Download 268.32 Kb.
bet14/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

5.2 O‘simlik va hayvonlarning hayotiy formalari
O‘simliklar va hayvonlarda, uzoq tarixiy rivojlanish davomida ular yashab turgan muhitga mos ravishda har xil morfologik va biologik moslanish xususiyatlari kelib chiqqan. Bunday holni YE.M.Lavrenko ekobiomorfa— o‘simliklarning ekologik, biologik va morfologik moslanishi deb atadi.
Serebryakov I.G. o‘simliklarning hayotiy formasi deganda, ma’lum tashqi muhit sharoitida o‘simliklar guruhining o‘sishi va rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan umumiy ko‘rinishni tushunadi. Ana shunday qiyofa tuproq, iqlim sharoitlariga moslashish ifodasi sifatida tarixan kelib chiqqan.
O‘simliklarning hayotiy formalariga doir turli klassifikatsiyalar mavjud bo‘lib, shulardan daniyalik botanik K.Raunkiyer tomonidan taklif qilingan sistema o‘simliklarda yangilanib turadigan organlar, ayniqsa kurtaklarining joylashishi va ularning qishning noqulay sharoitidan saqlanishi yoki qurg‘oqchilikdan himoyalanishga asoslanadi. Ana shu belgilarga binoan o‘simliklar quyidagi hayotiy formalarga bo‘linadi:
1. Fanerofitlar.
"Faneros" — yaqqol ko‘rinib turuvchi deganni bildiradi, fanerofitlar daraxt va butalar bo‘lib, ularning yangilanuvchi kurtaklari yer yuzasidan ancha yuqori joylashgan, qishda novdalari sovuqdan nobud bo‘lmaydi.
2. Xamefitlar.
"Xame"— past, yer bag‘irlovchilar degan ma’noni bildiradi. Ular mayda va chala butachalardan iborat bo‘lib, ularning yangilanuvchi kurtaklari yer yuzasiga ancha yaqin joylashgan, sirti esa tangachalan bilan qoplangan. qishda bu kurtaklar qor bilan qoplanadi. Novdalari qishda nobud bo‘lmaydi.
3. Gemikriptofitlar.
"Gemi" —yarim, "kriptos" — yashirin degan ma’noni bildiradi, bular ko‘p yillik o‘simliklar bo‘lib, ularning yer ustki qismi qishda qurib qoladi, yangilanuvchi kurtaklari esa yer satxi bilan barobar joylashgan bo‘ladi.
4. Kriptofitlar.
Ko‘p yillik o‘t o‘simliklari bo‘lib, ularning yer ustki organlari qishda butunlay qurib qolib, yangilanuvchi kurtaklari yer ostki organlarida, tugunaklar, ildizpoyalar va piyozboshlarda saqlanib qoladi.
5. Terofitlar
Bir yillik bahorgi o‘simliklarning yer ostki va ustki qismlari qishda qurib, faqat urug‘lari qoladi. K.Raunker klassifikatsiyasidan tashqari bir necha klassifikatsiyalar ham bor.
Zoologiyada hayvonlarning hayot formlarini aniqlashda turli holatlar va hayvonlarning biologik hislatlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, bir hollarda hayvonlarni tashqi qiyofasi asos qilib olinsa, ikkinchi holda ularning ko‘payish yo‘llari, uchinchi holda esa, harakat qilishi yoki ozuqalanish yo‘llari asos qilib olingan. Masalan, D.N.Kashkarov hayvonlarning hayot formalari bo‘yicha, tubandagi klassifikatsiyani beradi:
1. Suzib yuruvchi formalar.
a) To‘la suv formlari — nekton, plankton, bentos.
b) Yarim chala suv formalari — sho‘ng‘uvchilar, sho‘ng‘imaydigan, suvdan faqat ozuqa topuvchilar.
2. Yer kovlovchi formalar:
a) mutloq yer qazirlar (butun hayoti yer ostida o‘tadi)
b) qisman yer qazirlar (yer ustiga chiqib turadiganlar)

Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling