Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Download 268.32 Kb.
bet12/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

Hayvonlarda suv balansi
Hayvonlar suvni 3 xil yo‘l bilan qabul qiladi: ichish yo‘li, ho‘l ovqatni qabul qilish hamda metabolizm jarayonida, ya’ni yog‘, oqsil va uglevodlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan suvdan foydalanish bilan birgalikda chiqariladi.
Hayvonlar suvni teri va nafas organlari orqali bug‘lantirish, buyrak orqali filtrlash, hamda hazm qilinmagan ovqat qoldiklari bilan birgalikda tashqariga chiqarish yo‘li bilan yo‘qotadi.
Hayvonlarda suv yo‘qotish, suv qabul qilish orqali to‘ldirib turilishi kerak. Ochlikdan ko‘ra, suv yo‘qotish o‘limga tezroq olib keladi. qurg‘oqchilik sharoitida hayvonlar suv manbalaridan uzoqda yashay olmaydi. qushlar ham suvsiz yashay olmadi. Ko‘p hayvonlar suv ichmay yashashlari mumkin, chunki ular suvni ho‘l ovqat orqali qabul qiladi. Havo namligi ham hayvonlar uchun juda zarur, chunki namlik katta bo‘lganda ularning tanasi orqali bug‘lanadigan suv miqdori kamayadi.
Hayvonlarning suv ekologik omiliga nisbatan munosabati butun Z ta guruhga bo‘linadi.
1. Gigrofillar, suvni yaxshi ko‘ruvchilar, bularga qon so‘ruvchi chivinlar misol bo‘lishi mumkin.
2. Mezofillar — namlikda uchrovchi hayvonlar —hasharotlar.
3. Kserofillar — quruq joylarda yashovchi hayvonlar cho‘l — chigritkasi, cho‘l qo‘ng‘izi va boshqalar.
Shunday qilib suv ekologik omili eng asosiy omillardan bo‘lib, barcha organizmlar tarkibiga kiradi ham o‘simlik va hayvonlarning yer yuzida tarqalishini belgilovchi asosiy omil bo‘lib ham hisoblanadi.
Edafik omilning o‘simlik va hayvonlar hayotidagi roli
Hayvonot va o‘simliklar hayotida har xil iqlim omillari bilan bir qatorda tuproq sharoiti ham muhim rol o‘ynaydi. Edafik omil "Edafos" — grekcha tuproq omilini bildiradi.
Tuproq organizmlarining suv muhitidan quruqlikka chiqishida normal sharoit yaratib bergan muhit hisoblanadi. Edafik omil boshqa ekologik omillardan o‘zining xarakterli tomonlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, iqlim omillaridan farq qilib, u organizmlarga faqat ta’sir qilib qolmasdan, ko‘pgina mikroblar, o‘simliklar va hayvonlar uchun yashash muhiti yaratuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, u tog‘ jinslari, iqlim, organik dunyo bilan kishilik jamiyati orasida bir —biriga ta’sir qiluvchi dinamik mahsulot hamdir.
Uchinchidan, edafik omilning o‘ziga xos xarakteri shundaki, u abiotik va biotik omillar chegarasida turadi. Shuning uchun uni tuproqshunoslar biokos modda deyishadi.
Tuproq omili turli joylarda turlicha bo‘lib, u doimo o‘zgarib turadi. U V. Dokuchayev aniqlagan qonuniyatlar asosida keng geografik masshtabda mintaqalar o‘zgarishiga xos o‘zgaradi.
Tuproqlar 3 fazali tuzilishi bilan o‘zaro farqlanadi, chunki u qattiq, jinslar, suv va havo fazalaridan iborat. Ekologik nuqtai nazardan, unda quyidagi elementlarni ajartish kerak—uning mineral va organik qismi, suvli eritmasi, tuproq havosi, mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar.
Uning organik qismi — o‘simlik va hayvonlar qoldiqlaridan hosil bo‘ladi. Organik moddalarning miqdori uning hosildorligini belgilaydi. Tuproqda juda ko‘p miqdorda mikroorganizmlar mavjud. Masalan, 1 g hosildor tuproqda 2 milliardga yaqin bakteriya, bir necha million aktinomitsetlar va zamburug‘lar, yuzlab boshqa mikroorganizmlar, hamda yashil suv o‘tlari bor.
Tuproqdagi xlorofilsiz organizmlarning roli ham katta, ular organik va anorganik moddalarni o‘simliklar uchun o‘zlashtiraldigan holatga keltiradi.
Tuproq ba’zi umurtqali hayvonlar uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Unda suv va qurg‘oqda yashovchi, sudralib yuruvchilar, hamda ko‘pgina qushlar yashaydi.
Tuproq ekologik omili o‘simliklar uchun ham muhimdir.
Birinchidan, u tayanch vositasi hisoblanadi, ikkinchidan o‘simliklar tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni o‘zlashtiradi. O‘simlikka tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, hamda mikroflorasi juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tuproqning mexanik tarkibi har xil bo‘lib, u qumlik tuproq, loy tuproq, qumloq, tuproq va hokazolarga bo‘linadi.
Tuproqdagi o‘simlik uchun muhim bo‘lgan kimyoviy elementlarga quyidagilar kiradi: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir hamda bir qator mikroelementlar- mis, bor, sink, molibden va boshqalar. Bu elementlarning modda almashinuvida roli katta va biri ikkinchisining o‘rnini bosa olmaydi. Ozuqa zapasiga boy bo‘lgan tuproqlarda eutrof o‘simliklar uchraydi. Ozuqaga kam bo‘lgan tuproqlarda oligatrof o‘simliklar uchraydi. O‘rtacha ozuqali tuproqlarda mezotrof turlar uchraydi.
Sayyoramizning 25% yerlari har xil miqdorda sho‘rlangan. O‘simlik uchun eng zararlisi bu oson eriydigan tuzlar — osh tuzi, magniy xlorid. CaSO4, MgSO4, CaCO3 bular nisbatan zararsizroq, chunki ular qiyin eruvchi tuzlar.
Tuproq tarkibida ko‘p miqdorda tuzlar uchrasa, o‘simlikning osmotik bosimi ko‘tarilib uning suv bilan ta’minlanishi buziladi va u zaxarlanadi.
Kuchli sho‘rlanish oqsil moddalari sintezlanishini sekinlashtiradi, o‘sish jarayonini susaytiradi, tuproq mikroorganizmlarining o‘lishiga ham olib keladi, Nam havoli iqlim sharoitidagi tuproqlarning doimo yomg‘ir suvlari bilan yuvilishi natijasida ularda tuzlar to‘planmaydi. Ularning suv va tuz rejimi boshqacha bo‘ladi.

Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling