Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja
Download 268.32 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroekotizimlar .
- Kosmik kema ekotizimi .
Mezoekotizimlar. Katta sun’iy suv ekotizimlari (baliq ko‘paytirish hovuzlari, biologik tozalash hovuzlari) ga mezoekotizim deb qarash mumkin. Masalan: Toshkent, Sirdaryo, Andijon, Qashqadaryo viloyatlaridagi baliq ko‘paytiradigan hovuzlar hamda iflos oqova suvlarni tozalaydigan biologik hovuzlar suv mezoekotizimiga yaqqol misol bo‘ladi. Yer usti mezoekotizimi-bu makrotizimning bir qismidir. Ya’ni, o‘rmon chetlari, daryo qirg‘oqlari ko‘lning bir ko‘rfazi va h.k. Bunday tizimlar ham to‘la funksiya va trofik tuzilishga ega bo‘lib, ekotizimlarning barcha jarayonlarini o‘z boshidan kechiradi.
Mikroekotizimlar. Tabiatda kichik-kichik «dunyolar» yoki mikrobirlik, mikrotizim uchraydi. Ular ochiq tabiatda (kichik ko‘lmaklar, yomg‘ir suvi to‘plangan chuqurlar, daraxt shoxi yoki toshning usti) yoki kichik «dunyolar», ya’ni berk kichik idishlar (kolba, butilka, butil) ham bo‘lishi mumkin, ular qaysi holatda bo‘lmasin, yorug‘lik energiyasiga muhtoj bo‘ladilar. Mikroekotizimga eng yaxshi misol akvariumlar hisoblanadi. Undagi suv muhitida bakteriyalar, suv o‘simliklari, sodda hayvonlar (rachki, dafniy, kolovratkalar) va baliqlar rivojlanadi. Akvarium yorug‘lik energiyasi va doimiy haroratga ega. Kosmik kema ekotizimi. Kosmik kemani katta ekotizim sifatida ta’riflash mumkin. Yer yuzini tashlab ketayotgan berk kemaga oziq-ovqat, kislorod, suv olinsa, kerakli energiyani atrofidagi quyosh nurlaridan qabul qiladi. Kema ichida hosil bo‘lgan CO2 ni zararsizlantirishni kemadagi o‘simliklar amalga oshirib, kislorod ajratadilar. Shu asosda kosmik apparat ichidagi inson salomatligi va uning aktiv faoliyati ta’minlanadi. Inson oylab, hattoki, yil davomida kosmik fazoda uchib yuradi. Kema ichida produsentlik (hosil qilish) va hosil bo‘lgan chiqindilarni organizmlar tomonidan chirishi yoki chiqarib yuborish to‘la boshqarilib turiladi. Shunday qilib, avtonom holatdagi kosmik kema ichidagi inson bilan mikrotizimni aks ettiradi. O.Neyl o‘zining «Yuqori chegara» kitobida kelgusi asrda millionlab insonlar kosmosda yashaydilar, deb yozadi. Uning fikricha, aylanib turadigan trubasimon stansiya (diametri 6,4 km, uzunligi 32,2 km, ichida 1294,4 km2 tuproq)ning yarim maydoni qishloq xo‘jaligi uchun ajratiladi. Shu kichik kosmik stansiyada 2 mln. odam yashaydi. Har bir odamga 640 m2 maydon to‘g‘ri keladi. Lekin, havo va suvning hajmi katta emas. Kema yer bilan aloqa qilmasdan uzoq yashashi qiyin. Download 268.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling