Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Download 268.32 Kb.
bet19/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

2. EKOTIZIMLARNING TUZILISHI

Ekotizimlarning asosiy xususiyatlaridan biri — bu yer usti muhiti, chuchuk suv, dengiz yoki sun’iy ekotizimlarda uchraydigan avtotrof va geterotrof organizmlar o‘rtasidagi munosabatlardir.


Ekotizimlar trofik (oziqlanish) tuzilishi bo‘yicha quyidagi pog‘onalarga bo‘linadi, ya’ni:
1) yuqori avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi) pog‘ona yoki «yashil pog‘ona». Bu pog‘onani o‘simliklar yoki ularning qismlari tashkil qiladi. Ular o‘z tanalarida organik moddalar to‘playdilar;
2) pastki geterotrof pog‘onada (boshqalar bilan ovqatlanish) tuproqqa to‘plangan turli qoldiqlar (barg, shox, ildiz) namlik yordamida chiriydi, moddalar bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tadi va murakkab birikmalar hosil bo‘ladi.
Biologik nuqtai nazardan ekotizimlar tarkibida quyidagi komponentlarni ajratish mumkin:
Avtotrof organizmlar kompleksi - produsentlar (yaratuvchilar), yashil o‘simliklar.
Geterotrof organizmlar - makro va mikro konsumentlar yoki fagotroflar tayyor birlamchi mahsulotlar hisobiga yashaydigan hayvonlar. Saprotroflarga chirindi holatiga o‘tkazadigan organizmlar komplekslariga - redusentlar yoki destruktorlar kirib, ularni bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda tuzilgan va o‘lik organik moddalar bilan oziqlanadigan organizmlar tashkil qiladi.
2. EKOTIZIM TURLARI
Ekotizim tushunchasi, uning chegarasiga o‘xshab ko‘rinadi, lekin uning katta-kichikligi bor. Masalan, chumoli uyasi, akvarium, shoxlar, botqoq, kosmik kema xonasi, dengiz, o‘rmon, tog‘, biosfera, agar ular o‘rtasini chegaralovchi chiziq o‘tkazish mumkin bo‘lsa, ularning har biri alohida-alohida ekotizimdir.
Ekotizim o‘zining o‘lchamiga qarab quyidagi tiplarga bo‘linadi: 1) makroekotizim-okean yoki geografik zonalar; 2) mezoekotizim- o‘rmon, hovuz, ko‘l; 3) mikroekotizim- quriyotgan daraxt, kolba, akvarium.
Makroekotizim. Katta yoki kichik ekotizimlarga energiyaning kirishi va chiqishida muhitning o‘zgarishi turlicha bo‘ladi, ya’ni: 1) o‘zgarish ekotizimning o‘lchamiga bog‘liq, agar u katta bo‘lsa (tabiiy zona, okean), tashqi muhitning qisman o‘zgarishiga qaram bo‘lmaydi, kichiklar (hovuz, bog‘) qaram bo‘ladi; 2) ekotizim katta bo‘lsa, unda energiya va moddalar kelishi, almashinishi va chiqishi ham ko‘p bo‘ladi; 3) ekotizimda avtotrof va geterotrof organizmlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jarayonlar tengligining buzilishi kuchli bo‘lsa, uni tiklash uchun tashqaridan keladigan energiya ham ko‘p bo‘ladi; 4) yosh sistemalarning rivojlanish stadiyasi va darajasi eski, etilgan sistemalardan farq qiladi. Turli biologik ekotizimlarni o‘rganish uchun kichik hovuzlar, ko‘lmak, tashlandiq erlar va o‘tloqzorlarda kuzatish ishlari olib borildi. Olingan ma’lumotlar asosida ekotizimning asosiy belgilarini tahlil qilib, keyinchalik uni katta suv havzalari yoki yer usti ekotizimlariga taqqoslash mumkin.
Mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar hovuz va o‘tloqzorlarda yashab, shu erlardagi suv, tuproq, havoning kimyoviy tarkibini o‘zgartiradilar. Masalan, shisha idishga solingan hovuz suvining loyqasida yoki o‘tloqzorlar tuprog‘ida mikroblar, o‘simlik va hayvonlar aralashmasi bo‘ladi. Hovuz suvida uchraydigan produsentlarga suzib yuruvchi gulli o‘simliklar (makrofitlar) va suvo‘tlar kirib, mayda hayvonlar esa konsumentlar guruhini tashkil etadilar.

Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling