Shaharsozlik
Download 37.77 Kb.
|
YN ga tayyorlanish uchum ma\'lumotlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik tuman (
- Qizil chiziq
Shaharsozlik Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan aholi yashash joylarini tashkil qilish muammolari, hamda aholi turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan turar-joylarni yaratish masalalarini ham o’z ichiga oladi. Aholi yashash joyi - doimiy aholisining to’planishi moddiy fondlar (binolar, inshootlar, yo’llar, muhandislik tarmoqlari va boshqalar) bilan mustahkamlangan hududning bir qismi. Shaharsozlik - aholi yashash joylari va aholini joylashtirish sistemasining urbanizatsiyalashgan muhiti shakllanishida kompleks va ko’p tomonlama ishlab chiquvchi jarayon hisoblanadi. Shaharsozlik faoliyatining ob’ekti bo’lib – rejaviy hududlar va aholi punktlari, turar-joy tumanlari va sanoat hududlari, dam olish hududlari va shahar hududining boshqa rejalashtirish elementlari hisoblanadi. Shahar Bu bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p turli korxona va zavodlar majmuasidan iborat. Har kuni shahar minglab tonna xom ashyo va oziq-ovqatlar iste’mol qiladi, minglab tonna sanoat va boshqa chiqindilarni chiqaradi. SHahar - bu qudratli muhandislik xo‘jaligi. Bu yuzlab km suv o‘tkazgich quvurlari, elektr quvvati bilan ta’minlash, o‘choqxonalar, oqava suvlarini tozalash inshootlari. SHahar - bu moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari yaratilib kelingan taraqqiyot namunasidir. Boshqacha qilib aytganda «SHahar» tushunchasi bizning hayotimiz, hamda o‘rab turgan dunyoning hamma tomonlarini o‘zlarida aks ettiruvchi juda ko‘p belgilarni o‘z ichiga olishi kerak. Kichik tuman (mikrorayon)-turar-joy guruhlari majmuasidan tashkil topadi.Uning tarkibiga turar-joy binolari va kundalik foydalanish uchun madaniy-ma’ishiy xizmat ko’rsatish muassasalari kiradi.Bu muassasalar turar-joy binolaridan 300-500m.dan ko’p bo’lmagan uzoqlikda joylashadi. Kichik tuman (mikrorayon)ning birlashtiruvchi elementi bo’lib,maktab va jamoat-maishiy markazi xizmat qiladi. Kichik tuman (mikrorayon) turar-joy ko’chalari bilan chegaralanadi. Mikrorayonlar maydoni: 5dan-60 gektargacha , -aholisi 6000 dan-9000 kishigacha bo’lishi mumkin. Agar mikrorayon yuqori qavatli turar joylardan iborat bo’lsa: -maydoni 30-50 gektargacha, -aholisi 9000-12000 kishigaca ko’payishi mumkin. Mikrorayon. CHegaralarida shaharsozlikka oid loyihalash normativlari asosida tegishli hududlarda yashayotgan va boshqa aholi uchun ijtimoiy va kommunal-maishiy xizmatlar kompleks ravishda ta’minlanishi amalga oshiriluvchi, aksariyat hollarda istiqomat qilish uchun mo‘ljallangan bir yoki bir necha dahalardan tashkil topgan aholi punkti rejaviy tuzilmasining elementi. Qizil chiziq — dahalar, mavzelar va rejalashtirish tuzilmasi boshqa qismlarining hududlarini aholi punktlarining ko‘chalari, tor ko‘chalari va maydonlaridan ajratib turuvchi, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan chegaralar. Download 37.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling