Ijtimoiy-amaliy zonalar
Ijtimoiy-amaliy zonalar amaliy, moliyaviy, ijtimoiy faollik markazlari, sog‘liqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ta’lim muassasalari, ma’muriy, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ibodatxonalar va boshqa bino hamda inshootlar, shuningdek avtomobil transporti qo‘yiladigan maxsus joylar joylashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Ijtimoiy-amaliy zonalarga joylashtirish ruxsat etiladigan ob’ektlar ro‘yxatiga uylar, mehmonxonalar, er osti yoki ko‘p qavatli garajlar kiritilishi mumkin.
Rekreatsion zonalar
Rekreatsion zonalar aholining dam olish joylarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga shahar daraxtzorlari, o‘rmon-bog‘lar, plyajlar, sohil bo‘yi ob’ektlari va boshqa ob’ektlar kiradi. Rekreatsion zonalarga alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va tabiiy ob’ektlar kiritilishi mumkin.
Rekreatsion zonalar hududlarida rekreatsion va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik ob’ektlardan foydalanish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan sanoat, kommunal va omborxona ob’ektlari qurilishiga hamda mavjud shunday ob’ektlarning kengaytirilishiga yo‘l ko‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |