Shaharsozlik


Download 37.77 Kb.
bet8/11
Sana15.02.2023
Hajmi37.77 Kb.
#1202394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YN ga tayyorlanish uchum ma\'lumotlar.

SHaxar transportining yer usti turlari uchun bekatlar orasidagi masofa 600 m dan, tezyurar yo‘nalish avtobuslari uchun 800-1200 m dan, metropoliten uchun 1000-2000 m dan, elektr temir yo‘l uchun 1500-2000 m dan oshmasligi kerak.
Avtobus va trolleybuslarning to‘xtash joylarini chorraxadan so‘ng kamida 20 m masofada joylashtirish lozim. Bir tomonga yo‘nalishlarning to‘xtash joylarini chorraxaning bir tarafida joylashtirish kerak. Bir chiqish maydonchasining uzunligini bir tomonga yo‘nalishlar uchun 20 m, bir necha tomon yo‘nalishlari uchun 30 m va undan ortiq deb qabul qilish kerak. CHiqish maydonchalarining eng kam eni 1,5 m bo‘lishi lozim.
CHiqish va to‘xtash maydonchalari ko‘cha qatnov qismini toraytirish xisobiga qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ommaviy transportning to‘xtash joylari SHNQ 2.07.02.07 - “Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini nogironlar ehtiyojlari va aholining kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan holda loyihalash” 3.23 va 3.24 punktlari talablariga muvofiq loyihalanishi kerak.
Engil avtomobillar uchun garaj va avtoto‘xtash joylari er uchastkalarining maydonlarini ularning qavatliligiga bog‘liq holda bir mashina-joy uchun m2 da olish kerak:
garajlar uchun: 1-qavatli - 30 m2
2-qavatli - 20 m2
3-qavatli - 14 m2
4-qavatli - 12 m2
5-qavatli - 10 m2
er usti to‘xtash joylari uchun- 25 m2
ko‘chatzorlarni xisobga olgan xolda er usti to‘xtash joylari uchun – 35 m2
Turar joy uylari yonida engil avtomobillarning vaqtincha saqlash ochiq to‘xtash joylari fuqarolarga tegishli avtomobillar sonining 15 % xisobidan ko‘zda tutilishi kerak.
Avtomobillar to‘xtash joylari uchun ochiq maydonchalar shunday yig‘ib joylashtirilishi kerakki, ularning sig‘imi kamida 20 mashina-joy bo‘lsin.
SHahar tipidagi aholi yashash joylarini loyihalash jarayoni quyidagicha aalga oshiriladi;Hudud tanlash, asosiy maydonni funksional qismlarga ajratish, tashqi va ichki aloqalarni ta’minlash, sanitar-gigienik me’yorlarini nazorat qilish, ish joylarini rejalashtirish, obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish , piyoda yo‘llarini loyiha yechimini topish,texnologik va boshqa talablarni hisobga olgan holda loyihalash.
Parklar, ommaviy dam olish zonalari, hiyobonlar, bulvarlar;
ma’muriy va jamoat muassasalar – hokimiyat, kutubxona, vokzal shu kabilar qoshidagi ko‘kalamzorlashtirilgan yerlar. turar-joy tumanlari bog'lari;
kichik tumanlar bog'lari; turar-joy hududlaridagi ko'kalamzorlar;
bolalar muassasalari va maktablar ko'kalamzorlari; jamoat binolari oldidiagi yashil ekinlar;sport inshootlari oldida;sanoat korxonalari oldida; himoya ko'kalamzorlari; pitomniklar;bog'dorchilik yerlari; botanika bog'lari, hayvonot bog'lari.
Kichik tuman (mikrorayon) quyidagi asosiy funktsional hududlardan iborat bo’ladi:
-turar joy hududi(uylar,yo’laklar,trotuarlar,xo’jalik maydonchalari,ko’kalamzor hududlar),
-maktabgacha ta’lim tashkilotlari,maktablar hududlari,
-o’quv muassasalari,xizmat ko’rsatish korxonalari,
-garajlar,
-sport inshootlari,
-jamoat foydalanadigan ko’kalamzor hududlar.

Download 37.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling