Qurishni tartibga solish chiziqlari - binolar va inshootlarni joylashtirishda shaharsozlik hujjatlarida qizil chiziqlardan yoki er uchastkasi chegaralaridan ma’lum oraliq joy tashlagan holda belgilab qo‘yiladigan qurish chegaralari;
Kam qavatli turar-joy binolari – mansarda qavatini ham qo‘shib hisoblaganda 1-3 qavatli turar-joy binolari.
O‘rta qavatli ko‘p xonadonli turar-joy binolari – mansarda qavatini ham qo‘shib hisoblaganda 4-8 qavatli turar-joy binolari.
Ko‘p qavatli ko‘p xonadonli turar-joy binolari - 9 va undan ko‘p qavatli turar-joy binolari.
Funksional zonalar – hududiy rejalashtirish hujjatlari (bosh rejalar va hududiy rejalashtirish tarhlari) vositasida ushbu zonalarda amalga oshiriladigan qurilishni rivojlantirish parametrlarini aniqlash bilan birgalikda hududning asosiy vazifalarini aks ettiruvchi chegaralarni belgilab beruvchi zonalar.
Ko‘cha, maydon – shaharning ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining qizil chiziqlari bilan chegaralangan umumiy foydalanish hududlari.
Yo‘l-ko‘cha tarmog‘i – odatda, umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan hududiy kommunikatsiya ob’ektlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, qirg‘oq bo‘yi ko‘chalar, bulvarlar)ning o‘zaro bog‘langan tizimi.
Ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar – tabiat majmuasi hududi-ning bir qismi bo‘lib, unda quyidagilar joylashadi:
parklar, bog‘lar, xiyobonlar, bulvarlar kabi sun’iy yaratilgan bog‘-park majmualari va ob’ektlari ,turar-joy tumanlari bog'lari;
kichik tumanlar bog'lari; turar-joy hududlaridagi ko'kalamzorlar;
bolalar muassasalari va maktablar ko'kalamzorlari; jamoat binolari oldidiagi yashil ekinlar; sport inshootlari oldida;sanoat korxonalari oldida; himoya ko'kalamzorlari; qabristonlar; pitomniklar;bog'dorchilik yerlari; botanika bog'lari, hayvonot bog'lari.
yuzasining 70% dan kam qismi daraxtzor va o‘simliklar bilan qoplangan turar-joy, ijtimoiy-amaliy va boshqa zonalarning hududlari.
Piyodalar uchun mo‘ljallangan zona – piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan hudud, ushbu hududga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus transportdan tashqari boshqa transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |