Mavzu: Kirish. Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


Download 268.32 Kb.
bet6/30
Sana03.12.2023
Hajmi268.32 Kb.
#1798660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
1-ma\'ruza

3.Xulqiy-etologik moslashish: Xatti-harakat, xulqi moslashishi masalan. Tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun in qurish, qulay haroratli joyni izlab topish, qushlar, sut emizuvchilar va hokazolarning mavsumiy ko’chishi. Hayvonlar faqat harorat omiliga xulqiy tomondan moslashib qolmay, namlik, yorug‘lik va boshqa ko‘pchilik ekologik omillarga ham moslashadi. Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o‘ljani izidan yurishi, kuzatish, hamda o‘ljani javob reaksiyalarida ko‘rinadi. Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan tur nomiga «evri» old qo‘shimchasini, tor doirada moslashganlariga esa «steno» old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi. Organizmlarning temperaturaga moslashuvi evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigalin, stenogalin, bosimga nisbatan evribat, stenobat ekologik guruhlarga ajratiladi.
4. MOSLASHISHNING DARAJALARI
Moslashish turli darajalarda va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Masalan harorat omiliga moslashish molekulyar darajadan boshlab to biotsenotik darajagacha kuzatilishi mumkin. Ko’pchilik o’simliklar ortiqcha qizib ketishdan saqlanish uchun boshqa o’simlik turining soyasida o’sadi. Bu yerda moslashish biotsenotik darajada namoyon bo’lmoqda. Asalarilarning uyalarini haddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi moslashishga misol bo’ladi. Hayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o’simliklarni transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi moslanishlardir. Kuchli yorug’lik ta’sirida xloroplastlarning hujayra devori ostida ma’lum bir tartibda joy olishi hujayra darajasidagi, termofil mikroorganizmlarning oqsillarini yuqori harorat ta’siriga chidamliligi esa molekulyar darajadagi moslashish hisoblanadi.
5. Ekologik omillar klassifikatsiyasi.
Muhitning organizmlar bilan o’zaro ta’sir etadigan ayrim elementlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar juda xilma-xil. Muhitning ekologik omillari organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Ekologik omillarni ta’riflashda rus olimlari D.N.Kashkarov {1933}, V.V.Alyoxin {1950} xizmatlari katta.
D.N.Kashkarov (1933) omillarni uch guruhga ajratadi: iqlim, edafik va biotik.
V.V.Alyoxin (1950) iqlim, edafik, orografik, biotik, antropik va tarixiy omillarga ajratadi.
Ta'rifga binoan omil muhitning ayrim elementi hisoblanib, organizmga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir ko’rsatadi. Ammo tarixiy, orografik kabi omillar tirik organizmlarga hech qanday to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etmaydi. Shubhasiz, ma'lum bir joyning dengiz sathidan absolyut balandligi, tog’liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv xavzasining chuqurligi kabilar ham ana shunday xususiyatga ega. Ular tirik organizmlarga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etmay, balki bilvosita ta'sir etgan holda boshqa omillar, ya'ni harorat, bosim va hokazolarni ta'sir etish xususiyatini o’zgartiradi.
Ekologik omillar o’z tabiatiga ko’ra qoyidagi guruhlarga bo’linadi.
I.Abiotik omillar {o’lik}: ularga quruqlik biostenozlarida qo’yidagilar kiradi:
1) Iqlim omillari – yorug’lik, namlik, harorat, havo va hokazo.
2) Edafik {tuproq} omili tuproqning mexanik, ximiyaviy va fizik xossallari.
3) Orografik {rel’yef sharoiti}.

Download 268.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling