3-§. Ekologik muammolar
XXI asrga kelib, insoniyatni tashvishga solayotgan dolzarb masalalardan biri – ekologik muammodir. Hozirgi davrda jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining tezlik bilan o‘sishi, tabiatdan pala-partish foydalanish va intensiv o‘zlashtirish natijasida ekologik muvozanat buzilib, ekologik tanglik yuzaga keldi.
Ekologik tangliklar o‘z navbatida avj olib, sayyoramizning ba’zi mintaqalarida ekologik halokatlarni keltirib chiqaradi. Ekologik tanglikning tinmay kuchayib borishi esa, ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Ekologik muammolar o‘z vaqtida hal qilinmasa, u muayyan hududga ekologik halokat xavfini olib keladi.
Ekologik muammo - insonning tabiatga ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning ham insoniyatga aks ta’siri tushuniladi (1-jadval).
1-jadval
Yer yuzi va Markaziy Osiyoda mavjud ekologik muammolar
T/r
|
Global (umumbashariy)
|
Regional (mintaqaviy)
|
Lokal (mahalliy)
|
1
|
Chuchuk suv muammosi
|
Orol va Orolbo‘yi muammosi
|
Har qanday hududda yuzaga kelgan muammolar:
-avtotransportdan chiqadigan zaharli gazlar;
-chiqindilarning to‘planishi;
-qurg‘oqchilik;
-atmosfera havosining ifloslanishi;
-oqova suvlarniig ifloslanishi va hokazolar
|
Savol va topshiriqlar
Ekologiya fani nimani o‘rgatadi?
Ekologiya fanining qanday bo‘limlari bor?
Ekologiya fanining maqsadi va vazifalarini tushuntiring.
Ekologiya fani ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanadigan usullar qaysilar?
Ekologiya mustaqil fan sifatida qachon vujudga keldi?
O‘rta Osiyo allomalarining ekologiya faniga qo‘shgan hissasini so‘zlab bering?
O‘zbekistonda ekologiya yo‘nalishidagi ilmiy ishlarning asoschilari kimlar?
Ekologiya fanining rivojlanishida O‘zbekiston olimlari tomonidan olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlar haqida to‘xtaling?
Siz yana qanday global, mintaqaviy, mahalliy ekologik muammolarni bilasiz?
Siz yashaydigan joydagi ekologik muammolarni aytib bering?
Rivojlangan mamlakatlarda qanday ekologik muammolar mavjud?
Mahalliy ekologik muammolarni oldini olishda qanday takliflaringiz bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |