Mavzu: Kirish. Ingliz inqilobi (XVII аsr). Reja
Ikkinchi respublika va styuartlar restavratsiyasi
Download 96 Kb.
|
01 maruza
Ikkinchi respublika va styuartlar restavratsiyasi.
1658-yilning 3-sentyabrida Kromvel vafot etdi, xokimiyat uning o’g’li Richard qo’liga o’tdi, u mamlakatdagi axvolni yaxshilay olmadi. Xalq noroziligi kuchayib, 1659- yilning baxorida xokimiyatga, uzoq parlamentning qoloq (dumlar) respublikachilari kelib, Angliyada ikkinchi respublika o’rnatildi. Ammo, ular o’z shaxsiy manfaatlari uchun kurashib, isloxotlarni amalga oshirishni uddalay olmadilar. 1659-yilda general Lambert qoloq (dumlar) respublikachilarni xaydab yuborib, хarbiy diktatura tuzumini o’rnatdi. General Mokka armiyasi Londonda joylashib, 1648-yilda parlamentdan xaydal-gan prosviterianlarni xokimiyatga olib keldi. 1660-yilda prosviterianlar Vestminsterda yig’ilib, Uzoq parlament aktlarini bekor qilib, prosviterian cherkovi boshqaruvini joriy etdilar. Uzoq parlament vakillari o’zlarini tarqatib yuborib, Konventga saylovlar e`lon qildilar. Bu davrda Gollandiyada yashayot-gan Karl II Bred dekloratsiyasini e`lon qilib, Angliya xalqiga amnistiya e`lon qildi. Konvent 1660-yilning 26-mayida Karl II ni qonuniy monarx deb e`lon qildi. Angliyada absolyut monarxiya tuzumi o’rnatildi. Restavratsiya repressiya bilan almashtirildi. Inqi-lob arboblari, sektantlar qo’lga olinib qatl etildi. Anglikan cherkovi tiklanib, prosviterian va independentlar xaydab yuborildi. Karl II tipografiyalarni sonini, keskin kamaytirib, bosmaxonalar ustidan qattiq senzurani o’rnat-di. Maydonlarda turli adabiyotlar yoqildi. Royalchilar boy bergan mol-mulklarini qay-tarib olishga intildilar. Ammo, хukumat burjuaziya manfaatlari bilan xisoblashishga majbur edi. Karl II Portugaliya qirolichasiga uylanib, Bombey shaxrini qo’lga kiritdi. Angliya ichki xayotida reaktsiya kuchaya boshladi. Katoliklar Fransiyasining ta`siri kuchaydi. Muxolifatni qarshiligi xam kuchaya boshladi. 1685-yilda Karl II vafot etdi. Taxtga uning akasi Yakov II (katolik) chiqdi. Karl II ning noqonuniy o’g’li Manmaut qo’zg’olon ko’tardi. Qo’zg’alon shafqatsizlarcha bostirildi. Shundan so’ng terror yanada kuchaydi. Yakov II Angliyani Rim papasiga bo’ysin-dirishga intildi. 1688-yilda muxolifat Niderlandiya xukmdori, Yakov II ni kuyovi Vil’gelm Oranskiy (Mariyaning eri) ni Angliyada prostestantlik erkinligini o’rnatishga taklif etdilar. 5-noyabrda Vil’gelm 15.000 lik qo’shin bilan Angliyaga tushdi. Yakov II Fransiyaga qochdi. 1689-yilda Vil’gelm Angliya qiroli deb e`lon qilindi. Davlat to’nta-rishi amalga oshirilib, «Sharafli inqilob» nomini oldi. Angliya konstituttsion monar-xiyaga aylandi. Qirol parlament bilan bir birga xokimiyatni boshqardi. «Xuquqlar xaqida bill» qabul qilindi. Qirol parlament ruxsatisiz soliq sola olmas, diniy ishlarga aralashmas, qo’shin to’play olmas edi. Ammo, saylash xuquqi o’zgarmadi, angilikan cherkovi o’z kuchini saqlab qoldi, ammo boshqa oqimlarga erkinlik berildi. Ikki partiyali sistema qaror topdi: Viglar (burjua dvoryan partiyasi) va torilar (konservatorlar yer egalari) хukumat yer aristokratiyasi va burjuaziya o’rtasida taqsimlanib, xalq xayoti o’zgarishsiz qolaverdi. Mamlakatda agrar to’ntarish amalga oshdi, manufakturalar gullab yashnadi, mustam-lakalar va dengizda xukmronlik uchun kurash keskinlashdi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling