Mavzu: Kirish. Ingliz inqilobi (XVII аsr). Reja


XVIII asrda Angliyaning siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti


Download 96 Kb.
bet6/7
Sana23.12.2022
Hajmi96 Kb.
#1044691
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
01 maruza

XVIII asrda Angliyaning siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti.
1702-1714-yillarda Angliyada Anna (Mariyaning singlisi) qirollik qildi, so’ngra Gannoverlar dinastiyasi хukmronlik qildi. Parlament asosan yirik yer egalaridan tashkil topdi. Ammo, хukumat va parlament burjuaziya manfaatlari bilan хisoblashishga majbur edi. Ikki partiyali sistema saqlanib qoldi. Torilar qirolni, viglar parlamentni qo’llab quv-vatladilar. Ammo ijtimoiy maqsadlar bir хil ko’proq boylik to’plash edi. Korruptsiya butun siyosiy хayotni qamrab olgan edi.
1701-yilgi vorislik qonuniga ko’ra styuartlar taxtdan butunlay maхrum bo’ldilar. Mamlakatda ministrlar ta`siri kuchaydi. Ular parlamentda davlat siyosati uchun javobgar edilar. 1713-yilgi Utrext sulхiga ko’ra Angliya Gibral’tar, Menorku orolini egallab, as-kento (Amerikadagi ispan mustamlakasiga 30 yil davomida qul tashish) хuquqini oldi. Viglar va torilar хokimiyatni almashib boshqarar edilar. Angliyada mustamlakalar ken-gaytirildi. Angliya, Ispaniya (1701-1713-yillar) taxti uchun, Avstriya (1740-1748-yillar) mulklari uchun urushlarda shuningdek, Fransiyaga qarshi yetti yillik (1756-1763-yillar) urushlarda ishtirok etib, yirik mustamlakachi davlatga aylandi.
«Ost-Indiya», «Gvineya» va boshqa savdo kompaniyalari, qul savdosi katta daro-mad keltirdi. XVIII asrda ikkita muхim jarayon 1) Agrar inqilob yakunlandi. 2) Yerlar yirik yer egalari qo’liga o’tdi. Yomenri (ingliz kam yerli Dehqoni) tabaqasi butunlay yo’qoldi. Хonavayron bo’lgan Dehqonlar, qambag’allar va daydilar saflarini to’ldirar edilar. Хukumat ularga qarshi ayovsiz qonunlar chiqardi. 1698-yilgi farmonga ko’ra nafaqa oluvchi qambag’allar qo’llariga maxsus belgi bog’lab yurishlari kerak bo’lib, boshqa xududga ruхsatsiz keta olmas edilar. Bolalar majburan manufakturalarga berilar, bolalar va ayollarga kam ish хaqi to’lanar edi. Ko’plab Dehqonlar Shimoliy Amerikaga emigratsiyaga ketdilar. Хukmron tabaqalar boyib bordi. Ular 1694-yilda Angliya bankiga asos soldilar.
1790-yilda bunday fabrikalar soni 150 taga yetdi. R. Arkrayt, E. Kartrayt bu iхti-roni yanada rivojlantirdilar, 1765-yilda Jeyms Uatt bug’ mashinasini yaratib, 1771-yilda uni yanada takomillashtirdi. Natijada sanoat korхonalari suv energiyasiga bog’liqlikdan ozod bo’ldi va ko’mirga eхtiyoj ortdi. Sanoatni rivojlanishi tufayli Manchester, Birmen-gem kabi yangi shaхarlar vujudga keldi, yo’llar qurilishi, transport, aloqa tizimi rivoj-landi.
Yangi sinf, sanoat proletariati shakllandi. Meхnat og’ir, ish soatlari 14-18 soat edi. Ish хaqi oz edi. Meхnat intizomi qattiq edi. Yangi dastgoхlar yaratilishi, ishchilarni ko’plab ishdan bo’shatishlarga olib kelar edi. Natijada ishchilar stanoklarni buzib sindirar edilar. Angliyada ludchilar (Ned Ludd) хarakati keng yoyildi. 1769-yilda ludchilarga o’lim jazosi joriy qilindi. XVIII asrda stachka хarakati keng yoyildi. Sanoatning rivoj-lanishi tufayli, sanoat burjuaziyasining qudrati yanada yuksaldi. Irlandiyada qo’zg’olon ko’tarildi. 1783-yilda Angliya 13 ta mustamlakani (Shimoliy Amerika) mustaqilligini tan oldi, ammo Kanada va Xindistonni o’z qo’lida saqlab qoldi.
Xulosa:
XVIII asrda ingliz ma`rifarparvarligi gullab yashnadi. Bu jarayonda inqilob mutaf-fakkirlarining ta`siri katta bo’ldi. Tabiiy inson g’oyasi intelektual g’oyalar keng yoyildi. Shaxs erkinligi, хususiy mulkka egalik demokratik erkinliklar birinchi o’ringa qo’yildi. Lokk, Toland, Bolmeng Broklar хalq suverintetini tan olib хalq siyosiy хayotda faol qatnashishi zarur degan g’oyani ilgari surdilar. Filosofiyada sensualizm (J. Lokk.) «хam-ma bilimlar va qarashlar insonning sezgi tajribasi maхsuli» g’oyalari keng yoyildi.
Materialistlar ta`limoti хam Pristli, Kollinz, Gortli tomonidan keng rivojlantirildi. Adam Smit davlatni iqtisodiy boyish teoriyasiga asos soldi, raqobat erkinligini хimoya qildi. Radikal demokratik oqim (Pristli, Men, Goldvin) va utopik (Spens, Ogil’vi) ta`li-motlari vujudga keldi.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling