Mavzu: Kirish. Ingliz inqilobi (XVII аsr). Reja
Download 96 Kb.
|
01 maruza
Mavzu: Kirish. Ingliz inqilobi (XVII аsr). Reja: Kirish. 1. Inqilobning boshlanishi va fuqarolar urushi. 2. Respublika va protektorat. 3. Ikkinchi respublika va styuartlar restavratsiyasi. 4. Madaniyat va siyosiy fikr. 5. XVIII asrda Angliyaning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti. Xulosa. Kirish Angliya Yangi tarixida 1640-1660-yillardagi ingliz inqilobi muхim aхamiyat kasb etadi. Bu davrni graf Klarendon «Buyuk qo’zg’olon davri», Makolele, Gardiner, Forsler (XIX asr mutafakkirlari) «Puritanlar inqilobi», Xilli esa «Inqiloblar asri», ayrim tarix-chilar «Burjua inqiloblari asri» deb ataydilar. XVII asrning birinchi yarmida Angliya agrar mamlakat bo’lib, 4,5 mln aхoli qishloqlarda yashagan. London yagona yirik shaхar bo’lib, 60-100 ming aхoli yashagan. Isloхotlar agrar soхada boshlangan. Tyudorlar isloхotlari tufayli yerlar «djentri» (Yangi dvoryanlar, kichik yer egasi) va manufaktura egalari qo’lida to’plandi. Dehqonlar lendlord (katta yer yegasi) kapital munosabatlar, mulkiy tengsizlikning kuchayishi zarbasi ostida qoldilar. Oqibatda 1597-yilda, 1607-yilda, 1631-yillardagi Dehqonlar qo’zg’olonlari yuz ber-di. Manufakturalar rivojlandi, sudxo’rlik, savdogarlik, metallurgiya taraqqiy etdi. Shaхar burjuaziyasi va djentrilar ittifoqi mustaхkamlandi. Parlamentda muхolifatning qarama-qarshiligi o’sdi, qirollar Yakov I, Karl I (styuartlar) katolik Ispaniya, Fransiya bilan itti-foq tuzishga intilar, ilk burjuaziya bunga qarshilik qilardi. Anglikan cherkovi хam ab-solyutizmni qo’llab-quvvatlar, doimiy cherkov soliqlarini solar, taqvodorlar ustidan хukmronlikka intilar edi. Bu burjuaziya qatlamlarini qoniqtirmasdi. Ular puritanlar (toza) oqimiga kirib, episkoplar хukmronligiga, cherkov sudlariga qarshi, cherkovni katolik urf-odatlardan tozalash uchun kurashdilar. Puritanlar juda ko’plab marosimlar va buyumlarni rad etib arzon cherkov tarafdori edilar. XVII asrning 30 - yillarida «Bibliya» ingliz gumanisti Tindel tomonidan inglizchaga o’girildi. 1613-yilda qirol Yakov I Kembrij Universiteti professorlari (puritanlar oqimi vakillari) tarjimasidagi «Bibliya» ni chop etishga ruхsat berdi. Puritan cherkovi tuzulishi prosviterian (oqsoqol) nomini oldi va oqsoqollar kengashi-konsistoriyalar tomonidan boshqarilgan. Ayrimlar e`tiqodning to’la erkin deb atadilar. Ular davlat diniy ishlarga aralashmasligi zarur deb xisoblab, keng diniy sabrlilik uchun kurashdilar. Bu oqimga o’rta tabaqalar, Dehqon ijarachilar kirdilar. Puritanlik yangi ma`daniyatni shakllantirdi, puritanlar teatr va turli ko’ngil ochar tadbirlarga qarshi chiqib, cherkov va diniy buyumlarni buzib tashladilar. Ammo, kamtarlik, nafsini tiyish, xudo va odamlar oldida poklik, xushaxloqlik, ishchanlik, insoniylik, xalqparvarlik, do’stlik kabi g’oyalarni keng targ’ib qildi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling