Mavzu: Kirish. Ingliz inqilobi (XVII аsr). Reja
Inqilobning boshlanishi va fuqarolar urushi
Download 96 Kb.
|
01 maruza
Inqilobning boshlanishi va fuqarolar urushi.
1628-yilda parlament «Xaqiqat to’g’risida» xujjat tuzdi, bunda muxolifat talablari bayon etildi. Karl I parlamentni tarqatib yuborib, 11 yil o’zi tanхo хukmronlik qildi. 1639-yilda Shotlandiya bilan urush boshlandi. Karl I parlamentni chaqirishga majbur bo’ldi. Parlament 1640-yilning 13-aprel’ va 5-may kunlarida ishladi va qisqa parlament nomini oldi. 1640-yilning 3-noyabrida qirol yangi, Uzoq parlamentni chaqirdi. Bu ingliz inqilobini boshlanishi edi. Burjua dvoryan muхolifati qarashlari, «Ildiz va novdalar хaqi-da petitsiya» va «Buyuk remonstratsiya» (1641-yil, dekabr) хujjatlarida o’z aksini topdi. 1641-yilda Yuqori komissiya va Yulduzlar palatasi sudlari, qirol yepiskoplik tashki-lotlari, kemasozlik yo’llari yig’imi bekor qilindi. Graf Stafford va arxiepiskop Loddlar qatl etildi. 1642-yilning yanvarida, qirol 5 nafar parlament a`zosini qamoqqa olishni bu-yurdi, ammo qirol mag’lubiyatga uchradi. 1642-yilning avgustida u parlamentga qarshi fuqarolar urushini boshladi. Parlament 1643-yilning 25-sentyabrida Shotlandiya bilan Konvenant va «Tantanali liga» shartnomalarini imzoladi. 1644-yilning iyunida Shot-landiya armiyasi royalistlar qo’shiniga zarba berdi. Independentlar raxbari Xantingdonlik Oliver Kromvel yangi doimiy parlament armiyasini tashkil etdi. 1645-yilning, 11- yanva-rida «Yangi nusxadagi armiya» tuzuldi: 6.000 otliq, 1.500 dragun, 14.500 ta piyoda jang-chidan iborat edi. 1645-yilning 14-iyunida royalistlar mag’lubiyatga uchrab Karl I shotlandlarga asir-ga tushdi. 1646-yilning 24-fevralida qirolga feodallarning qaramligi, yer egalariga qirolni xukmronligi, barcha shtraflar va feodal majburiyatlar bekor qilinganligi to’g’risidagi parlament akti qabul qilindi. Bu xalqqa xech narsa bermadi. Armiya qo’mondonlari, djentrilar, parlament monarxiyasi tarafdori edilar. 1646-1647 yillarda armiyada level-lerlar (tenglashtiruvchilar) siyosiy partiyasi vujudga keldi. Ular demokratik qonunlarni, parlamentni xalq oldida javobgarligini talab qildilar. 1646-yilning 7-iyulida ko’p minglik «Shaхarliklar remonstratsiyasi» e`lon qilinib, bu xujjatda qirol xukmronligini tugatish, oliy xokimiyatni jamoa palatasiga berish va par-lamentni хar bir kishi saylashi, xuquqiy tenglik, mulkiy erkinlik va xokazolar ilgari suril-gan edi. 1647-yilda ingliz inqilobi yangi burjua demokratik inqilob bosqichiga qadam qo’ydi. Parlamentni qirol bilan kelishishga intilishi, inqilobiy armiyani tarqatib yuborish zaruriyati demokratik kuchlar noroziligini kuchaytirdi. Independent ofitserlar «Takliflar boblari» nomli konstituttsiyasi loyiхasini qirolga taqdim etdilar. Ammo, qirol buni rad etdi. Londonda royalchilar davlat to’ntarilishini amalga oshirishga intildilar. 1647-yilning 6-avgustida armiya Londonga kirdi. «Takliflar boblari», «Armiya ishi», »Xalq kelishuvi» xujjatlari e`lon qilindi. Bular inqilobiy loyiхalar bo’lib, 21 yosh-dan umumiy saylov хuquqi, qirol хukmronligini yo’qotish va boshqa talablarni qo’ygan edi. 1648-yilning 28-oktyabrida Petnida armiya kengashi bo’ldi. Levellerlar respublika, independentlar konstituttsion monarxiya tarafdorlari edilar. Petnida independentlar g’ala-ba qozondilar. 1647-yilning noyabrida Karl I Uayt oroliga qochib borib shotland presvi-terianlari bilan ittifoq tuzdi. 1646-yili bu yerda ikkinchi fuqoralar urishi boshlandi, sentyabrda urush Krom’vel g’alabasi bilan tugadi. 6 dekabr`da polkovnik Prayd parla-mentda «Prayd tozalovi» ni o’tkazdi. Oliy хaqiqat sudi tashkil etildi. 1649-yilning 30- yanvarida Karl I qatl etildi. Angliya respublika deb e`lon qilindi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling