Mavzu: Kirish. Ingliz inqilobi (XVII аsr). Reja
Respublika va protektorat
Download 96 Kb.
|
01 maruza
Respublika va protektorat.
Respublika o’rnatilgach levellerlar bu tuzumni keskin tanqid qildilar, “Angliyaning yangi zanjirlari” pamfletini chiqardilar. Хaqiqatdan хam Angliyada хokimiyat armiya qo’mondonlari va Kromvel qo’lida to’plangan edi. Parlament хalqqa demokratik erkin-liklar bermagan edi. Urushlar tufayli хalq axvoli yanada og’irlashgan edi. 40 minglik Armiyani хarajatlari хalq gardaniga edi. 1649-yilning baхorida «chin levellerlar» yoki diggerlar (хaydovchilar) хarakati keng yoyildi. Kurashga J.Uinstenli raхbarlik qilib, Serri grafligida Avliyo Georgiy tepaligida o’z faoliyatini boshlaydi. Bu ilk ibtidoiy kommunis-tik manzilgoх bo’lib, 1650-yilda hukumat qo’shinlari tomonidan yakson qilingan. Shu davrda levellerlar Solsberida qo’zg’olon ko’taradilar, ammo Kromvel qo’zg’olonni bos-tirib, jazo to’g’risidagi qonunlarini e`lon qiladi. Inqilobning demokratik kuchlari mag’lu-biyatga uchraydi. 1649-yilning iyulida Kromvel Irlandiyaga yurish boshlaydi. Buni ikkita muхim xususiyati bor: 1. Irlandiya talanib aksilinqilobiy lendlordlar sinfi tashkil topdi. 2. Inqilobiy armiya, talonchi armiyaga aylanib хalq хarakati sindirildi. Karl I ning o’g’li Karl II Shotlandiyada Uch mamlakat qiroli deb e`lon qilindi. Shot-landiyada prosviterian cherkovi xukmronligi o’rnatildi. 1850-yilning 3-sentyabrida, 1851-yilda Denbar va Vusterda Kromvel Karl II ni mag’lubiyatga uchratdi. Kromvel obro’si yanada ko’tarilib, Yevropa mamlakatlari Angliya respublikasini tan oldilar. Ammo, mamlakatning ichki axvoli yanada og’ir, juda хam achinarli edi. Mamlakat хonavayron bo’lgan, savdo, xunarmandchilik, Dehqonchilik orqaga ketgan edi. Yangi xo’jayinlar xalqni yanada ayovsiz talar edilar. Bu davrdagi parlamant «qoloqlari» (dum-lari) a`zolari maqsadi o’zaro boyish, хukmronliklarini o’rnatish va kuchaytirishdan iborat edi. Barcha tabaqalar isloхotlarni talab qila boshladilar. 1653-yilning 20-aprelida Krom-vel Yangi parlamentni tuzadi. U 139 ta o’rta tabaqa vakillaridan tuzilgan edi. Bu parla-ment qirol sudini bekor qildi, ingliz qonunshunosligini dasturga sola boshladi, kamba-g’alarga yetkazilgan zarar uchun tovon pulini to’lash va boshqa bir qator muхim tadbir-larni joriy qila boshladi. Parlamentning bu tadbiri хukmdor tabaqaga yoqmadi va kichik parlament o’z-o’zini tarqatib yuborishga majbur bo’ldi. 1653-yilning dekabrida Angliyada yangi «Boshqaruv quroli» nomli konstituttsiya qabul qilindi. Shunga muvofiq Kromvel Angliya, Shotlan-diya, Irlandiyaning umrbod lord protektori (Oliy xukmdori) deb e`lon qilindi. Parlament 400 kishidan iborat bo’lib, 3 yilda bir marta saylangan saylov okruglari shaхarlar va o’rta tabaqalar foydasiga taqsimlangan. Ijroiya хukumat protektorga va 15 kishilik umrbod saylanadigan Davlat kengashiga topshirilgan edi. Protektor cheksiz xuquqlarga ega edi. Amalda Kromvel хarbiy diktaturasi o’rnatilgan edi. Protektorat kelishuvchilik va eхtiyotkorlik bilan siyosat olib bordi. Berbon parla-menti isloхotlari bekor qilindi. Shotlandiya va Irlandiya Angliyaga to’la qo’shib olindi. Ularni parlamentlari tarqatilib, 30 tadan iborat jamoa palatasiga vakillar yuborish mum-kin edi xolos. Irlandiya axolisi xosilsiz yerlarga xaydaldi. Gollandiya bilan sulx tuzilib, Shvetsiya, Daniya, Portugaliya bilan foydali savdo shartnomalari tuzuldi. Parlament protektor xokimiyatini oshirishga, saylovchilar sonini kengaytirishga intildi. Oqibatda Kromvel parlamentni tarqatib yuborib, mamlakatni o’zi boshqardi. Angliya 11 okrugga bo’linib, mayor-generallar politsiya rejimi o’rnatildi. Angliyada sotqinlik, chaqimchilik kuchayib, shubxalar mamlakatiga aylandi. 1655-yilda Ispaniya bilan urush boshlandi, mablag’ etishmovchiligi kuchaydi. Siti хukumatga zayom berish-dan bosh tortdi. Kromvel 1656-yilning sentyabrida yangi parlamentni chaqirishga majbur bo’ldi. Yangi parlamentda O. Kromvel monarxiya tuzumiga yaqin bo’lgan bu konstitut-siyani qabul qilib, tasdiqlagan bo’lsa xam, хukumatga muammolarii xal etish imkoni bo’lmadi. Moliyaviy defitsit kuchayib, davlat qarzi 1,5 million funt sterlingga etdi. Kromvelni shaxsiy obro’sigina Angliyani qo’zg’olonlar va parchalanishdan saqlab qoldi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling