Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Download 297.39 Kb.
bet23/36
Sana05.01.2022
Hajmi297.39 Kb.
#223237
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Javoblar:1.C 2. A 3. B 4. C 5.A

Uyga vazifa:She’rlardan birini yod olish.

O’quvchilar bilimini baholash.

Sana:

Sinf: 8 “B”-sinf

Fan: Adabiyot

Mavzu: G`afur G`ulom hayoti va ijodi,“Vaqt” she`ri

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: G`.G`ulom hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”Vaqt ”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;

b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida mehr-muhabbat,vaqtni qadrlash,ezgulik tuyg’ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish;

Dars turi:yangi bilim berish;

Dars turi:suhbat,matn ustida ishlash,ifodali o’qish,tahlil;

Dars jihozi :darslik,tarqatmalar,G’afur G’ulom siymosi,asarlari;

Darsning borishi

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

2.Shoir ijodi asosida she’riy daqiqalar.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Aziz asrimizning aziz onlari

Aziz odamlardan so`raydi qadrin.

Fursat g`animatdir, shoh satrlar-la

Bezamoq chog`idir umr daftarin.

Ushbu go`zal to`rtlik muallifi kim?

Bolajon shoir ,akademik G`afur G`ulom 1903 –yil 10-mayda Toshkentning Qo`rg`ontegi mahallasida kambag`al oilada tug`ildi.Uning bolaligi juda og`ir kechdi.Yosh shoir avval eski maktabda keyinchalik yaqin qarindoshlarining ko`magi bilan rus-tuzem maktabida o`qidi.Muallimlar tayyorlaydigan kurslarni bitirib maktablarda dars bera boshlaydi.1923-yilda G`.G`ulom bolalar uyida tarbiyachi b/b ishlab ,hatto bir muddat mudir ham bo`ldi.Shu yillarda G`.G`ulom “Kambag`al dehqon”, “Qizil O`zbekiston”, “Sharq haqiqati” singari gazetalarda “Mushtum” jurnalida uning yuzlab katta-kichik maqolalari, felyetonlari bosilib chiqdi.1931-yilda shoirning ilk to`plami “Dinamo” nomi b-n bosilib chiqdi.1932-yilda esa “Tirik qo`shiqlar”nomli ikkinchi to`plami bosilib chiqdi.Shundan so`ngturli yillarda adibning quyidagi asarlari dunyo yuzini ko`rdi.

“Turksib yo`llarida”

“Yalovbardorlikka”

“Ko`kan” poemasi

“To`y”

“Ikki vasiqa” }balladalari



XX asrning 30-yillarida nasrda yozilgan asarlari:

“Netay”


“Yodgor”

“Tirilgan murda”

“Shum bola”kabilar bosilib chiqdi.

Urush yillarida “Sen yetim emassan”, “Oltin medal”, “Kuzzatish”, “Vaqt”, “Sog`inish”, “Bizning ko`chada ham bayram bo`lajak”, “Men-yahudiy” singari mumtoz she`rlari dunyo yuzini ko`rdi.1946-yilda “Sharqdan kelayotirman” to`plami uchun Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi.1943-yilda akademik unvoni (Oybek b-n bir qatorda) berildi.1963-yilda “O`zbekiston xalq shoiri”unvoni berildi.Akademik shoir G`.G`ulom 1966-yil 10-iyulda vafot etdi.

II.G’afur G’ulom hayoti va ijodi yuzasidan darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.“Vaqt”she`ri falsafiy she`r hisoblanadi.G`afur G`ulom ijodiy tafakkuriga faylasufona mulohazakorlik, kichik tuyulgan hayotiy detallaridan katta umumlashmalar yasay olish xos edi.Bu nouob fazilatlar shoining 1945-yildafashizm ustidan qozonilgan g`alaba munosabati b-n yozgan “Vaqt” she`rida yaqqol ifodasini topdi.Shoir mazkur she`rda lahza (sekundning) mohiyatiga nazar tashlaydi:

Bir onning bahosin o`lchamoq uchun

Oltindan tarozu ,olmosdan tosh oz.

Nurlar qadami-la chopgan sekundning

Barini tutolmas ayhannos ovoz.

Zero,inson necha yil umr ko`rrishidan qat`iy nazar ,bu umrning asosini lahzalar tashkil etadi.Buyuk qahramonliklar ham, isnodli sharmandaliklar ham ayni lahzalar oralig`ida ro`y beradi.O`zini, o`zligini unutgan odam bir lahzada yo`l qo`ygan xatosi , qo`rqoqligi ,shijoatsizligi tufayli umrbod yuzi qora bo`lib qolishi hech gap emas.Va aksincha,Amir Temurdek ,Jaloliddin manguberdidek, Bobur Mirzodek bobolarimizning shon-shavkati aynan bir lahzada qabul qilganlari –qat`iy qarorlari ,biror lahza unutmaganlari-yurtga sadoqatlari tufayli abadiyatga daxldor bo`ldi.Bundan tashqari shoir she`rda shuhrat qozonmoqning yo`llari ko`p ekani ,biroq bu yo`llarning biri odamni sharmandali shuhratga olib kelsa, boshqasi abadiyatga olib borishini quyma satrlarda eslatadi:

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek

Diana ma`badin yoqmoq shart emas…

Faylasuf shoir G`.G`ulom o`zining mo`jazgina asari-“Vaqt” she`ri bilan lahzaga abadiy haykal qo`ydi.

II.”Vaqt”she’ridagi darslkdagi ma’lumotlar asosida bahs;

III.Test sinovi:

1.G’afur G’ulomning ilk she’riy to’plami

A.”Tirik qo’shiqlar” B.”Dinamo” C.”To’y” D.”Sog’inish”

2.Uning “To’y”,”Ikki vasiqa”asarlari qaysi janrda yozilgan?

A.She’r B.Hikoya C.Ballada D.Qissa

3.Adibning qissalari berilgan qatorni toping.

A.”Netay”,”Yodgor”,”Tirilgan murda”,”Shum bola”

B.”To’y”,”Ikki vasiqa” C..”Yodgor”,”Sen yetim emassan”

4.”Vaqt”she’ri nima munosabati bilan yozilgan?

A.G’alaba munosabati bilan B.Vaqtni qadrlashga da’vat munosabati bilan

C.Urushning ko’p davom etishidan D.Bolasini intizor kutgan otaga bag’ishlab

5.”Vaqt”she’rining asosiy g’oyasi

A.Vaqtni qadrlash B.Umrning tez o’tib borishi

C.O’zlikni anglash D.Insonlarning bir-biriga munosabati




Download 297.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling