Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Takrorlash uchun savollar


Download 297.39 Kb.
bet26/36
Sana05.01.2022
Hajmi297.39 Kb.
#223237
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Takrorlash uchun savollar:

1.Maqsud Shayxzoda qachon va qayerda tug`ildi?

2.Maqsud Shayxzodaning Toshkentga kelish qolish sababini tushuntiring.

3.M.Shayxzoda o`z ijodini necha yoshida boshlagan va uning dastlabki she`rlari

Qachon nashr etilgan?

4. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.

5.M.Shayxzodaning 1958-yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?

6.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering

7. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasidagi Ulug`bek obrazi haqida gapiring.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Mirzo Ulug’bek haqida qanday ma’lumotlarga egasiz ,asarda Ulug’bek qanday timsollarda tasvir etilgan?

II.Mirzo Ulug`bek-Amir Temurning suyukli nabirasi, ya`ni to`rtinchi o`g`li Shohrux Mirzoning farzandi , u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok etgan.Buyuk olim va hukmdor haqida tarixiy ma`lumotlar juda ko`p.Shulardan biri Alisher Navoiyning “Majolis un-nafoyis” asaridir.Shoir bu asarning yettinchi majlisini temuriy shohlar ,sakkizinchi majlisini Husayn Boyqaroga bag`ishlaydi.Maqsud Shayxzoda mazkur asarni yaratishda jiddiy tayyorgarlik ko`rgani,dramani yozishda behisob ilmiy-tarixiy manbalarga murojaat qiladi.

Adib asarda Ulug`bek yashagan davrni , u hukmronlik qilgan saylov muhitini ko`z o`ngimizda yaqqol gavdalantirgan.Mirzo Ulug`bek hayotida ko`p voqealar yuz bergan.U oliy hukmdor , buyuk olim sifatida ko`p narsalarni o`z boshidan kechirgan.M.Shayxzoda asarga asosan ikki yo`nalishdagi voqealarni ,ya`ni saroy ixtiloflari va buyuk olim borgan ilmiy izlanishlarni yoritishga jazm qilgan.

Asar bilan tanishganimizda bizda ikki xil tuyg`u paydo bo`ladi.Mirzo Ulug`bek bir tomondan qattiqqo`l,butun Xurosonni o`z qo`lida saqlab qolish uchun har qanday chorani ko`rishga tayyor hukmdor sifatida , ikkinchi tomondan , ilm-fanning jonkuyari , jahonshumul kashfiyotlar qilgan olim, fan ahlini jonidan ortiq ko`radigan,biroq saroydagi fisq-fasod ,ig`vo ishlar oldida ojiz bir inson sifatida tasvirlanadi.

Dramada Ulug`bek qiyofasi uning ko`proq asardagi boshqa qahramonlar orqali ochiladi,masalan,Ali Qushchi, Sakkokiy, Shayxulislom Burhoniddin,Chin,Hind,Farang,Misr,Rus elchilari bilan bo`lgan muloqotda ilm-fan homiysi , buyuk olim, ma`rifat fidoyisi kabi xislatlari namoyon bo`lsa,Abdulatif Mirzo , uning mahrami Abbos,Qozi Miskin kabi saltanat dushmanlari ,ig`volarga bo`lgan munosabatida mutaassiblikka qarshi kurashgan ashaddiy kurashgan inson sifatidagi xarakteri ochiladi.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.”Mirzo Ulug’bek ”tragediyasidan ifodali o’qish va asarni g’oyaviy – badiiy tahlil qilish:

Mirzo Ulug`bek hukmdor,katta saltanat egasi bo`lganiga qaramay , avvalo,insoniy fazilatlardan begona bo`lmagan ,o`z farzandiga mehribon ota.

Shu o`rinda marhum shoir Muhammad Yusufning Mirzo Ulug`bek xotirasiga bag`ishlab yozgan quyidagi misralari go`yo Ulug`bek tilidan aytilganini aytmasdan ilojimiz yo`q.

Sezmay qoldim o`shanda chog`im

Yulduzlarda ekan nigohim

Bilmadim ne edi gunohim

Men dardimni kimga aytaman

M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi asosida rejissor Latif Fayziyev tomonidan “Ulug`bek yulduzi” nomli film suratga olingan.

II.Mustahkamlash uchun savollar:

1. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering.

2.M.Shayxzodaning 1958-yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi?

3.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering

4. Mirzo Ulug`bek tragediyada qanday inson sifatida gavdalantiriladi?

5. “O`g`illardan yalchimagan ,benasib padar,

O`z shogirdin o`g`il deya topar tasalli” Ulug`bek qaysi shogirdini “o`g`lim”

deb tasalli topadi?

III.Test sinovi:

1.”Har kun besh bor aytar edim :butun yer yuzi

Torlik qilar,sig’dirolmas ikki….”Amir Temur nazdida dunyo dunyo qaysi ikki narsani bag’riga sig’dirolmaydi?

A.Quyoshni B.Podshoni C.Oyni D.Ro’yoni

2.”Xoja Ahror kelishini kutib quturgan,

Yovvoyi it qalandarlar daydib yurmoqda”,-deganda Abdurazzoq Samarqandiy

Kimlarni nazarda tutgan?

A.Abdulatif Mirzoning odamlari B.Taxt xoinlari

C.Abbos D.Adolat va haqiqat

3.Mirzo Ulug’bek “Farmonlarga oxirgi imzom”,-deganda Ulug’bek qaysi farmonni nazarda tutadi? A.Piri Zindoniyni qamoqdan ozod qilishni

B.Abdulatif Mirzoga taxtni topshirishni

C.Ulug’bek rasadxonasida ishni to’xtamaslikni

D.Olimlarga adolatli munosabatda bo’lishni

4.Mirzo Ulug’bek necha yil taxga hukmronlik qiladi?

A.38 yil B.35 yil C.30 yil D.40 yil

5.”O’g’illardan yalchimagan ,benasib padar,

O’z shogirdin o’g’il deya topar tasalli?”

Bu o’rinda kim nazarda tutilgan?

A.Sakkokiy B.Abdurazzoq Samarqandiy

C.Ali Qushchi D.Bek Arslon




Download 297.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling