Men qachon dedim :”Vafo qilg’il manga”,zulm aylading,
Sen qachon deding”Fido bo’lg’il manga”,bo’ldum sanga..
Bu misralarda Navoiy tazod san’atidan unumli foydalanib,Yor va Ma’shuqaga oid fazilatlarni ochishga yana bir bor mohirona yondashgan…
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Darslikdan tashqari badiiy asarlardan Navoiy g’azallarini o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish.
IV.Test sinovi:
1.”Yoq ”radifli g’azali qanday vaznda yozilgan?
A.Ramali musammani mahzuf B.Ramali musaddasi maqsur
C.Mujtassi musammani maxbun D.hazaji musaddasi mahzuf
2.Ajratilgan so’zlarni izohlang:
Yordin ayru ko’ngul-mulkedurur ,sultoni yo’q,
Mulkkim,sultoni yo’q,jismedururkim,joni yo’q.
A.Qofiya B.Radif C.Turoq D.Misra
3.Men qachon dedim :”Vafo qilg’il manga”,zulm aylading,
Sen qachon deding”Fido bo’lg’il manga”,bo’ldum sanga- Qanday san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh B.Tazod C.Tanosub D.Irsoli masal
4.Jomi Jam birla Hizr suyi nasibimdir mudom,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.-Qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tazod B.Irsoli masal C.Tardi aks D.Talmeh
5.O’zaro o’zakdosh so’zlardan foydalanish san’ati Sharq adabiyotida qanday ataladi?
A.Ishtiqoq B.Tardi aks C.Tajnis D.Talmeh
Do'stlaringiz bilan baham: |