Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Ta’til topshiriqlari asosida suhbat


Download 0.65 Mb.
bet23/24
Sana24.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1292401
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Ta’til topshiriqlari asosida suhbat:
1.Ta’tilda yod olingan darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida suhbat;
2.Darslikdan tashqari o’qilgan badiiy asarlar yuzasidan bahs-munozara.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.III chorakda o’tilgan shoir va shoiralar hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob.(Abdulla Qodiriy,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,Oybek,Odil Yoqubov,Abdulla Oripov…)
II.Qatorlararo musobaqa: III chorakda yod olingan she’rlar asosida bahr-u bayt:Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon ,Muso Toshmuhammad o’gli Oybek,Abdulla Oripov she’rlari asosida
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Ijodiy ish:
Menga yoqqan she’r
Nafis cayqaladi bir tup na’matak,
Yuksakda shamolning belanchagida,
Quyoshga ko’tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o’shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na’matak…
Oybekning bu misralari dilga yaqin satrlar bo’lib,unda insoniylik,kamtarlik va go’zallik tuyg’ulari tarannum etiladi.Na’matak qanchalik yuksakda bo’lmasin,u o’z go’zalligini atrofdagilarga baxsh etishdan charchamaydi.Lekin bu go’zallik bilan u saslo g’ururlanmaydi,aksincha kamtarona ruhda o’zgalarga iliq tuyg’ularni baxsh etadi..
II.Bahs:Menga yoqqan adabiy qahramon
Menga Kumush Va Zebi timsollari o’zgacha taasurpt qoldirdi.Chunki bu timsollarda hozirda o’zbek qizlari orasida yoqolib borayotgan samimiylik,soddalik ,kamtarinlik,mehr-muhabbat tuyg’ulari o’zgacha ruhda talqin etiladi.Asarni o’qigan sari qahramonlar taqdiri sizni befarq qoldirmaydi,aksincha asar sizni o’z girdobiga tortadi.Zebi va Kumush sabr qanoati,muhabbatga sadoqati… har bir qiz uchun ibrat maktabidir…
Uygavazifa:O’tilgan mavzular asosida testlar,tarqatmalar tayyorlash.
O’quvchilarbiliminibaholash.
Ko’rildi:
30.03.2015.y
Dir .o’rinb:

Sana:____________________


Mavzu:Insho tahlili
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: o`quvchilarning inshoda yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarini tuzatish;
b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars tipi : Takrorlash va tahlil
Dars turi: Odatdagi
Dars usuli:Induktiv
Dars metodi:Savol-javob,test
Dars jihozi :Nazorat ishi matnlari
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
O`tilgan mavzu bo`yicha takrorlash va mavzuga yo`naltiruvchi savollar
1. Insho matnlari bilan tanishib chiqish.
2. Xatolar ustida ishlash:
1) imloviy xatolar ustida ishlash;
2) ishoraviy xatolar ustida ishlash;
3) uslubiy xatolar ustida ishlash.
3. Baholarni jurnalga qayd etish.
O`tilgan mavzular bo`yicha takrorlash
1. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan?
2. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan?
3. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi?
4.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi.
5. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina
boshlaydi?
6. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting
7. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz?
8. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi?
9. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz?
10. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan?
11. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi?
12. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi?
13. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari?
14. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi?
Uyga vazifa: O`tilgan mavzularni takrorlash
Adabiyot 8-sinfSana:
Mavzu: Muhammad Yusuf hayoti va ijodi,”Vatanim”she’ri
Darsning maqsadi:a)ta`limiy- Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”Vatanim”she’rini ifodali o’qish va she’rni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat,she’riyatga shaydolik va undagi nozik jihatlarni his qilish tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:noan’anaviy;
Dars uslubi:nazm gulshani,ifodali o’qish,tahlil;
Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Muhammad Yusuf siymosi,she’riy to’plamlar;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida To’ra Sulaymon hayoti va ijodi yuzasidan bahs-munozara;
2.Nazm gulshani:To’ra Sulaymon she’rlari asosida;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Muhammad Yusuf she’rlari,unng she’rlari asosida taratilgan qo’shiqlar haqida nimalar bilasiz?
II.Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898-yilda mashhur Dukchi eshon qo`zg`oloni bo`lib o`tgan Mingtepa)
tumanidagi Qovunchi qishlog`ida oddiy zahmatkash odamlar orasida tug`ildi. Mana shu qishloqda beg`ubor bolaligi , sho`x –shodon o`smirligi o`tdi. Bu holat
ni shoir shunday ta`riflaydi.
Nechun qulluq qilmay Andijonga men-
Shu yurtda tug`ildim,shu yurtda o`sdim.
Agar do`stim bo`lsa, bitta u do`stim-
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
Yodimga o`t tushsin ,etmasam yodlar-
Dukchi eshonlari qilgay faryodlar.
Uni tavf etgan Mashrabdek zotlar,
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
Muhammad Yusuf o`rta maktabni tugatgach, Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi va uni 1978 –yilda bitiradi.Uning dastlabki she`rlaridan namunalar 1976-yilda “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” haftaligi sahifalarida chop etiladi.
Ayni shu damlarda o`zbek she`riyati o`zining yuksalish pog`onasiga ko`tarilgan , Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron singari ko`plab iste`dodlar o`rtasida o`ziga xos ijodiy musobaqa avjga chiqqan edi. Bu ijod davrasiga Muhammad Yusuf ham o`zining samimiy she`rlari bilan kirib bordi.
Muhammad Yusuf 1978-1980-yillarda respublika “Kitobsevarlar” jamiyatida , 1980- 1986-yillar oralig`ida poytaxtning “Toshkent oqshomi” gazetasida , 1986-1992 –yillarda esa G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida xizmat qiladi. Mana shu nashriyotda
ishlash yillari Muhammad Yusufning ijodiy taqdirida muhim o`rin tutdi. Bu paytda nashriyotda Erkin Vohidov rahbarlik qilar edi.
Muhammad Yusuf 1992-1995-yillar da “O`zbekiston ovozi” gazetasida , O`zbek milliy agentligi (O`z A) da xizmat qildi.1997-yildan e`tiboran shoir O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`inbosari etib tayinlandi.
Shoirning birinchi she`rlar to`plami 1985 –yilda nashr etildi: “Tanish teraklar”
“Bulbulga bir gapim bor”-1987;“Iltijo” -1988 ;“Uyqudagi qiz”-1989
“Halima enam allalari”- 1989;“Ishq kemasi” -1990;“Ko`nglimda bir yor”-1990;
“Bevafo ko`p ekan”-1991;“Yolg`onchi yor”-1992;“Erka kiyik”- 1992
“Osmonimga olib ketaman” kabi she`riy to`plamlari va “Osmonning oxiri”,
“Qora quyosh” singari dostonlari bor
Muhammad Yusuf ning millat va yurt istiqboli sharafiga bitgan go`zal
go`zal she`rlari o`zining samimiyligi ,soddaligi badiiy mukammmalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning “Vatamin”, “Xalq bo`l, elim”, “Dunyo”, “Inshoolloh”, “O`zbekmomo”, “Iqror”, “Tilak” singari o`nlab she`rlar chinakam she`riyat yurtni qanday kuylamog`i lozimligini
isbotlagan asar bo`lib qoldi.
1998-yilda “O`zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Darslikda berilgan Muhammad Yusuf haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish;
II. Darslikda berilgan “Vatanim” she`rini o`qish va tahlil qilish:
Men dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’ jahonim.
O’zim xoqon,
O’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.
Bu she’rda shoir Vatan tarixidan,buyuk siymolaridan,faxri va g’ururidan jo’shib kuylaydi.Undagi har bir misra qalblarga vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi.Shunday vatan bilan faxrlanish hissini tarbiyalaydi...
III.Test sinovi:
1.Shoirning dastlabki she’rlari qaysi matbuotda bosilgan?
A.”Sharq yulduzi” B.”Gulxan” C.”O’zbekiston madaniyati” D,”Til va adabiyot”
2.1978-1980-yillarda adib qayerda ishlaydi?
A.”Kitobsevarlar”jamiyatida B.”Toshkent oqshomi ”gazetasida
C.Yozuvchilar uyushmasida D.”O’zbekiston ovozi”gazetasida
3.Shoirning birinchi she’riy to’plami qachon chop etilgan?
A.1985-y il B.1987-yil C.1977-yil D.1988-yil
4.”Osmonning oxiri”,”Qora quyosh”asarlari qanday janrda yozilgan?
A.Ballada B.She’r C.Doston D.Esse
5.Shoir “Vatanim ”she’rida kimni “faqirni duo qilgan”deb ta’riflaydi?
A.Bobur B.Ulug’bek C.navoiy D.Muqanna
Javoblar:1.C 2.A 3.A 4.C 5.C
Uyga vazifa : She`rni yodlashva darslikda berilgan she’rlar tahlili.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
6.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
sana:_______________________
Mavzu: Muhammad Yusuf. “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Yurtim ado bo`lmas, armonlaring bor” she`rlari
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy- Muhammad Yusuf she`rlari mazmuni haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy- O`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat,mehr-muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-oquvchilarning dunyoqarashi vafikrlash sslohiyatini takomillashtirish;
Dars turi:noan’anaviy;
Dars uslubi:ifodali o’qish,tahlil,bahs-munozara;
Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Muhammad Yusuf siymosi,she’riy to’plamlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Tarqatmalar asosida Muhammad Yusufning hayoti va ijodi yuzasidan bahs-munozara;
1. Muhammad Yusuf qachon va qayerda tug`ilgan?
2. Muhammad Yusufning bolaligi qayerda o`tgan?
3. Muhammad Yusufning tahsil olish yo`nalishini ko`rsatib bering
4. Muhammad Yusuf qaysi sohalarda faoliyat olib bordi?
5. Muhammad Yusuf qaysi sohada faoliyat ko`rsatganda Erkin Vohidov bilan ishladi?
6. Muhammad Yusufning ilk to`plami qanday nomlanadi?
7. Muhammad Yusufning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz?
8.Muhammad Yusufning dostonlarini ayting
9. “Ulug`imsan Vatanim” she`rida qaysi tarixiy va afsonaviy shaxslar haqida so`zlanadi?
2.Nazm gulshani:Muhammad Yusuf she’rlari asosida;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Darslikda berilgan “Mehr qolur,muhabbat qolur” she`rini ifodali o`qish
O`tar qancha yillar to`zoni,
Bulbullar ko`z yoshi samoni.
O`tar inson, yaxshi –yomoni,
Mehr qolur,muhabbat qolur.
Qorachug`da porlagan o`sha,
Iqboliga chorlagan o`sha,

Dunyoni tor aylagan o`sha,


Mehr qolur,muhabbat qolur.
Odamni odam qilib turgan ,uning hayootiga insoniy mazmun baxsh etadigan inja ytuyg`ular , avvalo, mehr va muhabbatdir. Shu tuyg`ular tufayli olamda hayot davom etadi, tiriklik tantana qiladi. Zero, ota-onaning farzandga mehri , akaning singilga achinishi , do`stning do`stga madadi , yigitning qizga muhabbati bularning barchasi Mehrdir.
Hayotni ,tiriklikni insonlar o`rtasidagi ,ularga yaratgan tomonidan omonat sifatida in`om etilgan mehr va muhabbat atalmish qudrat asrab qoldi. Agar insoniyatga mana shu tuyg`ular u yaratilayotgandayoq berilmaganda ei yoki ular butkul unutilib ketganda edi, hech qanday insoniy kuch , biror qudrat Yerdagi hayotni tugab bitishidan saqlab qololmas edi.
Shoir : “Qorachug`da porlagan o`sha, Diydoriga chorlagan o`sha” der ekan , bu noyob tuyg`ular o`zini doim oshkor qilavermasligini ta`kidlaydi.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlsh bosqichida:
I.Darslikdagi “Yurtim .ado bo`lmas armonlaring bor” she`rini o`qib ,sharhlash
Qo`ling qadog`iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku og`ir olma so`zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko`zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar,alhazar,ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar,
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.
Guruch kurmaksiz bo`lmaganidek , yov kelganida o`zini chetga olgan ,joni shirinlik qilib, sha`nidan kechgan ,hatto do`stlarini sotgan kimsalarni ham , afsuski, tarix yodidan chiqarmaydi. Ularning kirdikorlari tufayli yurtning “ado bo`lmas armonlari toshlarni yig`latgan dostonlari” paydo bo`ldi.
Ayniqsa, sobiq sho`ro davrida yurtimiz va yurtdoshlarimiz boshidan kechgan musibatlarni unutishga hech kimning haqi yo`q . “Qora ko`zlarini” tug`ilmay qolgan farzandlari emas, balki olis Sibir o`rmonlaridagi “Qayinbarglar yopgan” Usmon nosirning ham barcha qatori yashashga haqi bor edi.
Afsuski, o`zimizdan chiqqan sotqinlar , mehrobga in qurgan chayonlar Usmon Nosirning ham, Abdulla Qodiriyning ham, Cho`lpon va Fitratlarning ham umriga zomin bo`ldilar.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Shoirning darslikdan tashaqri she’rlaridan ifodali o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
IV.Test sinovi:
1.Nekbin tuyg’ular deganda nimani tushunasiz?
A.Insoniy tuyg’ular B.Toza,pok,samimiy tuyg’ular
C.illatlar D.kamtarlik va mehnatsevarlik
2.Shoir nekbin tuyg’ular haqida qaysi she’rida kuylaydi?
A.”Mehr qolur,mugabbat qolur” B.”Vatanim”
C.”Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor” D.”Biz baxtli’lamiz”
3.Shoir qaysi “Mehr qolur,muhabbat qolur”she’rida qaysi xalq asariga murojaat qiladi?
A.”Layli va Majnun” B.”Farhod va Shirin”
C.”Tohir va Zuhra” D.”Yusuf va Zulayxo”
4.Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.
Bu baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan?
A.Tashbih B.Jonlantirish C.Tazod D.Talmeh
5.Shoir she’rda qaysi shoirni “aybini bilmay ketgan”deb ta’riflaydi?
A.Abdulla Qodiriy B.Cho’lpon C.Akmal Ikrom D.Usmon Nosir
Uyga vazifa : She`r yodlash va tahlil qilish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
7.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot
Sana:______________________
Mavzu: Muhammad Yusuf. “Biz baxtli bo`lamiz” she`ri
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy- “Biz baxtlibo`lamiz” she`rihaqidabkmlarhosilqilish;
b)tarbiyaviy- O`quvchilar qalbida go’zal insoniy tuyg’ular va mehr-muhabbat fazilatlarini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi : noan’anaviy;
Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Muhammad Yusuf to’plamlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Aqliy hujum:
1. Muhammad Yusuf qachon va qayerda tug`ilgan?
2. Muhammad Yusufning bolaligi qayerda o`tgan?
3. Muhammad Yusufning tahsil olish yo`nalishini ko`rsatib bering
4. Muhammad Yusuf qaysi sohalarda faoliyat olib bordi?
5. Muhammad Yusuf qaysi sohada faoliyat ko`rsatganda Erkin Vohidov bilan ishladi?
6. Muhammad Yusufning ilk to`plami qanday nomlanadi?
7. Muhammad Yusufning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz?
8.Muhammad Yusufning dostonlarini ayting
9. “Ulug`imsan Vatanim” she`rida qaysi tarixiy va afsonaviy shaxslar haqida so`zlanadi?
10. “Mehr qolur” she`rida ko`tarilgan mavzu haqida gapiring.
11. “Yurtim ,ado bo`lmas” she`rida shoir qanday kimsalardan hazar qiladi?
II.Nazm gulshani:Shoir she’rlari asosida she’rxonli musobaqasi.
Darsning mohiyatin anglash bosqichida:
I.Darslikda berilgan „Biz baxtli bo`lamiz“ she`rini o`qish va tahlil qilish:
Mayli-da kimgadir
yoqsa,
yoqmasa
Ularga qo`shilib yig`lasharmidik…
Biz baxtli bo`lamiz ,
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamas,
Uchrasharmidik
Bu she’rda shoir qalbida jo’sh urayotgan g’ozal his va tuyg’ular haqida kuylar ekan,muhabbatga yana bir bor ozgacha ta’rif-u tavsiflar bilan qalamga oladi.She’rda g’ozal ta’rifi mubolag’ali tashbihlar bilan beriladi.Ba’zan bu chiroyni ta’riflash uchun so’z topolmaydi...
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.

Darsning mustahkamlsh bosqichida:


I.Shoirning darslikdan tashqari she’rlaridan ifodali o’qish va goyaviy-badiiy tahlil qilish:
Mening kimligimni
Bilmaydi hech kim
Men bir g`alatiman,
Men alohida.
Ko`zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim
Kelar gohida.
Muhammad Yusuf she`rlari o`zining ma`zmun mohiyati bilan o`zbek she`riyatida yetakchilik qiladi.”Surat”she’ridagi bu ajoyib va o’ziga xos tasvir orqali ham buni ko’rish mumkin.Shoir
bu misralarda ham tashqi,ham ichki suratini chizar ekan,bu ikki suratning bir-biriga hamohangligini yana bir bor his qiladi kishi.Ko’ngil dardi uning siyrati bilan uyg’unlashgan holda chizilgan syratni ko’rasan bunda..
II.She’riyat bo’stoni:Shoir she’rlaridan ifodali o’qish va o’ziga xos jihatlari yuzasidan bahs-munozara.
III.Test sinovi:
1.O’zing ayt,senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun kokillaridan.Ushbu misralarda qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tazod B.Tashbih C.Mubolag’a D.Tanosub
2.Shoir go’zalni nima “ayblaydi”?
A.Bevafolikda B.Ishonchsizlikda
C.Chiroylilikda D.Oqibatsizlikda
3.”Kipriklari uzun kokillaridan”misrasiga o’xshash misralar yana qaysi shoir ijodida uchraydi?
A.Usmon Nosir B.To’ra Sulaymon C.Oybek D.Mirtemir
4.”Tundan so’z qarz olib,tongga tutguchi”misralarida kimning holati aks ettirilgan?
A.Go’zalning B.Lirik qahramonning
B.Ijarada turgan qizlarning D.Boshqa oshiqlarning
5.Shoir o’z she’riyatida nimani “Agar do’srim bo’lsa,bitta u do’stim...” ,-deb kuylaydi?
A.Vatanni B.She’riyatni C.Andijonni D.Qalamni
Javoblar:1.C 2.C 3.A 4.B 5.C
Uyga vazifa : She`r yodlash va tahlil qilish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Ko’rildi:
13.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
Sana:_________________________________________
Mavzu:Fuzuliyhayotivaijodi. “O`landan so`r” g`azali
Darsningmaqsadi:
a)ta`limiy- Fuzuliy hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”O’landan so’r” g’azalini
ifodali o’qish va g’azalni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-O`quvchilar qalbida she`riyatga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi : yangi bilim berish;
Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlil‘
Dars jihozi : darslik , Fuzuliy g`azallari matni,Fuzuliy siymosi.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Tarqatmalar asosida Muhammad hayoti va ijodi yuzasidan bahs-munozara;
2.Shoir she’rlari asosida she’rxonlik daqiqasi.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Muhammad Sulaymon o`g`li Fuzuliy 1498-yilda IroqningKarbalo shahrida tug`ilgan. Bag`dod madrasalarida ta`lim olgan. Fuzuliyning nomi hamisha Alisher Navoiyning nomi bilan birga kelgan.Shoirning otasi asli Karbaloga ozarbayjonning Arash degan joyida ko’chib borgan.Keyinchalik Fuzuliyning o’g’li Fazliy bobo Arashga qaytib borib yashagan.Fuzuliy Iroqning Bog’dod,Hilla,Najat shaharlarida yashaganUmrining oxirida Karbalaoga yana qaytib,1556-yil shu yerda vafot etadi.
Shoir bir she`rida uch til-turk,arab, fors tillarining shuhratini o`z asarlari bilan olamga yoygan uch buyuk dahoni: Abu Nuvos, Nizomiy va Navoiyni tilga olgan.
G`azaldur safobaxshi ahli nazar,
G`azaldur guli bo`stoni nunar.
G`azal bo`ldurur shoirning qudratin,
G`azal orttirur nozimning shuhratin.
Shoir „Layli va Majnun“dostonida Navoiyni ustoz yanglig‘ yilga oladi:
Turk-u,arab-u,ajamga ayyom,
Har shoira vermish edi bir kom.
O’lmish edi navoiy suxandon
Manzuri shahanshohi Xuroson.
Fuzuliy asarlari:
1. „laylovu Majnun“ ;2. „Haft jom“;3. „Anis ul-qalb“;4. „Matla ul-e`tiqod“
5. „Rind-u zohid“;;6. „Sihhat va Maraz“;7. „Bangu boda“;
8. „Suhbat ul asmor“;;9. „Shikoyatnoma“ (nasriy asar)
“Shifoyi vasl qadrin ” matla`li g`azalini o`qib sharhlash
II.Darslikda berilgan shoir ahyoti va ijodiga doir ma’lumotlar matni ustida ishlash .
Darsning mustahkamlsh bosqichida:
I.“O’landan so‘r“g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g;oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o`landan so`r,
Zuloli zavq-shavqin tashnai diydor o`landan so`r.

Labing sirrin gelub guftoa bandan o`zgadan so`rma,


Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o`landan so`r
Go`zu yoshlularing holin na bilsun mardumi g`ofil,
Kavokib sayrini shab to sahar bedor o`landan so`r.
Xabarsiz o`lma fatton go`zlaring javrini chekkanlardan,
Xabarsiz mastlar bedodini hushyor o`landan so`r
G`amingdan sham`tak yondim ,sabodan so`rma ahvolim,
Bu ahvoli shabi hijron banim-la yor o`landan so`r.
Xarobi jomi ishqam,nargisi masting bilur holim,
Xarobot ahlining ahvolini xumor o`landan so`r.
Muhabbat lazzatidin bexabardur zohidi g`ofil,
Fuzuliy ishq zavqin , zavqi shavqi vor o`landan so`r.
Lug`at
o`landan-bo`lgandan
zuloli-tiniq
guftor-so`zlash
nukta-sir
kavokib-yulduzlar
fatton-fitnachi
banim-la- men bilan
G’azal sof turkiy “o’landan so’r” radif bilan bitilganAruzning hazaji musammai solim uknida,ya’ni mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun-mafoiylun vaznida.Ga’zal ishqiy mavzuda bitilgan.bunda tasavvufiy ishq kuylanib,ishqqa mubtalo bo’lgan kishi bilan ishqdan bexabar kishi o’rtasifagi farq ochib berilgan.G’azal boshdan oxir azod san’ati asosida yozilgan.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1… O’lmish edi Navoiy suxandon
Manzuri shahanshohi Xuroson.
Bu misralar shoirning qaysi asaridan olingan?
A. „Laylovu Majnun“ B. „Haft jom“
C.„Anis ul-qalb“ D. „Matla ul-e`tiqod“
2.O’zbek she’riyatida qaysi shoir Fuzuliy bo’lmasa,u ham bo’lmasdi,deydilar?
A.Ogahiy B.Munis C.Mahsrab D.Muqimiy
3.“O’landan so‘r“g’azali qaysi mavzuda yozilgan?
A.Ishq B.lohiy ishq C.Oshiq dardi D.Go’zal tasviri
4.G’azal boshdan oxir qaysi san’at asosida yozilgan?
A.Tashbih B.Talmeh C.Tazod D.Irsoli masal
5.Muhabbat lazzatindan bexabardur zohidi g’ofil,
Xarobot ahlining ahvolini xummor o’landan so’r.
Baytdagi zohid-kim?
A.Oshiq B.Tarkidunyo qilgan kishi
C.Piri murshid D.Ishqdan bexabar odam
Javoblar:1.A 2.C 3.B 4.C 5.B
Uyga vazifa:Shoir lirik merosini o’rganish va g’azallar tahlili.
O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi:
15.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
Sana:___________________________
Mavzu: Fuzuliy lirik merosi,“O`sondurdi” g`azali
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy-Fuzuliy lirik merosi haqida bilim berish, “O`sondurdi” g`azali mazmun mohiyati haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy- o`quvchilar qalbida g’azalda ilgari surilgan insoniy fazilatlarni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning fikrlash salohiyati,g’azalxonlik malakasi va g’azal tahlil qilish salohiyatini takomillashtirish;
Dars turi : yangi bilim berish;
Dars uslubi:bahs,g’azalxonlik,matn ustida ishlash,tahlil;
Dars jihozi : darslik , Fuzuliy g`azallari matni,Fuzuliy siymosi.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
Aqliy hujum:
1. Fuzuliy qachon qayerda tug`ilgan?
2. Fuzuliyning bolaligi qanday kechgan?
3. Fuzuliy qaysi tillarda ijod qilgan?
4. Fuzuliyning nomi qaysi ijodkor nomi bilan birga tilga olinadi?
5. Fuzuliyning qaysi dostonlarini bilasiz?
6. Fuzuliyning nasr yo`li bilan yozilgan asari qanday nomlanadi?
7. “Shifoyi vasl qadrin” matla`li g`azali necha bayt?
8. G`azaldagi “So`r” radifi shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`z?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Fuzuliyning lirik merosi haqida nimalarni bilib oldingiz?
II.Fuzuliu 58 yillik umri davomida ulkan adabiy meros qoldirdi.
U turkiy,arab va forsiy tillarida devon yaratgan.Turkiy devonidan 300 ga yaqin g’azali,75 ta ruboiy ,42 ta qit’a,27 ta qasida va bir nechta tarje’band,tarke’band,murabba’ ,musammanlar o’rin olgan.
Fuzuliy g’azallari tilining ravonligi,ifoda va ta’sirning jozibadirligi,vazn ,qofiya,radif va badiiy san’atlar qo’llashda yuksak darajasi,uslubining o’ynoqligi ,lirik qahramon ruhiyatida ko’tarinki kayfiyat ,otashinlik va shiddatkorlik borligi,falsafiy mushohada-mulohaza va hukm-xulosalarning yangiligi ,ya’ni ohoriyligi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.Shoir g’azallarining asosiy mavsusi ham ishq.shuning uchun lirik qahramon otashin oshiq timsolida namoyon bo’ladi.Navoiy kabi Fuzuliy g’azallarida ham ikki otashin mhabbat tarannum
Etiladi va uyg’unlashib ketadi.
III.Shoir lirikasidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.“Bani jondan o`sondurdi” matla`li g`azalini o`qib, sharhlash:

Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu?


Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi?
Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson,
Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi?
Guli ruxsoringga qarshu go`zimdin qonli oqar su
Habibim fasli guldir bu, oqar suvlar bulanmazmu?
G`amim pinhon dutardim ban,dedilar yora qil ravshan,
Desam ul bevafo bilman , inonurmi, inonmazmi?
Dagildim ban sango moyil, san etding aqlimi zoyil
Bango ta`n aylayan g`ofil , sani ko`rgach o`tonmazmi?
Fuzuliy rindi shaydodir, hamisha xalqa rasvodir,
Ko`ringkim, bu na sabdodir , bu savdodan o`sonmazmi?
Lug`at:O`sonmoq –bezmoq
Qamu –barcha
Sonmoq –hisoblamoq
Uyodir –uyg `otadir
Bilman –bilmayman
Dagildim –emasdim
Zoyil –yo `q qiluvchi
Ta`n –ta `na
O`tonmoq –uyalmoq
Fuzuliyning ishqiy g’azallaridan sanalib,an’anaviy yetti baytdan iborat.Hazaji musammani
solim ruknida yozilgan.G’azalda shoir bir necha badiiy san’atlardan mohirona foydalanadi.
Jumladan,tazod san’ati deyarli har bir baytda uchraydi.
Bu g’zalda alohida syujet,hattoki,kichikroq voqea ham yo’q.Lirik ohang kuchaygandan kuchaya boraveradi.Unda oshiq tarzida namoyon bo’lgan lirik qahramonning kayfiyatidagi turfa holatlar aks ettirilgan....
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash .
III.Test sinovi:
1.Soirning turkiy devonida nechta g’azal kiritilgan?
A.300 ta B.300ga yaqin C.300 dan ortiq D.75 ta
2.Turkiy devonda neshta ruboiy va qit’a bor?
A.75,42 B.42,27 C.74,45 D.75,27
3. Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu?
Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi?
Baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh B.Tazod C.Talmeh D.Tanosub
4. Dagildim ban sango moyil, san etding aqlimi zoyil
Bango ta`n aylayan g`ofil , sani ko`rgach o`tonmazmi?
Baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh B.Tazod C.Talmeh D.Tanosub
Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi?
Baytdagi “qamu ”so’zini sharhlang.
A.Barcha B.Oshiq C.Bilmayman D.Emasdim
Javoblar:1.B 2.A 3.B 4.D 5.A
Uyga vazifa:Shoir g’zallaridan birini yod olish.
O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi:
15.04.2015.y
Dir.o’rinb:
Adabiyot 8-sinf
Sana:______________________________
Mavzu: G`azalxonlik va she`rxonlik musobaqasi
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy- yodlangan g`azal va she`rlarni takrorlash orqali bkmlarni mustahkamlash;
b)tarbiyaviy- o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat ,insoniylik va mehr-muhabbat tuyg`ularini tabiyalash;
d)rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi:takrorlash;
Dars uslubi:aqlih hujum,musobaqa,she’rxonlik;
Dars jihozi:tarqatmalar,she’riy asarlar.
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Tarqatmalar asosida Fuzuliy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
II,Shoir g’azallaridan yod so’rash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.O`tilgan mavzular bo`yicha takrorlash
1. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan?
2. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan?
3. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi?
4.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi.
5. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina
boshlaydi?
6. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting
7. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz?
8. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi?
9. Muhammad Yusuf qachon va qayerda tug`ilgan?
10. Muhammad Yusufning bolaligi qayerda o`tgan?
11. Muhammad Yusufning tahsil olish yo`nalishini ko`rsatib bering
12. Muhammad Yusuf qaysi sohalarda faoliyat olib bordi?
13. Muhammad Yusuf qaysi sohada faoliyat ko`rsatganda Erkin Vohidov bilan j
14. Muhammad Yusufning ilk to`plami qanday nomlanadi?
15. Muhammad Yusufning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz?
16.Muhammad Yusufning dostonlarini ayting
17. “Ulug`imsan Vatanim” she`rida qaysi tarixiy va afsonaviy shaxslar haqida so`zlanadi?
18. “Mehr qolur” she`rida ko`tarilgan mavzu haqida gapiring.
19. “Yurtim ,ado bo`lmas” she`rida shoir qanday kimsalardan hazar qiladi?
20. Fuzuliy qachon qayerda tug`ilgan?
21. Fuzuliyning bolaligi qanday kechgan?
22. Fuzuliy qaysi tillarda ijod qilgan?
23. Fuzuliyning nomi qaysi ijodkor nomi bilan birga tilga olinadi?
24. Fuzuliyning qaysi dostonlarini bilasiz?
25. Fuzuliyning nasr yo`li bilan yozilgan asari qanday nomlanadi?
26. “Shifoyi vasl qadrin” matla`li g`azali necha bayt?

27. G`azaldagi “So`r” radifi shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday


Darslikdan yodlangan she`rlar bo`yicha mushoira
Darsning mustahkamlash bosqichida:
II.Darslikdan yodlangan she`rlar bo`yicha mushoira
To`ra Sulaymon
“ILTIJO”
Bahor kelsa boshlanar bog`da bulbul xonishi

Sa`va qumri nag`masi ,suralay tovlanishi


Qirlarda lola sayli ,qishlovlarda yilboshi
To`xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi
Bahor,ketma mening bog`imdan
“ARMON”
Gulzorni alaf bossa ,zog` bossa bog`bon turib,
Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib,
Bir gazanda toptasa tuproqni posbon turib,
Bir yo`rtoq yo`l boshlasa ,qudratli karvon turib,
Ko`nglimda armon yotar
Buzilgan ro`zg`or misol
Muhammad Yusuf
“VATANIM”
O`tgan kuning o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun
Qodiriyni bergan zamin
Qodiriyni sotgan kun
Qo`lin bog`lab,
Dili dog`lab,
Yetaklashib ketgn kun
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim
Fuzuliy
“Bani jondan o`sondurdi” matla`li g`azalini o`qib sharhlash
Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu?
Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi?
Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson,
Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi?
III.Bahribayt musobaqasi.
IV.Ijodiy ish :Dilga yaqin misralar:
Qo`ling qadog`iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku og`ir olma so`zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko`zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.
Alhazar,alhazar,ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar,
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.
Guruch kurmaksiz bo`lmaganidek , yov kelganida o`zini chetga olgan ,joni shirinlik qilib, sha`nidan kechgan ,hatto do`stlarini sotgan kimsalarni ham , afsuski, tarix yodidan chiqarmaydi. Ularning kirdikorlari tufayli yurtning “ado bo`lmas armonlari toshlarni yig`latgan dostonlari” paydo bo`ldi.
Ayniqsa, sobiq sho`ro davrida yurtimiz va yurtdoshlarimiz boshidan kechgan musibatlarni unutishga hech kimning haqi yo`q . “Qora ko`zlarini” tug`ilmay qolgan farzandlari emas, balki olis Sibir o`rmonlaridagi “Qayinbarglar yopgan” Usmon nosirning ham barcha qatori yashashga haqi bor edi.
Afsuski, o`zimizdan chiqqan sotqinlar , mehrobga in qurgan chayonlar Usmon Nosirning ham, Abdulla Qodiriyning ham, Cho`lpon va Fitratlarning ham umriga zomin bo`ldilar.
Uyga vazifa: She`r va g`azallar yodlash
O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi:
15.04.2015.y
Dir.o’rinb:

Sana : ________________________________


Mavzu : 7-nazorat ishi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy : III chorak yuzasidan egallangan bkmlarni nazorat qilish;
Tarbiyaviy : O`quvchilar qalbida ona- Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi : Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi: Nazorat
Nazorat turi : Insho
Insho mavzusi: Menga yoqqan g`azal
Berilgan vaqt: 90 daqiqa
Dars jihozi : Darslik
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Menga yoqqan g`azal
Reja:
I variant

1. Mirtemir she`rlarini sevib o`qiyman


2. Shoir she`rlarida vatan, ona, tabiatga bo`lgan muhabbatning ulug`lanishi
3. “Toshbu” she`ri –o`zbek ayollari uchun bitilgan eng yaxshi she`r
4. Mirtemir –o`zbek she`iyatining bobodehqoni

II variant


1. Cho`lpon she`rlari shaydosiman


2. Shoir she`rlarida inson erkining ulug`lanishi
3. “G`ozal” she`ri sof lirik she`r
4. Cho`lpon –she`riyat osmonidagi eng porloq yuz
Uyga vazifa: Takrorlash

Sana : ________________________________


Mavzu : 7-nazorat ishi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy : III chorak yuzasidan egallangan bkmlarni nazorat qilish;
Tarbiyaviy : O`quvchilar qalbida ona- Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi : Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi: Nazorat
Nazorat turi : Insho
Insho mavzusi: Menga yoqqan shoir
Berilgan vaqt: 90 daqiqa
Dars jihozi : Darslik
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Reja:
I variant

1. To`ra Sulaymon she`rlarini sevib o`qiyman


2. Shoir she`rlarida vatan, ona, tabiatga bo`lgan muhabbatning ulug`lanishi
3. “Tavallo” she`ri –o`zbek onalari uchun bitilgan eng yaxshi she`r
4. To`ra Sulaymon she`riyati mangu barhayot

II variant


1. Muhammad Yusuf- men sevgan shoir


2. Shoir she`rlarida inson erkining ulug`lanishi
3. “Mehr qolur, muhabbat qolur” she`ri –eng yaxshi she`r
4. Muhammad Yusuf –she`riyat osmonidagi eng porloq yuz
Uyga vazifa: Takrorlash

Sana : ________________________________


Mavzu : 7-nazorat ishi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy : III chorak yuzasidan egallangan bkmlarni nazorat qilish;
Tarbiyaviy : O`quvchilar qalbida ona- Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi : Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi: Nazorat
Nazorat turi : Insho
Insho mavzusi: Menga yoqqan shoir
Berilgan vaqt: 90 daqiqa
Dars jihozi : Darslik
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Reja:
I variant

1. To`ra Sulaymon she`rlarini sevib o`qiyman


2. Shoir she`rlarida vatan, ona, tabiatga bo`lgan muhabbatning ulug`lanishi
3. “Tavallo” she`ri –o`zbek onalari uchun bitilgan eng yaxshi she`r
4. To`ra Sulaymon she`riyati mangu barhayot

II variant


1. Muhammad Yusuf- men sevgan shoir


2. Shoir she`rlarida inson erkining ulug`lanishi
3. “Mehr qolur, muhabbat qolur” she`ri –eng yaxshi she`r
4. Muhammad Yusuf –she`riyat osmonidagi eng porloq yuz
Uyga vazifa: Takrorlash

Sana:___________________________


Mavzu: Robindranat Tagor hayoti va ijodi. “Nur va soyalar” romani
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy:Robindranat Tagor hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida ona-vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi: Savol –javob
Dars jihozi : Tagorning rasmi, darslik
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
Hindistonlik buyuk shoir, yozuvchi, bastakor va tarbiyashunos, taniqli jamoat arbobi, xalqaro Nobel mukofotining laureati Robindranath Thokur 1861-yili 7-mayda Kalkutta shahrida tavallud topgan. Uning otasi baland martabali, yuksak saviyali kishi edi. Thokur oiladagi 14 farzandning kenjasi bo'lib, otasi uni butun Hindiston bo'ylab o'zi bilan olib yurar, mamlakatning muqaddas qadamjolarini ko'rsatar edi. Bola tabiat go`zalliklaridan ta'sirlanib zavqqa to'lardi. Bo'lajak adibning 8 yoshidayoq she'rlar yoza boshlagani shundan bo'lsa kerak. R. Thokur dastlabki savodni uyida olgan. Keyinchalik, xususiy maktablarda, Kalkuttadagi seminariyada o'qidi, uni bitirgach, Bengaliya akademiyasida tarix va madaniyatdan saboq oldi. 1878—1880-yillarda London Universitetining kollejiga o'qishga kiradi. Biroq uni tugatmasdan Hindistonga qaytadi. Oilada akalariga ergashib, ijod qila boshlaydi. Angliyadagi jurnallarda dastlabki she'r, doston va maqolalari e'lon qilinadi. Uning 1882- yilda e'lon qilingan ilk she'riy to'plami «Oqshom qo'shiqlari» deb atalardi. Shundan so'ng u pok insoniy muhabbat ulug'langan “Tonggi qo'shiqlar”, «Suratlar va qo'shiqlar», mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy adolatsizlik qoralangan «Bibha sohili» va “Donishmand Roja» tarixiy romanlarini yozadi. U asosan bengal tilida ijod qilgan.
1884—1911-yillarda R.Thokur ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, Hindiston Milliy kongressida faol qatnashdi.Milliy ozodlik harakatida qatnashib, milliy ongi o'sganligi tufayli uning asarlarida ham hind xalqining ingliz istilochilariga qarshi kurashi, mustamlaka siyosatiga nissbatan keskin noroziligi ifodalandi. Uning «Chitra», «Lahza» she'riy to'plamlari, «Roja va Rani», «Qurbonlik», «Chitrangoda», «Malini» falsafiy dramalari, keyinchalik o'zbek tiliga ham taijima qilingan «Hisob-kitob», «Jazo» va «Nur va soyalar» hikoyalari ana shu harakatning ijtimoiy-badiiy ko'rinishi sifatida yaratildi.
R. Thokur asarlari Hindiston va undan tashqarida ham mashhur bo'la boshladi. U 1912-yilda o'zining «Gitanjali» she'rlar to'plamini ingliz tiliga tarjima qiladi. Mazkur asari uchun 1913-yilda Xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo'ladi. Mukofot puliga esa Hindiston bolalariga bepul maktab ochadi. Bu maktab Birinchi jahon urushidan keyin bepul o'qitiladigan universitetga aylantiriladi. R.Thokur Yevropa mamlakatlariga, Yaponiya, Amerika Qo'shma Shtatlariga bir necha marotaba safar qiladi. Safarda ko'rganlarini Hindistondagi siyosiy ahvol bilan qiyoslaydi. Ko'rgan-bilganlari asosida milliy ozodlikka da'vat ruhida kitoblar yaratdi. Bu asarlarida Hindistondagi barcha millat vakillarini, ular qaysi irq, tabaqa va diniy mazhab bo'lishidan qat'i nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga chaqirdi. Uning 1911-yilda vatanparvarlik ruhida bitgan «Xalq qalbi» nomli qo'shig'i Hindiston Respublikasining milliy madhiyasiga, 1913-yilda yaratgan «Mening oltin Bengaliyam”- qo'shig'i esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madhiyasiga aylangan.
R.Thokur ijodi rang-barang. U adabiyotning turli janrlarida qalam tebratdi. Uning adabiy bisotida muhabbat haqidagi kicliik lirik she'rdan to yirik epik dostongacha, purmazmun hikoya, qissadan to yirik romangacha, kichik sahna asaridan to salmoqli dramalargacha, kishini chuqur o'yga toldiradigan badialargacha mavjud.
R.Thokur Hindiston ozodligini, uning kelajagini ma'rifatda ko'rdi. U ozodlikka, avvalo, savodxonlik, ma'rifatga oshnolik, g'aflat va jaholatni yengish orqaligina erishish mumkin deb hisoblaydi. Shuning uchun u butun umri davomida o'z xalqining ko'zini ochishga urindi, yurtdoshlari, maslakdoshlarini ham shunga da'vat etdi. Buyuk adib shu jihatdan bizga ma'rifatparvar jadid bobolarimiz Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho'lponlarni eslatadi.
R.Thokur asarlari jahonning ko'p tillariga tarjima qilingan, Xususan, o'zbek tilida adibning sakkiz jildlik tanlangan asarlar to'plami, shuningdek, «Nur va soyalar» (1957), «Ko'zga tushgan cho'p» (1973) nomli kitoblari nashr etilgan.
O'zbek sahnasida esa uning «Pochta» pyesasi va «Halokat» romani asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi Hamza nomli akademik teatr (hozirgi Milliy teatr)da o'ynalgan. «O'zbekfilm» kinostudiyasida 1961-yilda shu nomda to`la metrajli badiiy film yaratilgan.
Darslikda berilgan „Nur va soyalar“ asaridan olingan parchani o`qish.
Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1. R.Tagor qachon qanday oilada tavallud topdi?
2. Tagorning bolaligi qanday kechgan?
3. Hindiston tarixida adib qanday xizmatlari bilan qadrli?
4. Tagor ijodidan qaysi asarlarni bilasiz?
5. Tgaorning asarlari o`zbek tiliga ham tarjima qilinganmi?
Uyga vazifa: o`qib o`zlashtirish
Sana:________________________________
Mavzu: R. Tagor . “Nur va soyalar” asari
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy: “Nur va soyalar” asarini o`qish
b)tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida adolat, haqgo`ylik hislarini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:Og`zaki va yozma nutqni o`stirish
Dars turi:Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi:Savol -javob
Dars jihozi : Darslik, Tagorning surati
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.Asosiy qism
O`tilgan mavzu bo`yicha takrorlash
1. R.Tagor qachon qanday oilada tavallud topdi?
2. Tagorning bolaligi qanday kechgan?
3. Hindiston tarixida adib qanday xizmatlari bilan qadrli?
4. Tagor ijodidan qaysi asarlarni bilasiz?
5. Tagorning asarlari o`zbek tiliga ham tarjima qilinganmi?
R. Thokurning “ Nur va soyalar” hikoyasini o'rganish tavsiya etiladi. Hikoya o'tgan asr boshlarida Hindistonda mustamlakachilik zulmini tortgan, insoniy huquqlari poymol etilgan hind xalqi hayotidan muhim bir lavhani hikoya qiladi. AsarqahramoniShoshibushono'qimishli, kamsuqum, dilkashyigit. Uadvokatlikkao'qigan, biroqbirorbirtayinliishqilishdanko'rayolg'izlikdakitobmutolaasibilanshug'ullanishniafzalko'radi. Shoshibushon «...osoyishtalik, tinchlikniyaxshiko'rardi, shuninguchunuylanishnihamxohlamasdi». Biroqko'po'tmayuzlatvatanholiknixushko'radiganbuyigito'zgarib, tez-tezg'azabijo'shib, o'ziniqo'yganijoytopolmayqoladi. Uningbuahvolgatushishigasabab, o'zatrofidaro'yberayotgannohaqlik, adolatsizlikedi. ShoshibushonqishloqdagilardanbezibKalkuttagajo'naydebturganda, qishloqqaokrugsudyasikelibqoladi. Uningyugurdaklari, xizmatchilari, politsiyachilari, itlari, otlarivaolboqaributunqishloqnilarzagakeltiradi. Sudyabarchaniurib- so'kibzulmqilaboshlaydi. Bundayadolatsizlikniko'rganShoshibushonchidabturolmaydi. Hamishaodamlardanyashirinibyurganyigitsudyahuzurigakelib, ujabrlagankishilarniqonunnomidano'zhimoyasigaolishinima'lumqiladi. Sudyaning: «Buishniovozaqilmay, kelishibqo'yaqolaylik», degantaklifigarozibo'lmaydi. Biroqusudjarayoniniboyberadi. Sababi - «da'vogarsustbo'lsaqozimuttaham» deganlaridek, jabrlangannoibXorkumarda'vosidanqaytadi, sudyaga, xo'jayini - zamindorgaqarshiborgisikelmaydi. Aksincha: «Menshikoyatqilmoqchiemasedim. Bumeninghamqishlog'imShoshiningishi», debungatuhmatqiladi.
Xullas, advokat Shoshibushon qaysi ishga qo'l urmasin, muvaffaqiyatsizlikka uchrayveradi. Sababi o'sha - odamlar haqiqat uchun kurashishdan ko'ra, boshlari tinch bo'lishini o'ylaydilar, mutelikni ma'qul biladilar. Uning haqsizlik himoyasi uchun qilganhar bir harakati temir devorga urilgan chinni buyumdek sinib chil-chil bo'laveradi. Urinishlari puchga chiqqan Shoshibushon qonunni ham yig'ishtirib qo'yib, hatto politsiya xodimini do'pposlash darajasiga boradi, bu qilmishi uchun besh yil qamoq jazosiga hukm qilinadi, ko'p uqubatlar chekadi.
Adib mustamlaka yillarida Hindistonda hukm surgan tushkun ahvol, ingliz istilochilari tomonidan qo'rqoq, yuvosh, mute avomga aylantirilgan yurtdoshlari taqdirini, bitta-yarimta insonning yurak yutib aytgan so'zi yoki qilgan ishi shamolgn sovurilayotganligini «Nur va soyalar» hikoyasida yorqin tasvirlagan. Ushbu asar jafokash hind xalqini qullikda ushlab turishga intilgan ajnabiy mustamlakachilar va ularga zulm pichog'ini qayrab bergan mahalliy amaldorlar haqida bitilgan aybnoma kabi o'qiladi.
“Nur va soyalar” asari qahramonlari:
Shoshibushon
Giribala
Xorkumar
Okrug sudyasi
Noyib
xizmatkor
baliqchilar
Uyga vazifa: O`qib –o`zlashtirish

Sana:________________________________


Mavzu: Sergey Yesenin hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: Sergey Yesenin hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;
Tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ozodlikka muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`tirish;
Dars tipi:Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi :Savol-javob
Dars jihozi:Mavjud ko`rgazmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
Takrorlash
1. Rus shoirlaridan kimlarni bilasiz?
2. Rus tili darslarida Yeseninning qaysi she`rlarini o`qigansiz va yod
olgansiz?
XIX asrda rus adabiyoti, jumladan, she'riyati shunday yuksak darajada rivojlandiki, bugun jahon adabiyotini shu davr rus so'z san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. XX asr boshlarida bu adabiyot
yangi shoirlar berdi. Shulardan eng mashhuri — Sergey Yesenin. Adabiyot ahli orasida, shoirlar qishloqlarda tug'ilib, shaharlarda vafot etadi, degan gap yuradi. Bu rusning buyuk shoiri Sergey Aleksandrovich Yeseninga nisbatan to'la mos keladi.
U 1895-yilning 3-oktabrida (eski hisob bo'yicha 21-sentabrida) Rossiyaning qadim tarixga ega Ryazan guberniyasiga qarashli Konstantinovo qishlog'ida oddiy dehqon oilasida tug'ildi. Otasining kambag'alligi, ayolmandligi uchun u ikki yoshligidan o'ziga to'qroq bo'lgan ona tomonidan bobosining oilasida tarbiya topdi. Besh yoshligida o'qishni o'rgandi, to'qqiz yoshidan xalq qo'shiqlariga o'xshatib she'rlar bita boshladi.
Qishloq muallimlari tayyorlaydigan maktabni tugallab, o'n yetti yoshida Moskvaga bordi. Savdogarning idorasida ishladi, bosmaxonada musahhihlik qildi, adabiy-musiqiy to'garakka qatnashdi, she'rlar yozishni davom ettirdi. O'n to'qqiz yoshidan she'rlari Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo'ldi. Yigirma yoshida Petrogradga kelib, yana bir mashhur rus shoiri Aleksandr Blok bilan tanishdi.
1916-yildan Armiya xizmatiga kirdi. Oq podshoh sharafiga she'r yozishdan bosh tortgani uchun intizomiy batalonga jo'natildi, keyin xizmatdan tamoman voz kechdi.
1918—1921-yillarda Murmansk, Arxangelsk, Qrim, Kavkaz, Bessarabiya, shuningdek, Turkiston bo'ylab safar qildi. 1922- 1923-yillari esa taniqli amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan bilan Yevropaning Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya mamlakatlarini aylandi, to'rt oy AQSH da yashadi.
Sergey Yesenin 1925-yil 28-dekabrda fojiali tarzda vafot etdi.
Shoir qayerda bo'lmasin, umri bo'yi o'zini ruhan qishloqda yurgandek his qilib yashadi. Shoirning o'z yurti va ona xalqiga yuksak muhabbati she'rlarida uning bevosita Ryazan o'lkasiga mehri tarzida aks etgan.
Shoir asarlarida taijimayi holi bilan bog'liq nuqtalar ko'p tilga olinadi. Mumtoz o'zbek adabiyotida bunday asarlarga hasbi hol deyiladi. «Endi qaytmam uyimga» hamda «Singlimga xat» she'rlarida muallifning ko'p umri xorijiy mamlakatlarda, safarlarda o'tgani shundoq sezilib turadi. Ammo qayerda yashamasin, vatani mehri uning qalbida jo'sh uradi.
SergeyYeseninningsatrlariqisqa-qisqa, tiliravonvasodda, lirikqahramonninghayot, tabiat, odamlargamunosabatidaqishloqchasamimiylikvato'g'rilikufuribturadi. Eng muhimi, asarlarida sharqona ruh bor.
Bu o'z-o'zidan paydo bo'lgan emas. Shoir forsiy tildagi mumtoz she'riyat namunalari bilan yaqindan tanishganidan keyin Eronga borishga qattiq intiladi. Biroq o'sha paytdagi Rossiya va Eron munosabatlari rus shoirini u yoqqa yuborish maqsadga muvofiq emasligini taqozo etadi. Shunga qaramasdan, Sergey Yesenin qattiq turib Eronga borishni talab qilgani uchun uni Ozarbayjonning Bokuga yaqin qishloqlaridan biriga yuborishadi. Bir necha muddat bu yerda yashab, sharqona ruhni his etadi, Sharq odamlarining hayot tarzidan zavqlanadi va tez fursatda uning «Fors taronalari» she'rlar turkumi yoziladi.
Sharq she'riyatida Allohga ishqni majozan yorga ishq tarzida kuylash kuchli edi. Shunga taqlidan rus shoiri ham Sharq go'zaliga bag'ishlangan ishqiy she'rlar bitadi. Lekin shu mavzu bahonasida G'arb kishisining Sharqqa mehri jo'sh urib turganini sezish qiyin emas.
Rus hayotini tasvirlaydimi, sharqona mavzularda qalam tebratadimi, bundan qat'i nazar, Sergey Yesenin she'rlarining tub mohiyatida umuminsoniylik yotadi. Millati, dini, irqidan qat'i nazar, ularni o'qigan kishining
ko'nglidabiryorug'lik, zavq, mehr, ezgulikkaoshnoliktuyg'usipaydobo'ladi. She'r qalbni poklaydi, deganlari shu.
Sergey Yeseninning aksar she'rlarini Erkin Vohidov maromiga yetkazib tarjima qilgan. Bu she'riyatning o'zbek shoirlari ijodiga juda katta ta'siri bo'ldi. Erkin Vohidov, Tilak Jo'ra, Ma'ruf Jalil, Xurshid Davron va boshqalar ijodida buni yaqqol sezamiz. Xususan, O'zbekiston xalq shoiri marhum Muhammad Yusuf ijodini Sergey Yesenin asarlari ta'sirisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Darslikda berilgan she`rlarni o`qish
Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan?
2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan?
3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi?
4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi.
5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi?
6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi?
7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi?
8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan?
9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi?
10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi?
Uyga vazifa: o`qib –o`zlashtirish.

Sana:____________


_____________________
Mavzu: Sergey Yesenin . “Xurosonda bir darvoza bor”
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: Sergey Yesenin hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;
Tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ozodlikka muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`tirish;
Dars tipi:Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Induktiv
Dars metodi :Savol-javob
Dars jihozi:Mavjud ko`rgazmalar
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
2.Asosiy qism
Takrorlash
1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan?
2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan?
3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi?
4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi.
5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi?
6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi?
7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi?
8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan?
9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi?
10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi?

Xurosonda bir darboza bor,


Ostonasi gulga ko'milgan,
Unda yashar bir pari ruxsor.
Xurosonda bir darboza bor,
Hayhot, uni ocholmadim man.
Qo'llarimda kuch ham yetarli,
Sochlarimdan oltin rang olgan.
Asir etdi meni ul pari.
Qo'lda garchi kuchim yetarli,
Ul eshikni ocholmadim man.
Mardligim ne ishq maydonida,
Ayting, kimga qilay sharhi g'am?!
Sevmas bo'lsa Shahi jonidan,
Ul eshikni ocholmas bo'lsam,
Mardligim ne ishq maydonida?!
Yana tushdi Rus sari yo'lim,
Eron, sendan ketgummi hali?
Nahot, seni boz ko'rmas bo'ldim?
Ona yurtga mehrim tufayli
Yana tushdi Rus sari yo'lim.
Xayr endi, xayr, parizod!
Darbozangni ocholmasam-da,
Shirin g'aming birla umrbod
Kuylab o'tay seni o'lkamda.
Xayr endi, xayr, parizod!
Bu she'r Sergey Yeseninning «Fors taronalari» turkumiga kiradi. Ma'lumki, bu turkumni shoir forsiy she'riyat ta'sirida, buyuk qalam egalari yurtini ko'rishni istab, unga intilib, shu kayfiyat va sog'inch bilan bitgan. Ammo, aslida, rus shoiriga Eronga (Xurosonning bir qismi ham hozirgi Eron tarkibiga kiradi) borish nasib etmagan. Shunga qaramay, turkum she'rlarida shoir o'zini Eronda yurganday tasavvur qilib ish tutgan.
Bu «Xurosonda bir darboza bor...» she'rida ham yaqqol ko'zga tashlanadi.
She'r har biri besh misradan tashkil topgan besh banddan iborat. Satrlar — muallif uslubiga xos ravishda qisqa-qisqa
Birinchi bandda lirik qahramon Xurosondagi bu darbozaning ostonasi gulga ko'milgani, iclikarida bir pari ruxsor yashashi, ammo uni ocholmay, armonda ekanini aytadi.
Aslida, uning darbozani ochishga kuchi yetadi, hatto, «sochlaridan oltin rang olgan», ya'ni uning sochlari sap-sariq, ul pari buni asir etgan...
Birinchi bandda:
Xurosonda bir darboza bor, —
misrasi ikki bor (birinchi va to'rtinchi satr sifatida) takrorlangan, ikkinchi bandda:
Qo'llarimda kuch ham yetarli, —
misrasi (birinchi satr):

Qo'lda garchi kuchim yetarli, -


tarzida (to'rtinchi satr) qayta qo'llangan edi.
Uchinchi bandda ham bu takror usuli bandning boshi (birinchi satr) va oxirida (beshinchi satr) davom etadi («Mardligim ne ishq maydonida»). Bu bandda lirik qahramon yorining ismini ham («Shahi») qistirib o'tadi.
Xuddi shunday birinchi va beshinchi misralarni aynan bir xil qilib tuzish qoidasiga to'rtinchi bandda ham amal qilinadi («Yana tushdi Rus sari yo'lim»). Endi lirik qahramon shunday go'zal qizga bo'lgan sevgisiga kutilmaganda yurt muhabbatinr qarama-qarshi qo'yadi — ona yurtga mehrim tufayli, nahot, seni qayta ko'rolmasam!
Oxirgi bandda oshiq yori bilan xayolan xayrlashadi, darbozangni ocholmasam-da, umrbod vatanimda seni kuylab o'taman, deydi. Birinchi va oxirgi misralarning aynanligi bu bandda ham mavjud («Xayr endi, xayr, parizod»).
Ikkinchi banddagi:
Sochlarimdan oltin rang olgan,—
satri bekorga qo'llanmagani, shoir zimdan o'zining qaysi yurt, qaysi millat vakili ekanini kitobxonga oldindan eslatib o'tishni yodidan chiqarmaganini sezish qiyin emas.
Ana shu takrorlar asarning o'ziga xos ohangi, jarangi va ta'sirchanligini ta'minlagan. Aytish mumkinki, bu usulning o'zi ham Sharq mumtoz she'riyatiga taqlidriing bir ko'rinishi hisoblanadi. «Ostona», «pari ruxsor», «pari», «parizod» so'zlarining ishlatilishi ham — sharqona ruh mevasi.
Yana bir ta'sir shuki, she'rda qofiyaga tushmaydigan biror misra yo'q. Biroq ular g'azaldagi kabi qat'iy tartibga bo'ysunmaydi. Shu tariqa kuchli musiqiylik ta'minlangan.
Mustahkamlash

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling