Mavzu: Kislorod yetishmovchiligi va o'lim Reja


Sud buyrug'ini chiqarish to'g'risidagi arizalarni rasmiylashtirish tartibi


Download 21.94 Kb.
bet4/4
Sana13.12.2022
Hajmi21.94 Kb.
#1001053
1   2   3   4
Bog'liq
Sud med Ulugbek Sh

Sud buyrug'ini chiqarish to'g'risidagi arizalarni rasmiylashtirish tartibi

Fuqarolik protsessual qonunchilikda sud buyrug‘ini chiqarish uchun protsessual muddat belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, sud buyrug‘i ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida sudya tomonidan chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandida, FPKning 2388-moddasi talablariga ko‘ra, sud buyrug‘I hal qiluv qaroridan farq qilib, unda bayon va asoslantiruvchi qismlar mavjud bo‘lmasdan, talablarni qanoatlantirishga asos bo‘lgan moddiy qonun normasini ko‘rsatish bilan chegaralanishiga sudlarning e’tibori qaratilishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi. Sud buyrug‘ining kirish qismida quyidagilar ko‘rsatiladi:




  • ish yuritish tartib raqami va buyruq chiqarilgan sana;

  • sudning nomi, buyruq chiqargan sudyaning familiyasi hamda ismi va otasining ismi bosh harflari;

  • undiruvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi va joylashgan yeri;

  • qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi va joylashgan yeri.

Sudya o‘z buyrug‘ida undiruvchining talabini qondirish uchun asos bo‘lgan qonunni ko‘rsatishi lozim bo‘ladi. Bir qarashda bu sud buyrug‘ining asoslantiruvchi qismiga o‘xshasada, lekin ushbu qismda hujjatlar, boshqa faktik holatlar tekshirilmaydi va huquqiy tahlil etilmaydi.


Sud buyrug‘ining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:



  • talabni qondirish uchun asos bo‘lgan qonun;

  • undirilishi lozim bo‘lgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim bo‘lgan ko‘char mol-mulkning qiymati ham ko‘rsatilgan holdagi belgisi:

  • agar qonunda yoki shartnomada “neustoyka” undirish nazarda tutilgan bo‘lsa, neustoyka miqdori;

  • qarzdordan undirilishi lozim bo‘lgan davlat bojining summasi;

  • arz qilingan talabga qarshi qarzdor tomonidan e’tiroz bildirish muddati va tartibi.


Voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘ida FPKning 2388-moddasi 1–5- va 8-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari, qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ta’minoti uchun aliment undirilishi lozim bo‘lgan bolaning ismi va tug‘ilgan sanasi, qarzdordan har oyda undirilayotgan to‘lovlar miqdori va ularning undirilish muddati ham ko‘rsatilishi lozim. Sud buyrug‘i sudya tomonidan imzolanadi. Sud buyrug‘i sudning muhri bilan tasdiqlangan bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada chiqariladi. Ushbu asl nusxaning bittasi sudda qolsa, ikkinchi nusxasi ijro etishga taqdim qilish uchun undiruvchiga beriladi. Sud buyrug‘i chiqarilganidan keyin sudya uning ko‘chirma nusxasini darhol qarzdorga yuboriladi. Sud buyruqlari o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi belgilari bilan sud qarorlaridan farqlanadi:
birinchidan, sud buyrug‘i ish mazmunan ko‘rilmasdan, faqat mavjud yozma hujjatlar asosida chiqariladi. Sudya ushbu holatda guvoh ko‘rsatmalarini, ekspert xulosalarini tekshirmaydi, taraflarning tushuntirishlari va uchinchi shaxslarning bayonotlarini eshitmaydi;

ikkinchidan, arz qilingan talabning mazmuni bo‘yicha sud buyrug‘i ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida sudya tomonidan chiqariladi;

uchinchidan, buyruq tartibida ish yuritish jarayonida taraflar sifatida undiruvchi va qarzdor e’tirof etiladi;

to‘rtinchidan, sud buyrug‘i faqat qonunda belgilangan asoslar (FPKning 2382-moddasi) mavjud bo‘lgandagina chiqariladi. Sud buyrug‘i nizosiz talablar yuzasidan chiqarilib, qonunda belgilanmagan asoslar yuzasidan chiqarilishi mumkin emas;

beshinchidan, sud buyrug‘ini chiqarish uchun qator shartlar mavjud bo‘lishi talab etiladi. Birinchi shart shundan iboratki, undiruvchi sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan birga qarzdorning o‘z zimmasiga olgan majburiyatini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etishi shart. Ikkinchi shart taqdim etilgan hujjatlar ishning mohiyatini o‘zida to‘laqonli aks ettirishi bo‘lsa, uchinchi shart esa nizoning mavjud bo‘lmasligidir;

oltinchidan, sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega bo‘lib, sud hujjatlarini ijro etish uchun qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli qarorining 1-bandida ko‘rsatilishicha, sud buyrug‘i birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning alohida bir turi bo‘lib, FPKning 2382-moddasida ko‘rsatilgan talablar yuzasidan sud muhokamasi talab qilinmaydigan ishlar bo‘yicha chiqariladi va u ijro hujjati kuchiga ega hisoblanadi. Buyruq tartibida ish yuritish manfaatdor shaxs – qarz undiruvchining tashabbusi bilan boshlanadi. Talab kimga nisbatan qaratilgan bo‘lsa, u qarzdor deb e’tirof etiladi.

Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga e’tiroz tushmasa, sudya sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ini ijro etishga taqdim qilish uchun undiruvchiga beradi. Undiruvchining iltimosiga ko‘ra, sud buyrug‘i ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi ham mumkin. Qarzdordan davlat bojini undirish maqsadida, sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ining alohida nusxasi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuboriladi.


Qonun talabiga ko‘ra, qarzdorning davlat boji miqdori yuzasidan keltirgan e’tirozlari sud buyrug‘ini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi, chunki davlat foydasiga davlat boji undirish undiruvchi va qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga daxldor emas. Faqat asosiy talablar yuzasidan bildirilgan e’tirozlargina sud buyrug‘ini bekor qilish uchun asos bo‘ladi. Sud buyrug‘iga nisbatan e’tiroz bildirish uchun qonunda belgilangan o‘n kunlik muddatning qarzdor tomonidan o‘tkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, sud uning arizasiga asosan ushbu muddatni tiklashi mumkin. Muddatni tiklash haqidagi ariza bilan murojaat qilinmasdan turib, muddat o‘tkazilgandan so‘ng berilgan shikoyatlar sud tomonidan ko‘rilmaydi va muallifga qaytariladi. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2389 -moddasida ko‘rsatilgan qarzdor tomonidan e’tirozlar taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan o‘n kunlik muddat protsessual muddatlar toifasiga kirishi sababli ushbu muddatlarga nisbatan FPKning XII bobida ko‘rsatilgan talablar qo‘llanilishi, shu jumladan, o‘tkazilgan muddatni tiklash haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi ajrimga nisbatan FPKning 130-moddasiga muvofiq, xususiy shikoyat keltirilishi mumkin bo‘ladi.
Sud buyrug‘i shaklida qabul qilinadigan sud qarorlari barcha subyektlar uchun majburiy hisoblanadi va respublika hududida so‘zsiz ijro etilishi lozim. Bunda sud buyruqlari boshqa sud hujjatlaridan ularni ijroga qaratishda, ijro varaqasini berishni talab qilishda farq qiladi, chunki sud buyrug‘ining o‘zi ijro hujjati bo‘lib hisoblanadi va bevosita ijro etiladi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, sud buyrug’ini chiqarish to’g’risidagi arizadagi masala, ya’ni sud buyrug'ini chiqarish uchun sudga murojaat etilgan talab nizosiz bo'lishi lozim. Sud bunday tartibda ish yuritishda fuqarolik protsessual huquqida belgilangan ish ko'rish bilan bog'liq qoidalami tatbiq etmaydi, ish qo'zg'atilmaydi. Sud buyrug'iga oid huquqiy me'yorlarda nizosiz tartibda unduruvchining pul mablag'larini undirish, shunindek ko'char mol mulkini qarzdordan talab qilish to'g'risidagi talablar ko'rilishi belgilangan. Sud buyrug'i tarzida bunday fuqarolik ishlarini yuritishda nizosiz tartibda degan so'zni, alohida tartibda ko'riladigan fuqarolik ishlaridan farqlay olish lozim hisoblanadi. Demak, sud buyrug'ini chiqarish to'g'risidagi arizada talablar bayon qilinib, uni asoslovchi holatlar va tasdiqlovchi hujjatlari ilova qilish bilan kifoyalanadi. Lekin shunday bo‘lsada, sud buyrug’ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalarning m azm uniga alohida e’tibor berish lozim. Unda ariza berilayotgan sudning nomi, undiruvchi va qarzdor shaxsning aniq manzili, joylashgan joyi va agar ulardan biri yuridik shaxs bo’lsa, uning rekvizitlari, undiruvchining talabi va talabga asos bo’lgan holatlar, arz qilingan talabni tasdiqlovchi va ilova etilayotgan hujjatlar ro'yxati ko‘rsatilishi lozim. Agar undiruvchi tom onidan ko‘char mol-mulk talab qilinayotgan bo‘lsa, arizada ushbu mol-mulkning qiymati ham ko‘rsatilishi talab etiladi. Sud buyrug‘ini chiqarish to ‘g‘risidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Sud tibbiyoti" A.I.Iskandarov. T:,-2009


2. "Sud tibbiyoti va psixiatriyasi" O'quv qo'llanma, IIA:, - 2006
3. http://google.com
4. http//ziyouz.com
Download 21.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling