I. Metabolik atsidoz – HCO3- pasaygan holatlarda rivojlanadi. Ushbu holatlar HCO3/рCO2 nisbatining va pH ning pasayishiga olib keladi.
НСO2 sarflanishi ko’payganda, tashqaridan kirgan yoki xosil bulgan (H+) ionini neytralizatsiyalash sababli
HCO2- ning organizmdan chiqarilishi ko’payganda (buyraklar va oshqozon-ichak yo’li)
HCO2- hosil bo’lishining buzilishi holatlarid
Metabolik atsidoz yuzaga kelganda bemorlarda quyidagi klinik belgilar yuzaga kelishi kuzatiladi: Periferik mikrotsirkulyatsiya buzilishi hisobidan bemorlar rangi oqargan, akrotsianoz, teri marmar rangida, oqargan dog’lar paydo bo’ladi. Hansirash (taxinpoe), nafas chuqurlashishi. Gipertermiya 38° S dan 39° S gacha. Oligouriya va anuriya kuzatiladi. Gemodinamik buzilishlar – asta-sekin AB tushib boradi, adinamiya kuzatiladi. Organizmning me’yordagi holatida plazmada kationlar va anionlar o’rtasida muvozanat o’rnatilgan bo’ladi.Gembl diagrammasida ko’rsatilganidek bu miqdor 153 mmol’/l ga teng bo’ladi (6-rasm). Metabolik atsidoz holatida bu tenglik bufer asoslarini etishmasligi va organik kislotalarning ko’payishi hisobiga buziladi.
Qoldiq anionlar
Oqsillar
6-rasm. Gembl diagrammasi
Diagnostikasi – Anamnestik ma’lumotlarga e’tibor beriladi, klinik ko’rinishi tahlil qilinadi. Siydikda juda yuqori kislotali reaktsiya aniqlanadi, KIM ko’rsatgichla-ridan qondagi pH 7,35 dan past bo’ladi.
Metabolik atsidoz holati quyidagi kasalliklarda kuzatiladi: qandli diabet, infektsion kasalliklar, jigar-buyrak yetishmovchiliklarida, shok holatidagi bemorlarda (kuyish shoki), turli xildagi zaharlanishlarda (salitsilatlar, etilenglikol’, metanol, antifriz, paral’degid) va boshqa holatlarda.
Davolash: Metabolik atsidozni korrektsiyalashda 4,2 % yoki 8,4 % li natriy gidrokarbonat eritmasidan, 1%li natriy laktat (laktasol’), 3,6%li trisamin eritmalaridan foydalaniladi, bulardan tashqari bemor organizmida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashga gipovolemiyani oldini olishga, organizmni oksigenatsiyalashga, asosiy kasallikni aniqlash va davolash, suv-elektrolit muvozanatini korrektsiyalash, buyrakda qon aylanishini yaxshilash, anemiya va gipoproteinemiyani yo’qotish, to’qimalarda metabolizmni yaxshilash, vitaminoterapiyaga qaratilgan ishlar olib boriladi. Gidrokorbonat natriy miqdorini hisoblash uchun quyidagi formula qo’llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |